Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflar
1.3.1-jadval
“Korporativ boshqaruv” tushunchasining turli talqindagi ta’riflari6
Korporativ boshqaruvni (corporate governance) tushunchasini yoritishda albatta menejment (management) tushunchasi bilan farqli jihatlarini aytib o‘tish zarurdir. CHunki korporativ boshqaruv va menejment tushunchalaridagi boshqaruv so‘zidan foydalanilishi munosabati bilan korporativ boshqaruv tushunchasining o‘ziga xosligi, amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha menejment bilan tubdan farqlanishini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Korporativ boshqaruvning asosi oshkoralik va mas’uliyat bilan birgalikda Korporativ kodeks, korporativ hulq va hisobotni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlardan iborat bo‘lsa, menejment esa korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan mexanizmlaridan iboratdir. Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik qilishning yuqoriroq pog‘onasida joylashgan bo‘lib, kompaniya faoliyatini uning aksiyadorlari manfaatlari y o‘lida boshqarilishini ta’minlaydi. Korporativ boshqaruv va menejment vazifalarining o‘zaro kesishuvi faqat kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‘lib ajralib turadi, boshqarish obyekti sifatida u o‘z xususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini kuzlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta’minlash, aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda aksiyadorlarning uzaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari quyidagilar hisoblanadi: -agentlik nazariyasi (Agency Teory); -sheriklar nazariyasi (Stakeholder Teory); - boshqaruv nazariyasi (Stewardship Teory); -tashkiliy nazariya (Organization Teory). Bu nazariyalarning har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz: 1) Agentlik nazariyasida korporativ munosabatlar mexanizmi agentlik xarajatlari vositalari orqali ko‘rib chiqilib, direktorlar va aksiyadorlar o‘tasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma munosabatlari sifatida ifodalanadi. Ko‘rib chiqiladigan vazifalar tipologiyasi quyidagilarga borib taqaladi: “manfiy tanlov” muammosi (ya’ni yaxshi menejerni qanday tanlash); “opportunistik xulq – atvor” muammosi (ya’ni qanday qilib menejerni mulk egasi manfaatlarida ishlashga majbur qilish). Agentlik nazariyasi doirasida 1976 yil iqtisodchi olimlar Yensen va Mekling tomonidan taklif etilgan model keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra agentlik munosabatlari bu — unga muvofiq boshliq qo‘l ostidagi xodimni boshliq manfaatlarida harakatlarni amalga oshirish uchun yollaydigan va qaror qabul qilish huquqlarining bir qismini qo‘l ostidagi xodimga berish ko‘zda tutiladigan shartnomadir. Bundan tashqari, agentlik munosabatlari quyidagilardan iborat bo‘lgan agentlik xarajatlariga olib keladi: mulk egasi va menejer o‘rtasida muloqot o‘rnatish xarajatlari; mulk egasining menejerni nazorat qilish xarajatlari; menejerning o‘zini - o‘zi cheklash xarajatlari; qoldiq yo‘qotishlar. Model quyidagi asosiy taxminlarga yo‘l qo‘yadi: barcha tashqi aksiyalar ovoz berish huquqiga ega emas; tashqi mulk egalari faqat pul oqimlari yoki boylikning o‘sishi orqali mulkdan foyda oladi (ya’ni sof foyda olmaydi); menejerning ish haqi qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘ladi; modelning dinamik jihatlari tahlildan chiqarib tashlanadi. Qo‘shimcha taxminlar (keyinchalik susaytiriladi): firma hajmi qat’iy belgilanadi; monitoring va o‘zini - o‘zi cheklash uchun imkoniyat yo‘q; qarz olish uchun imkoniyat yo‘q; risk va diversifikatsiya zarurati e’tiborga olinmaydi. Natijada quyidagi xulosalar kelib chiqadi: agar menejer firma kapitalining 100% egasi bo‘lsa, u eng yuqori xarajatlar va eng yuqori foyda tengligidan kelib chiqib (“jamoat uchun eng qulay variant”), qo‘llanadigan harakatlar optimal hajmini tanlaydi; agar menejer firmaning to‘laqonli egasi hisoblanmasa, qo‘llanadigan harakatlar darajasi jamoat uchun eng qulay variantdan past bo‘ladi va firmaning qimmati pasayib ketadi; mulk egasi tomonidan nazorat qilish imkoniyati firma qiymatini oshiradi va nazorat bo‘lmagan vaziyatga nisbatan xususiy foyda iste’molini kamaytirishga imkon beradi. 2) Sheriklar nazariyasi korporatsiyani uning oddiy elementlari – aksiyadorlar, xodimlar, iste’molchilar, mahalliy hamjamiyat, soliq to’lovchilar va boshqalarning oddiy yig’indisiga teng bo’lmagan katta tizim sifatida ifodalaydi. Ya’ni “mulk egasi – menejer” nizosini kengayishi ro’y beradi va bu nazariyaning mohiyati kompaniya rahbariyatining barcha manfaatdor tomonlar nazorati ostida bo’lishi shartligidan iborat. Bunda korporatsiya faoliyatidagi barcha sheriklar o’zlarining maqsadlarini ko’zlaydi: menejerlar – individual maqsadlar, masalan, mehnatga to’lanadigan haqni maksimal qilish, ularning professional malakasi ko’rsatkichi sifatida kompaniya aktivlarini oshirish, xodimlar shtatining o’sishi va boshqalar; xodimlar individual maqsad sifatida mehnatga to’lanadigan haqni maksimal qilishni ko’zlaydi; iste’molchilar ayirboshlashdan olinadigan foydaning maksimal bo’lishini maqsad qilib qo’ygan; tijorat hamkorlari korporatsiya bilan shartnomalarni amalga oshirishdan operatsion foydani maksimallashtirishga harakat qiladi; moliyaviy vositachilar va moliyaviy resurslar ta’minotchilari individual maqsadlar sifatida aylanmaning o’sishi, kredit imkoniyatlari va boshqalar uchun korporatsiyaning moliyaviy vositalariga ega bo’lish imkoniyatlarini olishni ko’zlaydi; obligatsiyalar egalari obligatsiyalarga foiz to’lovlari va obligatsiyalar kurs qiymatining maksimal bo’lishini maqsad qilib qo’ygan; davlat tartibga solish organlari korporatsiyadan olinadigan soliq yig’imlarini oshirishga intiladi; mahalliy hamjamiyatlar korporatsiya resurslari yordamida, biznesning ijtimoiy javobgarlik dasturlaridan foydalanish yordamida ijtimoiy vazifalarni hal qilishga intiladi; 3) Boshqaruv nazariyasining mohiyati shundaki, yollanma menejmentli korporatsiya ustidan hokimlik aksiyadorlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan direktorlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. 4) Korporativ munosabatlarni tashkil qilishning umumiy tamoyillaridan tashqari, har bir korporativ birlashmada korporatsiyaning tashkiliy tarkibi, xarid qilingan mulk xususiyati va boshqalar bilan asoslanadigan ma’lum bir o’ziga xosliklar vujudga kelishi mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling