Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet76/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Nazorat savollari

  1. Korporativ boshqaruvda korxona investitsiyalar yordamida qanday vazifalarni echishi mumkin?

  2. Mahalliy korxonalar investitsiyalarni jalb etish uchun korxona miqyosida qanday ishlarni bajarishlari kerak?

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustda PF-5495-sonli Farmoni asosida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga qanday qulaylik va engilliklar yaratildi?

  4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyulda 547-sonli Qarori bo‘yicha O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi?

  5. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish qanday manbalarga ega?

  6. Investorlar korxonaga investitsiyalarni jalb etishda nimalarga e’tibor qaratadi?

  7. Portfelli investitsiyalarning ta’rifini aytib bering.

  8. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ta’rifini aytib bering.

  9. Korxonaning investitsion jozibadorligi qanday ko‘rsatkich?

  10. Investitsiyalarni iqtisodiy baholashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?


XVII BOB. KORPORATIV BOSHQARUVIDAGI KORXONALARDA HISOB YURITISH, HISOBOT BERISH VA AXBOROT TA’MINOTI


17.1. Jamiyatda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni yuritish hamda hujjatlarni saqlash
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart. Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida bo‘ladi.Jamiyatning moliyaviy hisobotida ko‘rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag‘idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim. Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart.
Jamiyat qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
jamiyatning ustavi, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
jamiyatning o‘z balansidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va jamiyatning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizom;
jamiyatning yillik hisoboti;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar;
aksiyalar emissiyasi risolasi;
buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar;
jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarining, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) va boshqaruvi majlislarining bayonnomalarini, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari;
jamiyatning affillangan shaxslari ro‘yxatlari;
jamiyat aksiyadorlarining reestrlari;
jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruvlari dalolatnomalari.
Jamiyat qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa hujjatlarni ham saqlashi shart.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling