Nazorat savollari duradgorlik dasgohining tuzilishi va turlarini yozing


Download 22.67 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi22.67 Kb.
#213602
  1   2   3
Bog'liq
6-topshiriq


NAZORAT SAVOLLARI

1.Duradgorlik dasgohining tuzilishi va turlarini yozing.

2.Duradgorlik yelimlarining turlari va ularni ishlatish qoidalari.

3.Texnalogik xarita tuzish ketma-ketligi va qodalari .



Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. D. uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. D. bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (qarang Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil.

D. hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar D. ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori D.ning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari D. kasbining ancha murakkablashganini, D. buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash] D.ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda D. hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida D. tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va D.ning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi. Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, hari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga D.ning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi. Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora D.ning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. D.ning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi. Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchiD. ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang , doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi D. kasblari paydo boʻldi. D. tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur. Oʻzbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch, Xiva, Panjikent va b. shaharlardagi 9—12-asrlarga oid koʻhna yodgorliklarda ishlatilgan yogʻoch materiallardan D. meʼmorlikning ajralmas qismi boʻlganligini koʻrish mumkin. Bu davrga oid oʻymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qurʼon oyatlari va sheʼriy misralar bilan bezatilgan. 14—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda) D. tarmoklarining yanada mukammallashgani koʻrinadi. D. uslublarida yogochlarni yoʻnish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va sillikligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning oʻrtalarigacha oʻzbek ustalari anʼanaviy D.ni davom ettirdilar, uning baʼzi tarmoqlarini shakllan-tirdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan oʻzbek duradgorligi Yevropa va rus D. elementlari bilan boyidi. D. mahsu-lotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo boʻldi. Sobiq Ittifoq davrida D.ning oʻzbek xalqiga xos anʼanaviy tarmoklari (aravasozlik, be-shiksozlik, egarsozlik va b.) oʻrniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va b.) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xoʻjalik jihozlari yasash kabi tarmoklar rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻzbek xalqining anʼanaviy D. uslublari qayta tiklanib, qadimiy D. uslublari yangidan rivojlanmoqda. D.da Oʻzbekistondagi har viloyatning oʻziga xos anʼanalari va uslublari qayta tiklanmoqda. Duradgorlik asboblari — yogʻochni qayta ishlash uchun moʻljallangan dastaki yoki mexanik asboblar. D. a., asosan, randalash, arralash, parmalashoʻyish, oʻlchash-belgilash va yordamchi asboblarga boʻlinadi. Yogʻoch randalashda randaning quyidagi xillari ishlatiladi. Sherxebel — yogʻochni boʻylama va koʻndalang yoʻnalishda dastlabki dagʻal randalash uchun ishlatiladigan, poʻlat keskichi yarim aylana shaklli ensiz randa. Oddiy randa, arralangan va sherxebel bilan randalangan yogʻoch ustidan ishlov berishda qoʻllaniladi. Poʻlat keskichining tigʻi toʻgʻri va enli boʻladi. Keskich randaning tagi (kafti) bilan 45— 50° burchak tashkil etadi. Payraha sindirgichli randa, yogʻoch sirtini uzil-kesil silliqdash uchun qoʻllaniladi. Poʻlat keskichiga oʻtmas uchli "tilcha" mahkamlanadi. "Tilcha" payrahalarni sindirib turadi. Japs randa (fuganka), katta yuza va uzun qirralarni uzil-kesil randalashda qoʻllaniladi 4). Shliftik — ikki keskichli kalta randa. Oldingi randalashdan qolgan no-tekisliklarni yoʻqotish uchun ishlatiladi. Sinubel, ishlov berilgan yuzalarda mayda gʻoʻdirliklar hosil qilish uchun ishlatiladi. Poʻlat keskichi mayda tishli qilib yasaladi, 5). Metall asosli randa— randalarning takomillashgan xili. Poʻlat keskichi bolgʻa bilan urmasdan mahkamlanadi. Randaning quyidagi xillari profilli (naqshdor) yuzalarni randalashda ishlatiladi. Bukri randa (gorbach), yogʻoch asosining kafti boʻylama yoʻnalishda botiq yoki qabariq boʻlib, egri yuzalarni randalashda ishlatiladi. Konish randa (zenzubel) — asosi baland va ensiz, keskichi kurakcha shaklli randa. Detal chekkalaridan chorak va tirnok, (fals)lar ochish hamda tozalashda qoʻllaniladi. Falsgobel — taxtada tirnoq va choraklar ochish uchun ishlatiladigan randa. Keskichi bitta boʻladi. Gratobel — falsgobelning bir turi. U bilan koʻnadalang kesimi uchbur-chak shaklli tirnoq ochiladi. Shpuntubel (paznik), taxta yonlari yoki yuzasida toʻgʻri burchakli oʻyiq (shpunt) ochish uchun ishlatiladigan randa. Unda bir-biriga vint bilan birlashtirilgan ikkita asos bor. Qoʻshquloq randa (gruntubel), asosiga ikkita dasta oʻrnatilgan, keskichi bir tigʻli; ilmoq shaklli, trapetsiya shaklida ochilgan oʻyiklarni tekislash va tozalash uchun ishlatiladi. Nov randa (kalevka), taxta chetlarida turli naqshli profillar ochish uchun ishlatiladi, 12). Yogochlarni arralashda sarjin arra, burch arra, dastarra hamda kalta arradan foydalaniladi. Yogʻochda uya, oʻyiq va teshik oʻyish uchun peroli markazlovchi parma, qoʻl parma, chuqur parmalaydigan burgʻi va iskana dan foydalaniladi.

Duradgorlar yogʻochni yoʻnish, tekislashda tesha, poytesha va b.dan foydalanishadi. Mexanik qirqish asboblari ga turli elektr arralar, mas, zanjirli elektr arra; diskli elektr arra, elektr randa va freza, silliklash stanoklari hamda kombinatsiyalangan (arralaydigan, frezalaydigan va parmalaydigan) stanoklar kiradi.



Oʻlchash - belgilash asboblariga ruletka, metr, burchaklik — goʻniya, kronsirkul, , reysmus, vaterpas, shovin, shtangensirkul, mikrometr va b. kiradi. Yordamchi asboblar egov, bolgʻa, ombur, qirqqich (kusachka), yassi ombur, gayka kalitlari va otvyortka, shuningdek, yogʻoch bolgʻalardan iborat.


Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling