Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet111/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Asimmetrik axborot –birinchi guruh etarli darajadagi axborotga ega bo‘lishi, boshqa gunuhning axborotlarga ega bo‘lmaslik holati.

  • Autsayder – korporatsiya va uni boshqarishda qatnashmaydigan, “Mustaqil direktor” bo‘lmagan, korporatsiyaning ishchisi bo‘lmagan lekin korporatsiyaning aksiyasiga ega bo‘lgan shaxs.

  • Affillangan shaxs – korporatsiyaning faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

  • Aksioner kapitali – aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini emissiya qilish yo‘li bilan shakllantirgan kapitali.

  • Aksiyadorlik jamiyatining muassislari- aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar.

  • Assotsiatsiya- Tijorat tashkilotlari o‘rtasida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy mulkiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladigan birlashma tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir.

  • Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

  • Davr xarajatlari –bu bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv harajatlari, mahsulotni sotish harajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.

  • Diversifikatsiya- har tomonlama rivojlantirish; yirik firmalar-birlashmalar yoki tarmoqlar faolligini kengaytirish.

  • Dividend –bu foydaning soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so‘ng aksiyadorlar jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan qismi.

  • Ishonchnoma bo‘yicha ovoz berish –aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqining boshqa shaxsga ovoz berishlishi.

  • Insayder – kompaniya faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompaniya haqida tijorat axborotiga ega bo‘lgan kompaniya xodimi.


  • Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling