Nazorat uchun savollar


Download 419.9 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi419.9 Kb.
#183693
  1   2   3   4
Bog'liq
maruza va axborot tushunchasi


O'ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

Fan: O'rganilayotgan til stilistikasi

Yo'nalish:Magistratura Lingvistika(arab)

Kurs:1


O'qituvchi: Nosirova Malika

Talaba:Salimova Sitorabonu



Nazorat uchun savollar:

1. Ilmiy-ommabop broshyura va maqolalar nima haqida ma’lumot beradi?

2. Maqola janri bilan monografiya janrining o‘xshash va farqli jihatlarini aytib bering.

3. Ma’ruza va axborot janriga xos xususiyatlar qaysilar?

4. Monografiyada qo‘llaniladigan til birliklarida nimalar uchraydi?

5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ilmiy stilining o‘ziga xos belgilarini aytib bering.

6. Dasturlar qanday tuziladi?

7. Taqriz nima?

8. Ensiklopedik maqola ilmiy maqoladan nimasi bilan ajralib turadi?

9. Annotatsiya nima?

10. Tezis qaysi jihati bilan ajralib turadi?

Ilmiy-ommabop broshyura va maqolalar nima haqida ma’lumot beradi?

Ilmiy ommabop broshyura va maqolalar, asosan, fanning erishgan yutuqlari, fan yangiliklari, ixtirolar, fanni xalq xo‘jaligiga tadbiq etish natijasida mehnat samaradorligining o‘sganligi, olimlarning biografik ocherklari va boshqalar haqida ma’lumot beradi. Unda fan atamalari izohlangan, hamma tushunadigan tarzda qo‘llanadi. Ommabop broshyura va maqolalarni monografiya yoki ilmiy maqolalarga chog‘ishtirganda unda atamalarning birmuncha chegaralanganligi, narsa va hodisalar bayoni boshqa narsa va hodisalarga taqqoslanishi, tilning tasviriy ifoda vositalari ko‘proq o‘rin olishi ma’lum bo‘ladi; natijada bu janr o‘zining til xususiyatlari bilan publisistik nutqqa birmuncha yaqin keladi.

Ommabop broshyura bilan ommabop maqola o‘rtasida keskin farq yo‘q. Ommabop maqola hajmning qisqaligi bilan broshyuradan farq qiladi. Bularga misol qilib, “Fan va turmush”, “O‘zbekiston san’ati”, “Guliston”, “Saodat” kabi jurnallarda bosilayotgan juda ko‘plab ilmiy-ommabop maqolalarni hamda har bir fanga oid ko‘plab ommabop broshyuralarni ko‘rsatish mumkin.

Maqola janri bilan monografiya janrining o‘xshash va farqli jihatlarini aytib bering.

Monografiya o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifasiga ko‘ra tabiiy, aniq va gumanitar fanlarga oid yirik hajmdagi ilmiy asar bo‘lib, avtorlari bir yoki undan ortiq kishi bo‘lishi mumkin. U o‘z oldiga shu davrgacha fanda hal etilmagan masala-larning biror muhim tomonini o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi. Monografiyada fikr qat’iy mantiqiy izchillikka asoslanadi. O‘z oldiga qo‘ygan masalalarni birin-ketin, tartib bilan bayon etadi. Aytilgan fikrlar misollar, qonunlar, formu­lalar, faktik materiallar bilan isbotlanadi. Bayon etilgan fikrlar yuz foiz haqiqat bo‘lmasligi mumkin, lekin fanning shu sohasi bo‘yicha keyingi ishlarning yutug‘i sanaladi.

Bu asar fanning biror prob­lemasini to‘liq, mukammal ishlanishiga, fanning keyingi taraqqiyotiga sabab bo‘lishi mumkin.

Monografiya nutqini qabul qiluvchisi (o‘quvchisi)ga ko‘ra chega­ralangan bo‘lib, shu soha mutaxassislariga mo‘ljallab yoziladi. Uning o‘quvchisi badiiy adabiyot o‘quvchisidan bir necha barobar kam bo‘ladi. Ilmiy maqola janriga ilmiy jurnallardagi, institut va universitet­larning ilmiy asarlari va to‘plamlaridagi maqolalar kiradi. Maqola janri monografiya janridan bayonning qisqaligi bilan farq qilsa, stil jihatidan mantiqiyligi, izchilligi, atama va leksik birliklarning qo‘llanishi jihatidan farq qilmaydi.

Ma’ruza va axborot janriga xos xususiyatlar qaysilar?


Download 419.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling