Nazorat va muhokama uchun savollar Global muammolar


Download 27.51 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi27.51 Kb.
#1238842
Bog'liq
4- nazorat savollari


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Global muammolar.
2.Global muammolarning belgilari.
3..Global muammolarning guruhlanishi.
4.Siyosiy global muammolar (tinchlikni saqlash, qurolsizlanish va konversiya, mahalliy urushlar va nizolar, xalqaro terrorizm, yopiq mamlakatlar).
5.Iqtisodiy global muammolar (transmilliy kapital, iqtisodiy urushlar va nizolar, rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligining kuchayishi, demografik global muammolar (rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlashlar, aholi ortiqchaligi, taraqqiy etgan mamlakatlarda aholi soni qisqarishi, aholi qarishi, migratsiya).
6.Shimol-Janub, xalqaro qarzdorlik, moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar, energetika muammosi va boshqalar).
7.Ijtimoiy global muammolar (aholi daromadlaridagi tabaqalanishning kuchayishi, ishsizlik va qashshoqlik, to‘yib ovqatlanmaslik, kasallik va narkomaniyaga qarshi kurash, megopolislar, inson salohiyatini rivojlantirish muammosi, oziq-ovqat, xavfsizlik, demografik va boshqalar).
8.Ekologik muammolar (global ifloslanish, radioaktiv ifloslanish, kislota yomg‘irlari, tuproq eroziyasi, resurslarni cheklanganligi, iqlimning isishi, ozon qatlami yemirilishi, ekologiya va barqaror rivojlanish, inson xavfsizligini ta’minlash muammosi, jahon okeani muammosi va boshqalar). Shimol-Janub muammosi.
9.Kambag‘allik muammosi.
10.Oziq-ovqat muammosi.
11.Demografik muammo.
12.Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama-qarshiliklari: mamlakatlar va mamlakatlar guruhi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, mamlakatlar va tegishli moliya institutlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, ayrim mamlakatlar bilan TMK va jahon moliya markazlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, yirik TMK, TMB va xalqaro moliya markazlari o‘ratsidagi qarama-qarshiliklar.

1. Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.


Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi. jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob’yektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi
2. Iqtisodiy yuksalish va aholini yashash darajasini oshirish borasida mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bu respublikamizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvidir. SHu nuqtai nazardan, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv avvalambor xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish yoki hududiy jihatdan yaqin, iqtisodiy rivojlanish darajasi o’xshash bo’lgan mamlakatlarning integratsiyalashuvini taqozo etadi. O’z navbatida hududiy integratsiya iqtisodiy birlik sifatida xalqaro darajada nisbatan muvaffaqiyatli ish yuritish imkonini beradi. SHu bois integratsiyalashuv jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan xatoliklar va ushbu xatoliklar natijasida moliyaviy va iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi holatlarini oldini olish uchun jahon iqtisodiyoti tajribasidagi integratsion model va strategiyalarini o’rganish, ularni atroflicha tahlil qilish va kerak bo’lsa, ularga tayanish juda muhimdir.Albatta, so’nggi yillarda son jihatidan turli xil integratsion tashkilotlar faoliyat ko’rsatsada, evropa Ittifoqi jahonda eng muvaffaqiyatli hududiy iqtisodiy uyushma hisoblanmoqda. Uning integratsion strategiyasini o’rganish esa jahon xo’jaligining bir sub’ekti sifatida mamlakatimizning uzoq muddatli barqaror rivoji uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlar O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olishda hamkorlikning mohiyati va uning zarurligini yaqqol ochib beradi, ya’ni “Jahonning eng taraqqiy topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o’rnatish, etakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonining ajralmas qismidir. Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, aloqalarga, shuningdek, izchil siyosiy muloqatlarga keng imkoniyatlar ochib beradigan evropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik haqidagi bitimning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat beramiz”. Ushbu sohada ijobiy natijalarga erishish, eInig tuzilishini, uning o’ziga xos iqtisodiy manfaat va xususiyatlarini chuqur o’rganishni taqozo etadi. Evropa Hamjamiyatining (EH) tuzish va rivojlantirishga ta’sir etgan bir qator omillar borki, ular usha davrda iqtisodiy integratsiyalashuvni takozo etgan. Masalan, o’zaro raqobat qilayotgan evropa millatlari orasidagi uzluksiz nizolarni oldini olishga bo’lgan istak evropadagi birlikka erishish sari harakatlarni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, evropada yirik bozorni tashkil etishning muhimligi va bunday yagona ichki bozor keltiradigan iqtisodiy o’sish va foydaga intilish mavjud edi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.
3. Global muammolarlarni 5 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
4. Bizga malumki, Bojxona Ittifoqi (BI) dastavval mamlakatlar unga azo davlatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklanishlarni olib tashlash uchun birgalikda kushilishlari bilan ayni paytning o’zida Ittifoqqa kirib kelayotgan holda yuzaga keladi. Albatta, BIning shakllanishi umumjahon erkin savdo tamoyilini zid deyish mumkin, chunki u amaliyotda azo bo’lmagan davlatlarga nisbatan kamsitish tabiatiga ega. SHunday bo’lsa ham, u BI azolari o’rtasidagi savdo to’siqlarini kamaytiradi va odatda bloklararo savdoni rag’batlantiradi. SHu bois BI o’z azolari iqtisodiy integratsiyasiga ko’mak hisoblanadi, biroq malum darajada turli xil shartnoma va kelishuvlar asosida muvofiqlashtirishlarsiz savdoning global darajada erkinlashishi zararli bo’lishi mumkin. Keng manoda BI iqtisodiy suverenitetning ko’proq boy berilishini o’z ichiga oladi. Bu erkin savdo hududi holatidagi kabi tadbirdir, yani mamlakatlar barcha ichki tarif va boshqa to’siqlardan voz kechishni kelishadilar. Biroq bunga qo’shimcha ravishda dunyoning qolgan qismiga nisbatan umumiy va muvofiqlashgan savdo siyosatini qo’llash ham kelishib olinadi. Evropa Hamjamiyatida u barcha azo bo’lmagan davlatlardan kirib kelayotgan importlarga umumiy tashqi tarif shaklini oladi.
5. Iqtisodiy globallashuv – xalqaro savdo hajmi, xalqaro tadbirkorlik faoliyati darajasi, savdo oqimlari, xalqaro sarmoyalar, tarif siyosati, xalqaro savdoga cheklov hamda bojlar va boshqalar . Demografik- aholi portlashining davom etishi, Yer aholisining tez o'sishi va natijada sayyoramizning haddan tashqari ko'payishi.
6. "Shimol-Janub" muammosi - boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasidagi rivojlanishdagi farq, qashshoqlik, ochlik va savodsizlik;termoyadro urushi tahdidi va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta'minlash, jahon hamjamiyati tomonidan yadro texnologiyalarining ruxsatsiz tarqalishining, atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishining oldini olish;atrof-muhitning halokatli ifloslanishi;insoniyatni resurslar bilan ta'minlash, neft, tabiiy gaz, ko'mir, chuchuk suv, yog'och, rangli metallarning tugashi; Global isish; Bu muammolar dinamikligi bilan ajralib turadi, jamiyat taraqqiyotining obyektiv omili sifatida vujudga keladi va ularni hal etish uchun butun insoniyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari talab etiladi. Global muammolar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, odamlar hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi va barcha mamlakatlarni tashvishga soladi. Menimcha, eng xavfli muammolardan biri bu uchinchi jahon termoyadro urushida insoniyatni yo'q qilish ehtimoli - yadro va termoyadro quroliga ega davlatlar yoki harbiy-siyosiy bloklar o'rtasidagi faraziy harbiy to'qnashuvdir. Urush va jangovar harakatlarni oldini olish chora-tadbirlari 18-asr oxirida allaqachon I. Kant tomonidan ishlab chiqilgan. U taklif qilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat edi: harbiy harakatlarni moliyalashtirmaslik; dushmanlik munosabatlarini rad etish, hurmat qilish; tegishli xalqaro shartnomalar tuzish va tinchlik siyosatini amalga oshirishga intilayotgan xalqaro ittifoq tuzish va hokazo.Yana bir muhim muammo terrorizmdir. Zamonaviy sharoitda terrorchilar juda ko'p sonli begunoh odamlarni yo'q qilishga qodir bo'lgan juda ko'p o'ldiradigan vositalar yoki qurollarga ega.Terrorizm - bu shaxsga bevosita qarshi qaratilgan, uning hayotiga tahdid soluvchi va shu orqali o'z maqsadlariga erishishga intiladigan hodisa, jinoyat shaklidir. Terrorizm insonparvarlik nuqtai nazaridan mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas, huquq nuqtai nazaridan esa eng og'ir jinoyat hisoblanadi.Ekologik muammolar global muammolarning yana bir turidir. U quyidagilarni o'z ichiga oladi: litosferaning ifloslanishi; gidrosferaning ifloslanishi, atmosferaning ifloslanishi.Shunday qilib, bugungi kunda butun dunyo bo'ylab haqiqiy tahdid mavjud. Insoniyat mavjud muammolarni hal qilish va yangi muammolar paydo bo'lishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq choralar ko'rishi kerak.
7. Ijtimoiy globallashuv – madaniy integratsiyalashuv darajasi, mamlakatdagi xorijiy fuqarolar ulushi, xalqaro turizm, xalqaro shaxsiy aloqalar, telefon trafiklari hajmi, pochta jo‗natmalari, transchegaraviy pul o‗tkazmalari, axborot oqimlari, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanganligi va hokazolar
8. Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‗g‗risida so‗z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda kuydagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:  ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degratsiyalanishi;  atrof muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi;  atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi; Shunday qilib, ishlab chiqarishning o‗sishi, ilmiy - texnik inqilob natijalari va tabiat imkoniyatlaridan o‗ylamay foydalanish dunyo olidida global ekologik inqiroz oldida turganligini bildirmoqda. Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim sharning o‗zida so‗nggi yillarda tabiiy ofatlar suv bosish, kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini, Arktika muzlarining qalinligi o‗zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda qorning erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o‗sib bormoqda. Ishlab chiqarish xajmi va sur‘atini nazoratsiz o‗sishini davom etilishi va bu bilan bog‗liq bo‗lgan tabiatdan o‗ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur bo‗lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish zarur.
9. Hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Oxirgi paytlarga qadar kambag`allik, asosan daromadning borligi yoki yo`qligi nuqtayi nazaridan qarab kelingan. Ammo kambag`allik daromadning yoki qabul etilgan kaloriyalarning kamligiga qaranda g`oyat keng ko`lamdagi tushunchadir. Bu – uzoq, sog`lom va ongli hayot kechirish hamda yaxshi turmush darajasi, qadr-qimmat, g`urur va o`zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng ko‗lamda zarur bo`ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir. Yer kurrasining, pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to`lanadigan uylarda, salomatlik borasida bir olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o`z hayot tarzini yaxshilash imkoniga ega bo`lmagan holda kambag`allik iskanjasida yashamoqdalar. Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o`rtasidagi rivojlanishda va yashash sharoitida o`sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti.
10. Global oziq - ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davlatlarda ham, o‗rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarni boshiga tushgan eng katta muammodir. Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo‗ladi. Birinchi shaklda ocharchilik surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning ahvoli yomonlashadi, tinkasi quriydi va xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolligi kuchayadi. Ocharchilikning bu shakli to‗yib ovqat yemaslik deb nomlanadi. 31 Ikkinchi shaklda ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir hududda qurg‗oqchilik yoki boshqa bir sabablar bilan bog‗liq bo‗lgan ocharchilik oqibatida millionlab insonlar halok bo‗ladi. Insonning bir kunlik oziq - ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo‗lmasligi lozim. Ovqat to‗yib yemaslik holati 1800 kkaldan tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa ushbu ko‗rsatkich 1000 kkaldan kam bo‗lganda kuzatiladi. G‗arbda yashovchi 1,2 mlrd. kishi organizmlari talab qiladigandan ko‗proq oziq-ovqat iste‘mol qiladilar. Masalan, AQSHda ortiqcha ovqatlanish oqibatlarini bartaraf etish uchun har yili 100 mlrd. AQSH doll. dan ko‗proq mablag‗ sarflanadi. AQSH, Fransiya, Belgiya va Avstriyada eng ko‗p reklama qilinadigan tovarlar oziqovqatlar hisoblanadi. Har ikki AQSH fuqarosining biri (aholining 55 foizi) ortiqcha vaznga ega. BMT Bosh Assambleyasining 55 - maxsus sessiyasi - Ming yiilik sammiti (2000 yil, 6-8 sentyabr) arafasida tayyorlangan ma‘ruza BMTning globallashtirish davridagi roliga bag‗ishlangan. Bosh kotib o‗zining ―Biz, xalqlar: XXI asrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli‖ ma‘ruzasida insoniyat oldida turgan muammolar obzorini taqdim etdi va ularni amaliy hal etishni tavsiya etdi. Ushbu xujjat ―Ming yillik ma‘ruzasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lib, ma‘ruzada Bosh kotib globallashtirish hammaga foydasi tegishi uchun bo‗ysundirishga yo‗naltirilgan xarakatlar rejasini tavsiya etdi. Hozirda bir milliardga yaqin aholi o‗ta qashshoqlikda yashamoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish asosiy masalardan biri bo‗lib qolmoqda. Shu sababli 2000 yilgi BMT ning Ming yillik uchun rejalar Sammitida ushbu muammoga qarshi kurashish deklaratsiyasi qabul qilindi. Natijada, global muammolar dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari bilan bog‗liqdir. Ma‘lumki ushbu muammolarni hal qilishga hozirda turli tashkilotlar hamda davlatlar katta miqdorda mablag‗ ajratishgan va ajratishmoqda
11. "Demografik portlash" - jahonning kam rivojlangan va kambag‗al mamlakatlarida nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada aholi sonini o‗sishi. Demografik muammoning mohiyati XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dunyo aholisining juda tez va notekis o'sishidan iborat.
Miloddan avvalgi 10 ming yil qishloq xo'jaligi inqilobining boshida sayyoramizda 10 million kishi yashagan, yangi davr boshida esa -100 - 250 million kishi.1830 yilda Yer aholisi 1 milliardga yetdi, 1930 yilda -2 milliardga etdi, ya'ni aholini ikki barobarga oshirish uchun 100 yil kerak bo'ldi. Yer aholisi 1960 yilda 3 milliardga yetdi, 1990 yilda Yerda 4 milliard, 2003 yilda - 6,1 milliard kishi yashagan.BMT ekspertlarining maʼlumotlariga koʻra, 1999-yil 17-iyulda GMT bilan soat 8:45da Sarayevoda Yerning olti milliardinchi aholisi tugʻilgan.O'tgan ming yillikda Yer aholisi 18 baravar ko'paydi. Birinchi ikki barobarga 600 yil, ikkinchisi 230 yil, uchinchisi 100 yil va oxirgi 38 yil davom etdi.1975 yildan 1985 yilgacha aholi har yili 77 millionga o'sdi, ya'ni. o'rtacha 1,8% ga, rivojlangan mamlakatlarda - 0,5% ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda - 2,1% ga, Afrikada - 3% ga. Bunday o'sish sur'atlari insoniyat tarixida hech qachon qayd etilmagan. 1999 yilda yer aholisining yarmidan ko'pi 25 yoshgacha bo'lgan.
XX asrning ikkinchi yarmida dunyo aholisining o'sish sur'atlarining tezlashishi. tez-tez qo'ng'iroq qiling demografik portlash.
Aholining portlashiga iqtisodiyotning tiklanishi, uchinchi dunyo davlatlarining ozod bo'lishi, Ikkinchi jahon urushidan keyin tibbiy xizmat ko'rsatishning yaxshilanishi, aholining, birinchi navbatda, ayollarning savodsizligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda keksalarning ijtimoiy ta'minlanmaganligi sabab bo'ldi. . Bunday sharoitda bolalar (va ularning ishi) ota-onalarning hayotiy tayanchidir. Yosh bolalar onalarga og'ir uy yumushlarida, otalarga qishloq xo'jaligida jismoniy yordam ko'rsatadilar. Ijtimoiy (pensiya) ta'minoti yo'qligi sababli, 2-3 nafar katta yoshli o'g'illar keksa ota-onalarni boqishlari kerak. Biror kishi uchun buni qilish qiyin. Oilada 2-3 erkak tugʻilishi uchun esa er-xotinning kamida 4-6 nafar farzandi boʻlishi kerak. Tegishli tibbiy yordam ko'rsatilmaganida chaqaloqlar o'limining yuqoriligi ham an'anaviy ravishda tug'ilishning yuqori darajasiga yordam beruvchi omil bo'lib kelgan.Mamlakatlar va mintaqalar o'rtasida aholi sonining o'sishi juda notekis. Dunyo aholisi o'sishining 95% kam rivojlangan mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi. Misol uchun, Keniyada tug'ilish darajasi (1000 ga bo'lingan va 100 ga ko'paytirilgan aholining 1000 kishisiga tug'ilgan bolalar soni) 5,8% gacha ko'tarildi va biologik mumkin bo'lgan chegaraga yaqinlashdi. Shu bilan birga, Germaniya, Daniya, Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya va boshqa bir qator mamlakatlarda tug‘ilish darajasi 1,2 foizdan kam.Har soniyada aholi zichligi 3 kishiga oshadi. 90-yillarning ikkinchi yarmida o'sish yiliga 80 mln.ni tashkil etdi (1,4%)."Aholining portlashi" va aholining notekis o'sishi bir qator boshqa muammolarning kuchayishiga olib keladi:atrof-muhitga yukning ortishi ("demografik bosim" omili);
etnik muammolar;
qochqinlar muammosi;
urbanizatsiya muammosi va boshqalar.
12. Bryusseldagi uchrashuv va seminarlar chog’ida O’rta er dengizi mamlakatlari bilan muloqot dasturi haqida ham ko’p gapirildi. NATOga a’zo aksariyat davlatlarning chegarasi bevosita shu dengizga tutash. SHuning uchun ham O’rta er dengizida tinchlik va barqarorlikni saqlash alyansning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 1995 yilda NATO dengizning janubiy hududida joylashgan mamlakatlar – Misr, Isroil, Tunis, Iordaniya, Mavritaniya bilan yangi muloqatga kirishdi. 2000 yilning fevralida bu dasturga Jazoir ham qo’shildi.Muloqot dasturiga siyosiy uchrashuvlardan tashqari, bevosita Amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ham kiradi. Siyosiy muloqotlar elchilar darajasida olib boriladi. U muloqotlar O’rta er dengizida tinchlikni saqlash bo’yicha keng qamrovli masalalarni echish imkonini bermoqda. Amaliy hamkorlik yillik ishchi dasturlari doirasida tashkil etilmoqda. Unga binoan O’rta er dengizi bilan muloqot dasturiga a’zo davlatlar askarlari NATOning Oberamergaudagi (Germaniya) maktabi va Rimdagi Mudofaa kollejida o’quv kurslarini o’tashadi. Bu erda askarlarga qurollar ustidan nazorat o’rnatish ommaviy qirg’in qurollarini keng tarqalishiga qarshi kurash, atrof muhitni muhofaza qilish favqulotda holatlarda harbiylar va fuqarolar o’rtasida hamkorlik o’rnatish kabi bilimlar o’rgatiladi. NATOga qarashli harbiy kemalar dastur doirasida kechayu-kunduz dengizda qo’riqchilikni amalga oshirishadi. Ular O’rta er dengizining SHimoliy Atlantika blokiga a’zo mamlakatlar hududiga kirgan har qanday kemani nazoratdan o’tkazish huquqiga ega. Dengizning neytral suv hafzalaridagi kemalarni tekshirish uchun esa, o’sha kemalar sardorlaridan ruxsat so’raladi. Bu avvalo, dengizdagi har xil qaroqchi kemalar faoliyatiga chek qo’yadi. Ikkinchidan, evropaga Osiyo va Afrika mamlakatlaridan dengiz orqali turli giyohvand moddalar kirib kelishining oldini oladi. Eng asosiysi, mintaqa tinchligini ta’minlaydi. SHimoliy Atlantika bloki davlatlararo tashkilotdir. Bu erda har qanday qaror konsensus (bir ovozdan ma’qullash) orqali qabul qilinadi. NATOga kim ko’p mablag’ sarflayotgan bo’lsa, o’sha davlatning taklifi o’tadi. Masalan, AQSH bildirgan tashabbusga Islandiya yoki yaqinda Alyansga a’zo bo’lgan mamlakatlar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi. Iroqda urushga munosabat masalasini olib ko’ring. AQSH urushga NATOni jalb etmoqchi bo’ldi. Uni Ispaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar qo’llab quvvatladi. Ammo Fransiya va Germaniya bu qarorga qarshi chiqdilar. Natijasi o’zlaringizga ma’lum. NATO kuchlari Iroqdagi dastlabki harbiy operatsiyalarda ishtirok etmadi. NATO doirasidagi maslahatlashuvlarni engillashtirish va tezkorlikni ta’minlash uchun alyansning Bryusseldagi qarorgohida har bir a’zo mamlakatning doimiy vakili bor. Bunday maslahatlashuvlar mo’ntazam o’tqazib turiladi. Uni har qanday a’zo davlatning talabi yoki bosh kotibning tashabbusi bilan o’tkazish mumkin.AQSH boshliq bir necha davlat harbiy hujumni yoqlab chiqdi va uni amalga oshirdi. Fransiya va Germaniya ushbu fikrni qo’llab quvvatlamadi va natijada o’z harbiylarini Iroqqa yubormadi.NATO harbiy tuzilmasi ustidan nazoratni Harbiy qo’mita amalga oshiradi. U alyansning oliy harbiy rahbar organi hisoblanadi. Harbiy qo’mita o’z navbatida SHimoliy Atlantika kengashiga bo’ysunadi. SHu o’rinda NATOda Bosh kotibning roli nimadan iborat degan savol tug’ilishi tabiiy. Bosh kotib NATOga a’zo mamlakatlarning biror masalada maslahatlashuviga va qarorlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi, alyans faoliyatga yo’nalish beradi. U SHimoliy Atlantika kengashiga raislik qiladi va hamda qarorlar qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. Bosh kotib o’zicha siyosiy qaror qabul qilish huquqiga ega emas.NATO qarorgohidagi uchrashuvlarda O’zbekiston va uning harbiy kuchlari haqida juda iliq fikrlar bildirildi. Harbiy blok zobitlari mamlakatimiz harbiy kuchlari bugun mintaqa xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o’rin tutishini ta’kidlashdi.SHimoliy Atlantika alyansi va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1994 yilda o’rnatilgan. 1996 yilning 13 noyabr kuni mamlakatimiz prizedenti Islom Karimov Bryusselga – NATO qarorgohiga tashrif buyurdi. SHundan so’ng ikki tomonlama munosabatlar yana ham rivoj topdi. O’zbekistonlik askarlar bir necha marta Tinchlik yo’lida hamkorlik dasturi doirasida o’tkazilgan harbiy mashqlarda ishtirok etdilar. Yurtimizda ham xuddi shunday mashqlar bo’lib o’tdi.NATO rahbariyati O’zbekiston hukumatining terrorizmga qarshi jumladan, Afg’onistondagi terrorchilarga qarshi kurashdagi rolini yuqori baholaydi. SHuning uchun ham keyingi yillarda alyans rahbarlari bir necha marta mamlakatimizga tashrif buyurdi. Yaqin kunlarda NATO Bosh kotibi Yaap Xoop Sxeffer Toshkentga keldi. Tashrif davomida SHimoliy Atlantika bloki va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarni yana ham yuqori pog’onaga olib chiqishga oid masalalar muhokama etildi.“Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, yaqinda O’zbekiston va NATO o’rtasida sheriklikning individual harakat rejasi (SHIXR) taqdimot hujjati yuzasidan ikki tomonlama maslahat kengashi bo’lib o’tgan.Alyans evroatlantika sheriklik kengashining 2002 yilda bo’lib o’tgan Parij Sammiti tavsiyalari asosida hukumatimiz O’zbekiston bilan NATO o’rtasida sheriklikning individual harakat rejasi Taqdimot hujjatini ishlab chiqdi va SHimoliy Atlantika blokiga taqdim etdi.NATOga a’zo mamlakatlar ushbu hujjat loyihasini tayyorlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berdilar. Mazkur hujjat O’zbekiston tomonidan turli sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan kelgusi islohot yo’nalishlarini ifoda etishi ta’kidlanadi.SHu o’rinda O’zbekiston SHIXR doirasida NATO bilan individuallashgan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorgarligini bildirgan markaziy Osiyodagi birinchi davlat ekanligini qayd etish lozim.
Download 27.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling