Nazorat savollari: Kasalxona ichi infektsiyasi nima?
Download 467.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Amalga oshirish bo'yicha tasniflash.
Barcha operatsiyalarini amalga oshirish maqsadiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: diagnostic va davolash. 357 a) diagnostika operatsiyalari Diagnostik operatsiyalarning maqsadi tashxisni aniqlashtirish, jarayonning bosqichini aniqlashdir. Diagnostik operatsiyalar qo'shimcha usullar bilan klinik tekshirish davomida to'g'ri tashxis qo‘yish imkoni bo‘lmaganda, shifokor bemordagi kasallikni to‘liq aniqlamagamda to‘gri davo muolajasini olib borish maqsadida bajariladi. Diagnostika operatsiyalari orasida biopsiya, maxsus va an'anaviy jarrohlik turlarini ajratish mumkin. Biopsiya. Jarroh tashxisni aniqlash uchun o‘smadan gistologik tadqiqotlar uchun biopsiya olinishidir. Uch xil biopsiya mavjud: 1. Ekscizion biopsiya. O‘sma butunlay olib tashlanadi. 2. Incizion biopsiya. Gistologik tekshirish uchun o‘smaning bir qismi (organ) olinadi. 3. Punksion biopsiya. Bu muolajani operaciya emas balki invaziv tekshiruv usuliga kiritsa to‘gri bo‘ladi. Teri orqali igna yordamida punksiya qilinadi va hujayralar va to'qimalarning qismidan iborat igna shisha oynachaga olib gistologik tekshiruv uchun yuboriladi, olingan suyuqlik esa sitologik tekshiruvga yuboriladi. Ushbu biopsiya usuli bemor uchun eng oddiy va zararsiz bo‘lib eng aniq hisoblanadi. Maxsus tashxis tekshiruv muolajalari Ushbu diagnostic operaciyalarga endoscopic tekshiruv usullari – laparo yoki toracoscopiya kiradi (endoskopik ko'rikdan tabiiy teshiklar orqali - fibroezofagogastroskopya, cistiscopiya va bronkoskopya usullari) va bu guruh endoskopik ko'rikni o'z ichiga oladi. Laparoskopik yoki torakoskopik tekshruvlar o‘sma jarayonini qaysi bosqichda ekanligini aniqlash uchun saraton aniqlangan bemorlarda amalga oshirilishi mumkin. Bu maxsus tekshiruv usullari bemorda shoshilinch xolatlarda (qon ketish) amalga oshirilishi mumkin. 358 Diagnostika maqsadida an'anaviy jarrohlik operatsiyalari. Ushbu muolajalar bemorni tekshirish davomida tashxisni aniqlash imkoni bo‘lmaganda bajariladi. Eng keng tarqalgan amalga diagnostik laparotomya hisoblanadi. Bunday operatsiyalar ham rejalashtirilgan, ham shoshilinch tartibda amalga oshirilishi mumkin. Jarrohlik rivojlanishi bilan bemorlarning tekshirish usullarini takomillashishi bilan tashxis qo‘yish uchun an'anaviy jarrohlik usullari kamroq amalga oshiriladi. b) Terapevtik operatsiyalar Bemorning ahvolini yaxshilash uchun terapevtik operatsiyalar bajariladi. Patologik jarayonga ta'siriga qarab, radikal, palliativ va simptomatik davolash ishlari olib boriladi. Radikal operatsiyalar Radikal operatsiyalar kasalliklarni davolash uchun bajariladigan operatsiyalardir. Jarrohlikda bunday operatsiyalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Palliativ jarrohlik Palliativ jarrohlik bemorning ahvolini yaxshilashga qaratilgan, ammo bu kasallikni to‘liq davolash maqsadida bajariladi. Ko'pincha bunday operatsiyalar saraton kasalliklarida, o'simtani tubdan olib tashlashning imkoni bo'lmaganda amalga oshiriladi, ammo ko'plab asoratlarni bartaraf etish orqali bemorning holatini yaxshilash mumkin. Bir vaqtning o'zida, ko'p martali va takroriy operatsiyalar Jarrohlik aralashuvlari bir martalik va ko'p bosqichli (ikki, uch mahal) bo'lishi mumkin, shuningdek takroriy. a) bir martalik operatsiyalar Bir marotaba bajariladigan operatsiyalarga deb bir vaqtning o'zida bir nechta bosqichda bir nechta ketma-ket amallar bajariladi, uning maqsadi bemorni to'liq tiklash va reabilitatsiya qilishdir. Jarrohlikda bunday operatsiyalar 359 tez-tez bajariladi, ularning misollari: appendektomiya, xoletsistektomiya bo'lishi mumkin. Download 467.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling