Nazorat uchun savollar


Download 419.9 Kb.
bet2/4
Sana29.12.2021
Hajmi419.9 Kb.
#183693
1   2   3   4
Bog'liq
maruza va axborot tushunchasi

Ma’ruza va axborot janri ham ilmiy maqola janriga yaqin turadi. U fanning ma’lum bir yangi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish, konferensiya material-lariga xosligi bilan qisman ajralib turadi.Til birliklarining qo‘llanishi, ilmiy fikr-ning izchil bayon etilishi, hissiy-ekspressivlikdan xoli bo‘lishligi jihatidan ilmiy maqola va monografiyadan keskin farq qilmaydi.

Monografiyada qo‘llaniladigan til birliklarida nimalar uchraydi?

Monografiyada qo‘llanilgan til birliklarini ilmiy-ommabop bro­shyura va maqolalarga chog‘ishtirganda unda hissiy-ekspressiv leksi­kaning chegaralanganligi, atamalarning ko‘p ishlatilishi, neologizm –atamalarning uchrashi ko‘zga tashlanadi.



Hozirgi o‘zbek adabiy tili ilmiy stilining o‘ziga xos belgilarini aytib bering.

Ilmiy stil (yoki ilmiy bayon stili)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta‘riflanadi, tushuntiriladi. Bu stil o‘zining alohida maxsus funksiyaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy stil ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy stilning leksi­kasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardan-gina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llanadi. Ilmiy stilda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.



Dasturlar qanday tuziladi?

Dasturlar darslik va qo‘llanmalar asosida tuziladi. Avval uqtirish yoki tushuntirish xati beriladi. Dasturning maqsad va vazifasi bayon etiladi. Asosiy qismda temalar soatlarga bo‘linadi. Har bir temada nimalar to‘g‘risida bayon etishga yo‘llanma beriladi. U bilimning sistemali va tartibli bo‘lishini ta’minlaydi. Dastur fanning biror sohasi bo‘yicha ilmiy tushunchani to‘liq bayon etmaydi, ya’ni unda biror ilmiy haqiqat faktik materiallar bilan isbot qilinmaydi. Dasturda aytilgan fikrni darslik va qo‘llanmadan olish mumkin. Unda atamalar, mavhum otlar asosiy o‘rin tutadi.

Taqriz nima?

Taqriz monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiyalarga yoziladi.



Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki taqrizgaga beriladi, birok, bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.

 

Download 419.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling