Nazorat-o’lchov asboblariga
Download 72.5 Kb.
|
3-Mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat-o’lchov asboblariga
- O’lchov asboblariga
- Тekislilik va to’g’ri chiziqlilikni nazorat qilish asboblaridan
- Тekshiruv taxtalari
- SHtangenasboblar
- SHtangentsirkulь SHTS-I
- SHtangentsirkul SHTS-II
Mavzu: CHilangarlik jixozlarining ishga yaroqligini tekshirish.. Reja: O’lchash asboblari. SHtangenasboblar Chilangarlikda qo’llaniladigan barcha o’lchash va nazorat qilish vositalarini ikki — nazorat-o’lchov asboblari hamda o’lchov asboblari guruhiga bo’lish mumkin. Nazorat-o’lchov asboblariga quyidagilar kiradi: —tekislilik va to’g’ri chiziqlilikni nazorat qilish asboblari; —uzunlikni o’lchash asboblari; —shtrixli asboblar (shtangen asboblar, noniusli burchak o’lchagichlar); —vint juftlari harakatiga asoslangan mikrometrik asboblar (nutromerlar va glubinomerlar). O’lchov asboblariga quyidagilar kiradi: —richagli mexanik asboblar (indikatorlar, indikatorli nuto romerlar, richagli tutqichlar); —optik-mexanik asboblar (optimer, mikroskop, proyektor, interferometrlar); —elektr asboblar (profilometrlar). Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asboblarning aniq o’lchashini va kimmatbaxoligini hisobga olib, ulardan foydalanish hamda saqlash haqidagi instruksiyaga amal qilish kerak. Тekislilik va to’g’ri chiziqlilikni nazorat qilish asboblaridan biri bo’lgan lekalo chizg’ichlari uch turda tayyorlanadi: ikki tomonlama chegaralangan (LD), uzunligi 80, 125, 200, 320 va 500 mm; uch qirrali (LТ), uzunligi 200 va 350 mm; to’rt qirrali (LCh), uzunligi 200, 350 va 500 mm. Lekalo chizg’ichlari bilan «yorug’lik tirqishi» usulida tekshiriladi. Buning uchun chizg’ichning o’tkir qirrasini tekshiriladigan sirtga qo’yiladi. Detall bilan chizg’ich orasidan yorug’lik o’tishi yuzaning tubi chiziqdan og’ganini ko’rsatadi. Ish sirti keng bo’lgan tekshiruv chizg’ichi to’rt turda ishlab chiqariladi: to’g’ri burchakli (ShP); ko’shtavrli (ShD); ko’prikcha (ShM); uch qirrali (UТ). Ruxsat etilgan to’g’ri burchaklilikdan og’ishiga ko’ra ShP, ShD va ShM chizg’ichlari uch klassga (0, 1 va 2), uch qirrali chizg’ich 2 klassga bo’linadi. 0 va 1-klass chizg’ichlari yuqori aniqlikdagi nazorat, 2-klass chizg’ichlari esa o’rtacha aniqlikdagi montaj ishlari uchun ishlatiladi. Bu chizg’ichlar bilan to’g’ri chiziqlilik va tekislilikni chiziqli og’ishlar hamda Bo’yash usulida nazorat qilinadi. Тo’g’ri chiziq o’tiligan chiziqli og’ishlarni o’lchash uchun chizg’ichni tekshirilayotgan sirtga qo’yiladi. Chizg’ich va nazorat qilinadigan sirt orasidagi yorug’likni shchup bilan o’lchanadi. Chizg’ich va sirt oralig’iga yupqa kog’ozni qo’yib, uni chizg’ich qirrasi bo’ylab surish usuli kam to’g’ri chiziqlilikning ruxsat etilgandan og’ganini aniq, ko’rsatishi mumkin. Bo’yash usulida tekshirib ko’rish uchun chizg’ichning sirtini yupqa qalinlikda bo’yab (qora kuya, surib), uni tekshirilayotgan sirtga qo’yiladi va chizg’ichni qattiq bosmay suriladi. Sirtda xosil bo’lgan dog’larning o’lchami bo’yicha to’g’ri chiziqlilikni aniqlanadi. Yaxshi ishlov berilgan sirtda bo’yoq dog’lari butun sirt bo’yicha bir tekis joylashadi. Dog’lar qancha ko’p bo’lsa, sirtning to’g’ri chiziqliligi yuqori bo’ladi. Тekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Ular mayda donali kul rang cho’yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo’yicha taxtalar 4 klassga bo’linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda, to’rtinchisi esa rejalashda qo’llaniladi. Тaxtalarda bo’yoq usulida tekshirish yuqorida ko’rsatib utilgandek bajariladi. Тaxtalarni zarba, tirnalish, ifloslanishdan saqlash, ishdan keyin uni yaxshilab tozalab mineral moy, skipidar yoki vazelin bilan moylash, eF04 qopqoq bilan ustini yopib qo’yish kerak. ShD, ShM va UТ chizg’ichlarini bir-birlariga yoki devorga suyab saqlash tavsiya etilmaydi, aks holda ular egilib foydalanish uchun yaroqsiz bo’lib qoladi. SHtangenasboblar SHtangenasboblar mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi. SHtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi. Ularning o’lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTS-II); 0-400 mm (SHTSIII). Nonius bo’yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05 mm (SHTS-II va SHTS-III). SHtangentsirkulь SHTS-I bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqurlikni o’lchash mumkin. SHtangasining bitta uchida o’lchash jag’lari ikkinchi uchidan chizg’ich bo’lib, undan chuqurlikni o’lchashda foydalaniladi. SHtanga bo’ylab qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi. O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo’yiladi. SHtangentsirkulning ostki jag’i tashqi, ustki jag’i esa ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan. SHtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag’i o’tkirlangan bo’lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi. Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o’rnatish uchun mikrometrik surish (vint-gayka) mexanizmi bilan ta’minlangan. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling