Nazariya va amaliyotdagi
BIRINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR
Download 68,11 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.3. ва биринчи боб хулосаси лотин
BIRINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR
Umumta’lim muassasalarining o’quvchilarida milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish muammosi ijtimoiy xarakterga ega. Binobarin, o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish ularni Vatan ravnaqi, yurt obodligi va xalq farovonligi yo’lida fidokorona mehnat qilish, o’zi yashayotgan jamiyatda tinchlik va xavfsizlikning barqaror bo’lishi yo’lida kurashish, turli millat va elatga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro inoqlikning qaror topishiga o’z ulushini qo’shishga intilish ko’nikmalarining shakllanishi hamda millat vakili sifatida o’z qadr-qimmatini anglab yetishga undaydi. Milliy iftixor tuyg’usi millatchilik emas, balki uning antonimi bo’lgan ijobiy insoniy fazilat hisoblanadi. Zero, millatchilik asosida: 1) ma’lum millatni barcha millatlardan ko’r-ko’rona ustun qo’yuvchi etnopsixologik yo’l-yo’riqlar majmuasi; 2) shovinistik kayfiyatdagi siyosiy g’oyalar tizimi; 3) etnik buzg’unchilik, shovinistik g’oyalarga asoslanuvchi jamoatchilik harakati aks etadi. Millatchilik ijobiydan salbiyga tomon rivojlanib boruvchi xislatlar quyidagi sifatlarga asoslanadi: Vatan uchun jon fido etish, millat hayoti va taqdiri uchun jonkuyarlik, ekstremal ko’rinishdagi militaristik, shovinistik, va hatto fashistik g’oyalarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Milliy o’z-o’zini anglash – milliy iftixor tuyg’usi va Vatanni sevish, milliy madaniyatni anglashdagi quvonch, milliy rivojlanish va xalq manfaati uchun xizmat qiladigan siyosiy harakatlar va g’oyalarning haqqoniyligini anglab yetish kabi tuyg’ular negizida shakllanadi. Milliy o’z-o’zini anglashning ijobiy sifatlaridan biri vatanparvarlikdir. U o’z millati hamda umuminsoniy rivojlanish talablarini birdek chuqur anglab yetishdan iborat. O’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishga qaratilgan faoliyat mohiyatini yoritishda «rivojlanish», «tarbiyalash», «shakllantirish», «omil», «pedagogik ta’sir», milliy g’urur», «milliy iftixor» va «milliy o’zlikni anglash» kabi tushunchalar tayanch tushunchalar sifatida namoyon bo’ladi. Tadqiqot muammosini ijobiy hal etishda bu tushunchalarning mazmunini to’laqonli anglab olish taqozo etiladi. Tadqiqot muammosini tadqiq etish uchun ”omil” tushunchasining mohiyatini anglash bilan birga bu yo’lda samarali faoliyatni tashkil etishda muhim rol o’ynovchi omillarni aniqlab olish muhimdir. Zero, uzluksiz ta’lim tizimining yetakchi bosqichida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalari o’quvchilarida milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish muayyan omillar mavjudligi asosida tashkil etiladi. O’quvchilarda milliy iftixorni shakllantirish ular ongiga millat taqdiri, buguni va ertangi kuniga ishonch, u tomonidan yaratilgan madaniyatdan faxrlanish, uni asrash va boyitish yo’lida mehnat qilish g’oyalarini singdirishdan iborat. Umumta’lim muassasalarida o’quvchilarning milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lishlarini ta’minlashda bu jarayonni yaxlit tashkil etish, unda har bir samarali omildan maqsadli foydalanish, imkoniyatlarni ko’ra olish va ularning samaradorligini baholash muhim ahamiyatga ega. SHaxsning milliy iftixor tuyg’usiga egalik darajasini aniqlash bir qadar murakkabdir. Binobarin, shaxsning namoyon bo’luvchi barcha harakatlari ham uning bu tuyg’uga egaligini ifoda etavermaydi. SHu bois asoslovchi tajriba davridayoq tajriba-sinov ishlarining to’g’ri tashkil etilishiga e’tibor qaratildi. Umumta’lim muassasalari o’quvchilarida milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish yo’lida tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagi holatlar inobatga olindi: tajriba-sinov maydonlarini belgilashda pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligini o’rganish; tajriba ishlariga malakali pedagog-metodistlarni jalb etish; tavsiya etilayotgan metodika samaradorligini uzluksiz tahlil etib borish. Tajriba-sinov ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida bir qator kutubxonalarning shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi, o’quvchilar o’rtasida ma’rifiy bilimlarni yoyishga yordam beruvchi adabiyotlarga egaligi o’rganildi. Tadqiqot muammosini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish umumta’lim muassasalari o’quvchilarining aksariyati o’zlarida milliy iftixor tuyg’ucini shakllantirishga befarq ekanligi yoki bu kabi sifatlarning past darajada rivojlanganligini ko’rsatdi. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda buning sabablari o’rganildi. O’quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular ishtirokida ijtimoiy so’rovlarni tashkil etish natijalari sabablarni aniqlashga yordam berdi. So’rovlar natijasida xulosaning haqqoniyligi tasdiqlandi. Download 68,11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling