Plazma xossalarini o‘rganishda turli tuman gazlardan va juda keng harorat diapazonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, plazma xususiyatlarini tadqiq qilishda, gazlarga nisbatan qo‘llaniladigan tashqi maydon intensivligi ham ba'zan juda katta darajalarga olib chiqiladi. Ayrim tajribalarda, plazmaning o‘zini qanday tutishini o‘rganish maqsadida, gazga shunchalik katta maydon kuchlanganligi berilganki, bunday maydon intensivligi tabiatda faqat astrofizikadagi termoyadroviy reaksiyalarda bo‘ladi. Plazmadagi zaryadlangan zarralar bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashadi va shu sababli, undagi har bir zaryadlangan zarraga o‘z yaqinidagi boshqa ko‘plab zarrachalar ta'sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |