7. Davlat tilida ish yuritish fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi
Davlat tilida ish yuritish fanining mazmuni o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchilik — munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan.
Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida, farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta, lo’nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini shakllantirish, davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirish, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o’stirish.
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson
Tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog‘lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |