Назорат саволлари
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
топшириқлар (2)
Назорат саволлари: 1. Изох қандай кўрсатилади? 2. Турларни келтиринг. 3. Таърифлаш қандай амалга оширилади? 4. Шартли амални кўрсатинг. 5. Арифметик турларни кўрсатинг. 6. Нима учун номланган константалар ишлатилади?
Dastur yozish mobaynida ushbu dasturda ishlatilayotgan elementlar va qo’llanilayotgan usullarga izoh yozish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ayniqsa dastur yozish uchun uzoq vaqt talab etilsa yoki bir dasturni bir necha dasturchi yozayotgan bo’lsa ushbu izohlar axamiyati yanada yoqori bo’ladi. Java dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari singari izohlar dastur bajarilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi va ular dasturchi uchun ma’lumot sifatida qo’llaniladi. Java dasturlash tilida izoh qo’yishni uch xilusuli mavjud. Eng keng tarqalgan usuli bu izoh boshiga // simvollarini qo’yishdir. Ushbu simvollardan keyin joylashgan elementlar qatorning oxirigacha izoh xisoblanadi. Masalan: System.out.println(“Salom!”); //ushbu qator konsolga matn chiqarib beradi yoki //quyidagi operator x qiymatini bir qiymatga oshiradi x++; Agar uzunroq izoh berish kerak bo’lsa, bir necha qatorni // elemenlari bilan belgilash mumkin, yoki ikkinchi usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda /* va */ belgili cheklovchilaridan foydalaniladi. Birinchi belgi izoh boshiga ikkinchisi izoh oxiriga qo’yiladi. Masalan: /* Quyidagi dastur Java dasturlash tilida yozilgan bo’lib U konsolga Salom so’zimi chiqarib beradi */ public class SalomDasturi { public static void main(String[] args) { System.out.println(“Salom”); } } Izoh berishning uchunchi usuli dasturning izohlariga asosan xujjatlarni avtomatik xosil qilish uchun ishlatiladi. Ushbu izohlar /** va */ belgilari bilan chegaralanadi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling