Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2
Download 40.57 Kb.
|
3-nazorat savollari
14-Mavzu. MARKETING MUHITI
Reja:
1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 2. Korxona mikro-muhiti 3. Korxona makro-muhiti
Buxgalteriya hisoboti awalombor korxona mulki tarkibini hamda korxona moliya natijalarini harakterlaydi. Undan tash- qari bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-ki- toblar, moliya organlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotiarining mana shunday to‘liq berilishi shu bilan xarakterlanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy obyekt deb qaraladi. Statistika hisoboti o‘z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishni mo‘ljallaydi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustaqil obyekt emas, balki butun xalq xo‘jaligining bir qismi deb qaraydi. Statistika hisoboti hudud, tarmoq bo‘lsa, ma’lum bir ko‘rsatkichlami bajaril- ishini nazorat qilib, ular to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shunga qarab, statistika hisoboti shakllanib boradi. Hisobot xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab quyidagi ikki turga bo‘linadi: • umumdavlat hisoboti; • korxona ichidagi hisobot. Umumdavlat hisoboti Moliya vazirligi va Davlat Statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi va tegishli organlarga o‘z vaqtida topshirilishi lozim bo‘ladi. Korxona ichidagi hisobot esa qisqa bo‘lib, shu korxona ichida foydalaniladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javob- gar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tad- birlami amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hiso bot. Bu hisobotlar korxona rahbari, bosh buxgalter belgilagan muddatda tegishli bo‘limlarga, ya’ni boshqaruv bo‘limiga asosan buxgalteriya bo‘limiga, topshirilishi lozim. Hisobotda bir korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari yoki bir necha korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari ko'rsatilgan bo‘lishi mumkin. Demak, shu xususiyatiga ko‘ra, hisobotni quyidagi ikki turga ajratish mumkin: • dastlabki hisobot; • yig‘ma hisobot. Yig‘ma hisobot birlashmalar, assotsiatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, boshboshqarmalar, vazirliklar, tarmoqning bosh qa yuqori tashkiloti tomonidan tuziladi. Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga ko'ra esa quy idagi turlarga ajratish mumkin: • yil ichidagi (davomidagi) hisobot; • yillik hisobot. Yil ichidagi hisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik bo‘ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘- risida ”gi qonun (16 modda) bilan yillik hisobotning quyida gi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1. Korxona balansi № 1. 2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot № 2. 3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot № 3. 4. Pul harakati to‘g‘risidagi hisobot № 4. 5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot № 5. Download 40.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling