Necha kunki yo‘q oromim Kelolmayman hushimga


Download 13.93 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi13.93 Kb.
#1366576
Bog'liq
sher tahlili


Onajon
Necha kunki yo‘q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo‘llarida oq elpig‘ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko‘zlarida hayajon.
Yotar payting bo‘ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig‘onimdan chiqar dud.
Yig‘lama, deb qo‘llarimga
Tutqazarlar so‘ng tobut.
Tongda ruhsiz ko‘z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o‘zing der eding-ku,
Silab o‘ksuk boshimni:
Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o‘zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag‘rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo‘lmay har kim
Yoshab o‘tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o‘tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
2. Abdulla Oripov “Onajon “sheri
3. Sher 1966 yilda onasi Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga atab yozilgan.
4.

Shoirlarning onalarga atab yozgan she'rlari ko'p ularning ichida eng ta'sirlantirgani bu A. Oripovning Onajon she'ri bo'ldi. Bu she'r g'oyasida shunday ifodalanganki ona sog'inchi tufayli tushida ko'rishni juda juda hohlab yozilgan. Ilohim Onalarimizni umrlari uzoq bo'lsin.
Download 13.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling