Nazorat ishi (NI) – V nazorat shakli: Test sinovi Mavzular; Fransiya Respublikasi Qirg‘iziston Respublikasi
Download 22.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqNAZORAT ISHI 9SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT ISHI (NI) –VI Nazorat shakli: Geografik diktant Mavzular: Turkmaniston Respublikasi – Yaponiya
NAZORAT ISHI JAVOBLARI
NAZORAT ISHI (NI) –VI Nazorat shakli: Geografik diktant Mavzular: Turkmaniston Respublikasi – Yaponiya 1. Turkmanistonda ………………………….., ……………………………, ……………………………………… sanoati ham ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega. Javob: to‘qimachilik, tikuvchilik, gilamdo‘zlik 2. Turkmaniston …………………………….ni qazish va eksport qilish bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kiradi. Javob: tabiiy gaz 3. …………………………. zotli otlari butun dunyoga mashhur bo‘lib, turkmanlarning faxri hisoblanadi. Javob: Axalteki 4. ………………………………..ga Markaziy Osiyo davlatlari orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nisbatan pastroq ko‘rsatkichlari xos bo‘lib, iqtisodiyoti agrar – industrial yo‘nalishga ega. Javob: Tojikiston 5. Tojikistonning eng katta sanoat korxonasi ………………………. shahridagi Tojikiston alyuminiy zavodidir. Javob: Tursunzoda 6. ……………………………..qirg‘oqlari shimoldan Qora dengiz, g‘arbdan Egey dengizi, janubdan O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. Javob: Turkiya 7. 2017-yilda Turkiyada respublikaning parlamentar shaklidan …………………. shakliga o‘tildi. Javob: prezidentlik 8. Turkiyaning yirik shaharlari qatoriga Istanbul va Anqaradan tashqari, ……………………, ……………………., ……………………, ………………... va boshqalar kiradi. Javob: Izmir, Bursa, Adana, Antaliya 9. Turkiyaning janubi-sharqida jami aholining 15 % idan ko‘proq qismini tashkil etadigan …………………….lar istiqomat qiladi. Javob: kurd 10. ……………………………………………. Janubi-g‘arbiy Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri. Javob: Eron Islom Respublikasi 11. Eron Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari orasida o‘z iqtisodiy salohiyati bilan …………………………… va …………………………….. singari alohida ajralib turadi. Javob: Turkiya, Saudiya Arabistoni 12. Baliqchilikning qimmatbaho mahsulotlaridan biri hisoblangan ……………….. eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Javob: qora ikra 13. …………………………………………….. Janubi-g‘arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo tutashgan hududda joylashgan. Javob: Afg‘oniston Islom Respublikasi 14. Afg‘onistonda aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo‘lib, …………………………, ………………………….., …………………………., ………………………....., ………………………….., ………………………….dan iborat. Javob: pushtunlar, tojiklar, o‘zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlar 15. Pokistondagi eng yirik shahar – Arabiston dengizi sohilida joylashgan ………………………. ning aholisi 15 mln. kishidan ortiq. Javob: Karachi 16. Xitoyda ……………………….., ………………………….., ………………… singari Yevrosiyoning eng yirik daryolari oqadi. Javob: Yanszi, Xuanxe, Amur 17. ………………………………………, 2018-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi, chunki u O‘zbekistonning ham eksport, ham import bo‘yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko‘ra yetakchi o‘ringa ega. Javob: Xitoy Xalq Respublikasi 18. ………………………………….. ga 3000 taga yaqin orollar tegishli bo‘lib, ulardan eng yirigi – Chejudo oroli hisoblanadi. Javob: Koreya Respublikasi 19. ……………………………. – konstitutsion monarxiya, davlat rahbari imperator maqomiga ega bo‘lgan hozirgi jahonning siyosiy xaritasidagi yagona mamlakat. Javob: Yaponiya 20. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga “……………………...….”, “……………………….”, “……………………….”, “………………………….” va boshqalar kiradi. Javob: Toyota, Honda, Sony, Mitsubishi Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling