Nazorat uchun savollar


Download 17.87 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi17.87 Kb.
#174971
Bog'liq
Yengil atlet 1-maruza


Nazorat uchun savollar.

1. Hamma yengilatletikachilar uchun qanday asosiy tashkiliy shakl qo‘llaniladi?

2. Mag‘ulotning hamma shakllarida qanday asosiy qoidalarga rioya qilinadi?

3. Mashq tuzilmasi necha qismdan iborat?

4. Mashg‘ulot qismlarining vazifasi va mazmunini tavsiflab bering.
JAVOBLAR:
1.Hamma yengilatletikachilar uchun mashq jarayonining asosiy tashkiliy shakli – guruh bo‘lib yoki yaka tartibda 2 soat yoki undan ko‘proq davom etadigan sport mashqi mashg‘uloti (darsi)ni o‘tkazishdir. Ozroq davom etadigan mashg‘ulotlar ham bo‘lishi mumkin. Asosiy mashg‘ulotlarni har kuni ko‘p kuch kelmaydigan ertalabki mashq bilan to‘ldirib turish mumkin. Asosiy mashq mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi uy vazifalarini esa kunning boshqa vaqtida bajarish mumkin. Yengil atletikachilar yengil atletik sport mashqidan tashqari, kross, yugurishlar suzish, basketbol va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar o‘tkazadilar. Nihoyat, sport musobaqalari ham mashg‘ulot shakllaridan biri hisoblanadi.

2. Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak: mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin asosiy ish o‘tkaziladi. (Bu qismda kuch berish mashq turiga, kuch berish xarakteriga va hokazolarga qarab har xil, lekin mashg‘ulot boshidagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.)

Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishni bu tarzda o‘zgartira borish, mashg‘ulot qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, har qanday mashq mashg‘uloti uchun shartdir.

3. Mashq mashg‘ulotlarida o‘tkaziladigan chigalyozdi kuch kelish juda ham oz bo‘lmasligi kerak. Shug‘ullanuvchilarning tayyorlik darajasi ortgan sari, uni ham oshira borish lozim. Chigalyozdiga kiritilgan jismoniy mashqlar umumiy jismoniy tayyorgarlikka ham bir qadar yordam beradi.

Chigalyozdi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismning vazifasi asosan vegetativ funksiyalarni (qizdirishni) kuchaytirish hisobiga organizmning umumiy ish qobiliyatini oshirishdir. Chigalyozdining ikkinchi qismida sportchi o‘zida bo‘lajak ishga moyillik hosil qilib olishi kerak.

4. Mashg‘ulot qismlariga vaqtni taqsimlash. Odatda, mashg‘ulotlar 120 daqiqa davom etadi.

To‘rt qismdan iborat guruh bo‘lib o‘tkaziladigan darsda vaqt quyidagicha taqsimlanadi:

Kirish qismi – 10 daqiqa Tayyorlov qismi – 30 daqiqa Asosiy qism – 70 daqiqa Yakunlovchi qism – 10 daqiqa Jami – 120 daqiqa

Uch qismdan iborat bo‘lgan mashg‘ulot vaqti quyidagicha taqsimlanadi:

Chigalyozdi – 20–30 daqiqa

Asosiy qism – 90–80 daqiqa

Yakunlovchi qism – 10 daqiqa

Jami – 120 daqiqa



Ohista, bir xil sur’atda yugurib yurib, keyin yurishga o‘tish mashg‘ulotning yakunlovchi qismida eng yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yugurish 3–6 daqiqa (100 m 30 40 soniyada), keyingi sayr sur’atida yurish esa 2–4 daqiqa da-vom etadi.
Download 17.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling