Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish - mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir.
Mol-mulkni o‘zlashtirish – mulkdan foydalangan xolda daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun foydalanish.
Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo‘ladi.
"Oltin aksiya" - bu ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik axamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari ximoya qilinishini ta’minlaydi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish korxonalarining o‘z mahsulotlarini yagona savdo tarmog‘i orqali sotishni tashkil etish maqsadida tuzilgan korporativ birlashma.
Trest - turli tashkilotlar umumiy ishlab chiqarish majmuiga birlashadigan tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma. Bunda ular aksiyalar nazorat paketini yoki ishonch asosidagi shartnomani ishonch asosidagi kengashga berib, yuridik, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo‘qotadi.
Uklad - iqtisodiyotni mulk shakllari, xo‘jalik yuritish uslublari, daromad manbalari kabi mezonlar asosida turkumlanishini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.
Do'stlaringiz bilan baham: |