Nazorat uchun savollar
Download 17.87 Kb.
|
Yengil atlet 1-maruza
Nazorat uchun savollar. 1. Hamma yengilatletikachilar uchun qanday asosiy tashkiliy shakl qo‘llaniladi? 2. Mag‘ulotning hamma shakllarida qanday asosiy qoidalarga rioya qilinadi? 3. Mashq tuzilmasi necha qismdan iborat? 4. Mashg‘ulot qismlarining vazifasi va mazmunini tavsiflab bering.
2. Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak: mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin asosiy ish o‘tkaziladi. (Bu qismda kuch berish mashq turiga, kuch berish xarakteriga va hokazolarga qarab har xil, lekin mashg‘ulot boshidagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.) Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishni bu tarzda o‘zgartira borish, mashg‘ulot qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, har qanday mashq mashg‘uloti uchun shartdir. 3. Mashq mashg‘ulotlarida o‘tkaziladigan chigalyozdi kuch kelish juda ham oz bo‘lmasligi kerak. Shug‘ullanuvchilarning tayyorlik darajasi ortgan sari, uni ham oshira borish lozim. Chigalyozdiga kiritilgan jismoniy mashqlar umumiy jismoniy tayyorgarlikka ham bir qadar yordam beradi. Chigalyozdi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismning vazifasi asosan vegetativ funksiyalarni (qizdirishni) kuchaytirish hisobiga organizmning umumiy ish qobiliyatini oshirishdir. Chigalyozdining ikkinchi qismida sportchi o‘zida bo‘lajak ishga moyillik hosil qilib olishi kerak. 4. Mashg‘ulot qismlariga vaqtni taqsimlash. Odatda, mashg‘ulotlar 120 daqiqa davom etadi. To‘rt qismdan iborat guruh bo‘lib o‘tkaziladigan darsda vaqt quyidagicha taqsimlanadi:
Uch qismdan iborat bo‘lgan mashg‘ulot vaqti quyidagicha taqsimlanadi: Chigalyozdi – 20–30 daqiqa Asosiy qism – 90–80 daqiqa Yakunlovchi qism – 10 daqiqa Jami – 120 daqiqa Ohista, bir xil sur’atda yugurib yurib, keyin yurishga o‘tish mashg‘ulotning yakunlovchi qismida eng yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yugurish 3–6 daqiqa (100 m 30 40 soniyada), keyingi sayr sur’atida yurish esa 2–4 daqiqa da-vom etadi. Download 17.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling