Название специальности или вид работы


Boy kadmiyli eritmani temir va mis aralashmalaridan tozalash


Download 74.18 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1647373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqazishga1

Boy kadmiyli eritmani temir va mis aralashmalaridan tozalash.
Boy kadmiyli eritma №4- meshalkadan olinib temir va mis konsentratsiyasiga tahlil qilinadi, oʻtkir bugʻ bilan 60-70°C gacha isitiladi. Issitilgan eritmaga kaliy permanganati eritmaning yorqin pushti rangi paydo boʻlgunicha qoʻshib boriladi.
Temirdan tozalash temir ionlari eritmada 100 mg/l dan ortiq boʻlmagan konsentratsiyasida tugallagan hisoblanadi.
Misdan tozalash rux changi bilan sementatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Tozalash misning qoldiq konsentratsiyasi 1 mg/l dan ortiq boʻlmaganida tugallangan hisoblanadi. Eritma №4 filtr-pressida filtrlanadi, filtrat tortishish kuchi bilan sigʻimi 14 m3 boʻlgan №5-9 toʻplagichlarga kelib tushadi va tayyor kadmiyli neytral elektrolitdir. Neytral elektrolit №13 nazorat filtr-pressida filtrlanadi va tortishish kuchi bilan hajmi 6 m3 li vannaga kadmiy elektrolizi uchun uzatiladi.
Kadmiyning elektrolizi
Kadmiyning elektrolizi polimer vannalarda amalga oshiriladi, har bir vannaga 33 ta alyuminiy katodi va 34 qoʻrgʻoshin-kumush qotishmali anodi oʻrnatiladi. Elektrodlar orasidagi masofa 60 mm, u vanna bortlariga oʻrnatilgan grebenkalari orqali oʻrnatiladi. Vannalar har biri 8 donadan boʻlgan qatorlarga oʻrnatilgan. Qatorlar 2 safdan boʻlgan 3 ta guruhga yaxlitlangan. Katodlar va anodlar parallel ravishda oʻrnatilgan, vannalar esa ketma-ketlikda oʻrnatilgan. Vannada tokning kuchlanishi 2,3-2,5 V, tokning zichligi 38-50 A/m2. Kadmiyning elektroddagi boshlangʻich konsentratsiyasi 40-50 g/l, sulfat kislotasiniki 120-130 g/l.
Ish elektrolitining sirkulyatsiyasi yopiq siklda amalga oshiriladi. Bosimni oshirish baklaridan elektrolit tortishish kuchi bilan vannalarga kelib tushadi, vannalardan toʻplagichlarga toʻkiladi, toʻplagichlardan elektrolit nasoslar yordamida yana bosimni oshirish baklariga oʻtkazib beriladi. Ish elektrolitining qayta ishlatilib borilishi unda kadmiy 30 g/l konsentratsiyaga yetguncha amalga oshiriladi, bu holda sulfat kislotasining konsentratsiyasi 150-180 g/l gacha yetkaziladi. Ushbu parametr(kattalik)larga yetkazilishi bilan elektrolit ishlatib boʻlingan hisoblanadi va toʻplagichlardan aylanma va ishlatilgan eritmalar toʻplagichiga yoʻnaltiriladi.
Elektrolitning sovutilishi №13-14 toʻplagichlarga oʻrnatilgan spirallli zmeyeviklarda suvning sirkulyatsiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Kadmiyni elektroliz qilishda sirt yuza faol moddasi sifatida texnik jelatindan 0,01kg 1 tonna mahsulotga nisbatida foydalaniladi.
Katodli kadmiy listini sidirib olish bir sutkada bir marta amalga oshiriladi. Katodlar maxsus telferli tutqich yordamida vannadan chiqarib olinadi va sidirib olish maydonchasiga transportirovka qilinadi. Katodli kadmiy suv bilan yuviladi, quritiladi, vazni oʻlchanadi va eritishga oʻtkaziladi.
CdSO4 +H2O = Cd+H2SO4+0,5O2

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling