Nazariy savollar Xalq og’zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot


Sulton Jo’raning hayoti va ijodi


Download 57.56 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi57.56 Kb.
#1829509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oraliq nazorat

Sulton Jo’raning hayoti va ijodi

“Sulton Jo‘ra o‘z davrining dong‘i ketgan, yoshlarning siyosiy avlodining yorqin vakili hisoblanadi. Mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi, u samimiy ma’naviy she’rlar va dostonlar yozgan, o‘z xalqini yuqori ovrupacha va rus madaniyati bilan tanishtirgan”, - O‘zbekiston yozuvchisi, akademik K. Yashen xalq shoiri haqida shunday yozgan.
Sulton Jo‘ra (haqiqiy sharifi Jo‘rayev) - o‘zbek sovet shoiri - 1910 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Qog‘oltom qishlog‘ida kambag‘al oilada dunyoga kelgan.
Oilada besh nafar farzand bo‘lishgan. Shafqatsiz taqdir yosh bolakayni ota-onadan erta ayirdi. Otasi ham, onasi ham bolakay 10 yoshni qarshi olganida olamdan ko‘z yumadi. Ochlikdan o‘lmaslik uchun Jo‘ra piyoda Buxoroga - opasinikiga yo‘l oladi. Buxoroda u maktabga o‘qishga kiradi. Maktab dasturini yakunlagach, Buxoro pedagogika texnikumiga ariza topshiradi. O‘qishni tamomlab, safdoshlari bilan birga voyaga yetganlar orasida savodsizlikka barham berish uchun to‘garak tashkil etadi. U ko‘p kitob o‘qigan, she’rlar yozgan.
Mohira Isayevna Jo‘rayeva shoirning ham turmush o‘rtog‘i, ham rafiqasi, shoir uni erkalab “azizam”, deb chaqirgan. Aynan shu ayolga u o‘zining dildan yozilgan she’rlarini bag‘ishlagan. U shoirning hayoti haqidagi xotiralarini yodga olib, muxbirlarga so‘zlab bergan.
... Suratdagi sahnadan jilmayib turgan qo‘ng‘iroq soch bola - “Sulton kursdoshlari bilan Andijon pedagogika instituti bo‘ylab she’rlar o‘qirdi”. 1933 yil Sulton Andijonga ko‘chib o‘tadi, pedagogika institutida dars beradi, shu institutning tarix-pedagogika fakultetining tungi kurslarida tahsil oladi.
O‘qishni yakunlab, O‘qituvchilar institutiga ishga o‘tib, ona tili va adabiyot, jo‘g‘rofiya fanlaridan dars beradi. Ajoyib pedagog, bolalarni yaxshi ko‘radi, ularning nozik olamini tushunadi, ularga o‘zbek va rus tilidagi ko‘p she’rlarini bag‘ishlaydi: “Kimning xati chiroyli”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Oyna nechta?”, “Yolg‘onchi”, “Harflar paradi”, ular uchun ertaklar yozadi: “Moviy gilam”, “Echki va qo‘y haqida ertak”, “Qaldirg‘och”. XVII asr astronomiga, olimi haqidagi “Bruno” va Katta Farg‘ona kanalining qurilishi haqidagi “Karim va Qunduz” dostonlarini yozgan.
... Bu esa o‘ziga xos surat - qari ayol suratni silab qo‘ydi - “1932 yil. To‘ydan keyingi ikkinchi kun” - Sulton yosh rafiqasiga bir quchoq gul sovg‘a qilmoqda - tilla rang sharlar... U shunday degandi: “Bu quyosh!” “Yo‘q, quyosh bu - sizsiz!, javob qaytardi Mohira”.
Bir-biriga g‘amxo‘rlik, sevgi va e’tibor tuyg‘ulari ularning uyiga qaldirg‘och kabi qo‘nib, atrofdagilarga yorug‘lik va iliqlik ulashdi. “Mening quyoshim...” - Mohira o‘sha suratga shunday yozib qo‘ydi...
... Yana bir surat: Sulton oila davrasida: rafiqasi, farzandlari - Botir, Nuriya, Rumiya va ikki yashar Ilhomiy. Ha, uch yildan so‘ng kenjatoyimiz bo‘lmay qoladi... Ungacha ota o‘z farzandlariga kitob o‘qib beradi va musiqani, bo‘yoqlarda surat solishni o‘rgatadi. Uyda kitoblar ko‘p, Sulton Navoiy, Pushkin, Lermontovni qayta o‘qishni yoqtiradi. Beshta tilni bilardi: o‘zbek, rus, tatar, tojik, qozoq. Yaxshi kuylardi, mumtoz musiqani yoqtirar, skripka va balalaykada chalishni bilardi.
Uyga ko‘p mehmon kelardi, adabiyot, san’at, tarix bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tardi. Sulton - barcha davraning fayzi, yoqimli suhbatdosh va dono maslahatchi. Ijodkor yoshlarga otalarcha munosabatda, ularga qo‘ldan kelgancha yordam qo‘lini cho‘zib, iqtidorining rivojida madad ko‘rsatardi. Yozuvchi va shoirlar bilan yozishmalar olib borardi.
Jamoat faoliyati bilan ko‘p shug‘ullanardi, u davlat kengashi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo’lgan.
“Fidokor” (1939), “Moskva” (1941) kabi to‘plamlari omma e’tiboriga havola etilgan. Kitoblar faqat kitobxonlar orasida shuhrat qozonibgina qolmay, tanqidchi va adabiyotshunoslar tomonidan ham yuqori bahoga loyiq topilgan.
Shoir sovet sanoatida shiddatli tezlikda rivojlanayotgan baland imoratlarga katta e’tibor qaratgan. U Katta Farg‘ona kanalining qurilishiga bag‘ishlanagn “Karim va Qunduz” (1939) dostonining muallifi. O‘zini bolalar uchun she’rlar muallifi sifatida ham sinab ko‘rgan.
Shoir hayotligida birin-ketin “Fidokor”, “Moskva”, “Haqiqatning tug‘ilishi” va boshqa to‘plamlari chop etiladi. Uning ko‘plab asarlari optimizm ruhida, ularda adolatga ishonch va mehribon g‘oyalarning yutug‘i, ona yurtining porloq kelajagiga ishonch yaqqol namoyon bo‘ladi.
... Bu surat esa albomda alohida o‘ringa ega, unga “Moskva, Kreml, 1939 yil 20 fevral” qaydi tushirilgan. Suratda Mixail Ivanovich Kalinin Sulton Jo‘raga pedagogik va adabiy faoliyati uchun “Hurmat belgisi” ordenini taqdim etmoqda. Atroflarida boshqa sovrindorlar Aleksandr Fadeyev, Mixail Sholoxov, Yanka Kupala, Petrus Brovka, Sergey Mixalkov, Valentin Katayev, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor va o‘sha davrlarning boshqa taniqli yozuvchi va shoirlari.
... Urush aks-sadosi. Urush yillari suratlari oldida sarg‘ayib ketgan uchburchaklar yotipti - front maktublari. Albatta, Sulton frontga bormasa ham bo‘lardi - uning sovuti bor edi, ammo u o‘zining hayotiy nuqtai nazari bilan xalqning tashvishidan yiroq bo‘lishi ham mumkin edi. Urushning ikkinchi kuniyoq, 1941 yil 23 iyun kuni S. Jo‘ra Andijon davlat qo‘mitasiga yuzlanadi va frontga yuborishlarini so‘raydi, lekin rad javobini oladi. Yettinchi murojaatidan so‘nggina qoniqarli javobni oladi. 1942 yil fevral oyida Sulton o‘z xohishi bilan frontga ketadi.
U Qizil nishon 2-gvardiya diviziya pulemyotchisi bo‘lib, Belorussiya frontida xizmat qilgan va harbiy gazetalarda she’rlari ko‘p karra chop etilgan. O‘z yaqinlariga iliq, optimizmga bo‘la maktablar yo‘llagan.
1942 yil SSSR Kommunistik partiyasi a’zoligiga qo‘shiladi.
1943 yil 14 noyabr kuni Belorussiyaning Gomel viloyati Loyevsk tumanidagi Borshovka qishlog‘i ozod etilishi bilan shoir qattiq yarador bo‘ladi va Pustaya Gryada qishlog‘ining tibbiyot-sanitariya bataloniga yetkaziladi. Biroq, uni qutqarishga shifokorlar ojizlik qildi. U avvaliga, shu qishloqqa dafn etildi, keyinroq, mayitining qoldiqlari umumiy og‘alar qabristonidan Kozerogi kishlog‘idagi qabristonga ko‘chirib o‘tilgan... 43-yil birinchi dafn marosimida Mohira o‘z ko‘ziga ishonmagan: “1943 yil 14 noyabr kuni Belorussiyaning Gomelsk viloyati Kozerogi qishlog‘ini ozod etilishida sizning turmush o‘rtog‘ingiz va sodiq do‘stingiz Sulton Jo‘ra fidokorona jon berdi. Jasorat va barqarorlik, urushda ko‘rsatgan jonbozliklari uchun o‘limidan so‘ng II darajali Vatan urushi ordeni bilan mukofotlanadi”...
Keyinroq u ko‘p karra harbiy bo‘limga murojaat qiladi, tasdiq javoblari kelaverardi, ammo u yaqin insoni boshqa yo‘qligiga ishonmasdi. Folbinga boradi, u esa erining tirikligini va tez kunda qaytishini aytadi! Uylarni tozalashga tushib ketadi - axir, dadamiz tartibsizlikni yoqtirmaydi!.. Ammo u hozir ham, keyin ham qaytmadi...
Sulton Jo‘ra qisqagina - 33 yil umr ko‘rishiga qaramay, juda yorqin hayot kechirdi, o‘zidan so‘ng boy ijodiy meros, iste’dodli o‘quvchilar va munosib farzandlar qoldirdi. Uning asarlari o‘zbek adabiyoti saylanmasidan joy oldi. Rafiqasining betinim harakatlari tufayli ko‘plab kitoblari vafotidan so‘ng nashr etildi. U hurmatga sazovor shoir - Sulton Jo‘raning xotirasini saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni o‘zining muqaddas burchi deb hisoblardi.
Aynan bu - “o‘z davrining dekabristi” bo‘lgan ayolga o‘zbek yozuvchisi Omon Muxtor o‘zining “Yillar shamoli” kitobini bag‘ishlagan. Yo‘q, Mohira Isayeva, shunchaki taniqli insonning rafiqasi, uy bekasi bo‘lmagan. Maktabda rus tilidan dars berib, keyinchalik mehribonlik uyi direktori bo‘lish bilan birga, faol hayot tarzini olib borgan. Aynan uning Sharof Rashidovga murojaatidan so‘ng, Sulton Jo‘raning ona yeri, Buxoro viloyatining Qog‘oltom qishlog‘idagi nurab yotgan eski maktab o‘rnida yangi maktab binosi qad rostladi va uning nomi bilan ataldi.
Belorussiyaning Kozerogi qishlog‘ida yodgorlik o‘rnatilgan bo‘lib, qishin-yozin gullar ochilib turadi. Ushbu qishloqning o‘zida maktab va ko‘cha uning nomi bilan atalgan. Andijondagi 40-sonli maktabga S. Jo‘ra nomi berilgan, askarning haykali o‘rnatilgan. O‘ng qo‘lida avtomat ushlagan, so‘l qo‘lida esa kitob ushlab, bag‘riga bosgan holda tasvirlangan. Toshkent, Buxoro va Andijonda uning nomi bilan nomlangan ko‘chalar bor.
... O‘zbekistonning taniqli hujjatli filmchilari Malik Qayumov, O’ktam Rizayev va Fayzulla Xo‘jayevlar belorussiyalik operatorlar bilan hamkorlikda jang maydonida jon bergan O‘zbekiston rassomlari, yozuvchilari, artistlari haqida “Alanga bo‘ylab uchib o‘tgan qushlar” nomli hujjatli filmni suratga olishgan. Filmning asosiy g‘oyasi o‘rnida askar Sulton Jo‘raning hayoti va ijodi ochib berilgan. Filmda, shuningdek, o‘zbek delegatsiyasining tashrifi, shoirning rafiqasi va farzandlari haqida ham so‘z boradi.
S. Jo‘raning o‘g‘li ham otasi kabi erta she’rlar yoza boshlagan. Uning she’rlaridagi ifodalilik va yorqin siymolar doim o‘z shinavandalarini topgan. Botir tabiatni juda xush ko‘rgan: har bir barg, shamolning esishi, shudring tomchisi, quyosh nuri - bularning barchasi satrlarda shoirning shaxsiy kechinmalari orqali tushirilgan.
1993 yil Botir olamdan ko‘z yumadi - uni uzoq davom etgan kasallik sindiradi... Uning o‘zov yili 90 yoshni qarshi olgan onasiga bag‘ishlab yozilgan bashoratli satrlari esa hanuz yashashda davom etmoqda.


Download 57.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling