Nazorat savollari duradgorlik dasgohining tuzilishi va turlarini yozing


Download 22.67 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi22.67 Kb.
#213602
1   2   3
Bog'liq
6-topshiriq

DURADGORLIK — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. Duradgorlik bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. Duradgorlik tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli Duradgorlik ustalari ishlatadigan asboblar (q. Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil.

Duradgorlik hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar Duradgorlik ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilikbaliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori Duradgorlikning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari Duradgorlik kasbining ancha murakkablashganini, Duradgorlik buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash] D. ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda Duradgorlik hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida Duradgorlik tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va Duradgorlikning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi. Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, xari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga Duradgorlikning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi. Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora Duradgorlikning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. Duradgorlikning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi. Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchi Duradgorlik ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang, doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi Duradgorlik kasblari paydo boʻldi. Duradgorlik tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur. Oʻzbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch, Xiva, Panjikent va b. shaharlardagi 9—12-a. larga oid koʻhna yodgorliklarda ishlatilgan yogʻoch materiallardan Duradgorlik meʼmorlikning ajralmas qismi boʻlganligini koʻrish mumkin. Bu davrga oid oʻymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qurʼon oyatlari va sheʼriy misralar bilan bezatilgan. 14—15-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda) Duradgorlik tarmoklarining yanada mukammallashgani koʻrinadi. Duradgorlik uslublarida yogochlarni yoʻnish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va sillikligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning oʻrtalarigacha oʻzbek ustalari anʼanaviy Duradgorlikni davom ettirdilar, uning baʼzi tarmoqlarini shakllan-tirdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlaridan oʻzbek duradgorligi Yevropa va rus Duradgorlik elementlari bilan boyidi. Duradgorlik mahsu-lotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo boʻldi. Sobiq Ittifoq davrida Duradgorlikning oʻzbek xalqiga xos anʼanaviy tarmoklari (aravasozlik, be-shiksozlik, egarsozlik va b.) oʻrniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va b.) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xoʻjalik jihozlari yasash kabi tarmoklar rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻzbek xalqining anʼanaviy Duradgorlik uslublari qayta tiklanib, qadimiy Duradgorlik uslublari yangidan rivojlanmoqda. Duradgorlikda Oʻzbekistondagi har viloyatning oʻziga xos anʼanalari va uslublari qayta tiklanmoqda.


Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling