Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
-
Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?
-
Statistika so‘zi hozir nimalarni bildiradi?
-
Statistika predmetli fanmi?
-
Statistika uslubmi?
-
Statistika universal fanmi?
-
Ommaviy hodisa va jarayon nima va ular qanday xususiyatlarga ega?
-
O‘zbekistonda yagona samolyotsozlik korxonasi bor. Bu ommaviy hodisami? Tushuntirib bering.
-
Sentyabr’-oktyabr’ oylarida Toshkentda ko‘pincha yomg‘ir yog‘adi. Bu yil sentyabr’ oyida yomg‘ir bo‘lmadi. Oktyabr’ oyida yog‘adimi? Javobingizni statistik jihatdan izohlab bering.
-
Talabalar statistika darslariga yomon qatnashdilar. Imtihon qanday yakunlanadi? O‘z fikringizni statistik tafakkur jihatdan izohlab bering.
-
Iqtisodiy statistika qanday fan?
-
Statistik qonuniyat nima? U dinamik qonuniyatdan qanday farq qiladi?
-
Katta sonlar qonunining mohiyati nimadan iborat? Statistika uchun u qanday ahamiyatga ega?
-
O‘z xatti-harakatlaringizda statistika g‘oyalarini ishlatasizmi? Misollar keltiring.
-
Paxta qabul qiluvchi tovarshunos nima uchun aravadagi paxtaga nazar tashlab chiqadi va u yoki bu joyidan ushlab ko‘radi?
-
Statistika uslubi qanday masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi? O‘qituvchi talaba bilimini baholashda qo‘llaydimi? Misollar keltiring va tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |