Nefelometriya. Elektron-mikroskopiya va ultramikroskopiya reja
Download 0.99 Mb.
|
1 2
Bog'liqIsmoiljonova ozoda
Nefelometriya.Elektron-mikroskopiya va ultramikroskopiyareja:
Kolloid eritma zarrachalarining o‘lchami 100 nm dan kichik bo‘ladi; ammo ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinining uzunligi 380-760 nm orasida bo‘ladi. Shu sababdan oddiy mikroskop vositasida kolloid eritma zarrachalarini ko‘rib bo‘lmaydi. 1903 yilda Zigmondi Tindal-Faradey effektidan foydalanib, ultramikroskop yasadi. Ultramikroskop sxemasi. 1-tekshirish uchun olingan kolloid eritma 2- yorug‘lik manbai; 3-linza; 4- diafragma Oddiy mikroskop bilan ultramikroskop orasidagi asosiy farq shundaki, oddiy mikroskopda ko‘riladigan jism yorug‘lik manbai bilan mikroskop oralig‘iga qo‘yiladi, ultramikroskopda esa yon tomonidan yoritiladi, demak kuzatuvchiga kolloid zarrachalar tomonidan tarqatilgan yorug‘lik ko‘rinadi. Ultramikroskopda manbadan tushayotgan nur bilan ko‘rinadigan nur bir-biriga perpendikulyar bo‘ladi va manbadan chiqqan nur mikroskopga tushmaydi, shuning uchun bu mikroskopda qorong‘ulik ko‘rinadi. Agar manbadan chiqqan nur kolloid zarrachaga tushsa, zarracha bu nurni tarqatadi, zarrachaning o‘zi esa yorug‘lik manbai bo‘lib xizmat qiladi Ultramikroskopda zarrachaning o‘zi emas, shu zarracha tomonidan tarqatilgan nur ko‘rinadi. Ushbu mikroskop yordamida faqat ma‘lum hajmdagi kolloid zarrachalarning soni hisoblanadi, lekin har qaysi zarrachaning shakli va katta - kichikligini bevosita aniqlab bo‘lmaydi. Ammo, ba‘zi usullardan foydalanib, bu usulda olingan natijalar asosida zarrachalarning o‘lchamini taxminan hisoblab topsa bo‘ladi. Kolloid sistemalar polidispers bo‘lganligi uchun hamma vaqt zarrachalarning o‘rtacha radiusi topiladi. Ultramikroskop yordamida hajm birligidagi zarrachalar soni n ni hisoblab topish mumkin. Dispers faza moddasining zichligi d va kolloid eritmaning massa konsentratsiyasi C ma‘lum bo‘lsa, zarracha hajmini hisoblab topish qiyin emas: V=C/nd Agar zarrachani sfera shaklga ega deb faraz qilsak, uning hajmi ga teng bo‘ladi (bunda r−zarrachalarning o‘rtacha radiusi); binobarin ; kub shaklidagi zarracha uchun 1= yoki sferik zarracha uchun =V Kolloid zarrachalarining shaklini elektron mikroskop yordami bilangina aniq ko‘rish mumkin. 1934 yilda elektron mikroskop kashf qilindi. Elektron mikroskopda yorug‘lik nuri o‘rnida elektronlar oqimidan foydalaniladi, chunki ularni elektromagnit yordamida boshqarish qulay. Bu mikroskopda katoddan chiqqan elektronlar oqimi elektromagnit g‘altakning magnit maydoniga keladi. Bu maydonelektronlarni yig‘ib, tekshirilayotgan jismga yuboradi. Elektronlar jismning zich qismlaridan kam, zich bo‘lmagan qismlaridan ko‘p o‘tib, ikkinchi va uchinchi magnit maydonlariga boradi, natijada ekranda yoki fotoplastinkada jismning kattalashgan tasviri hosil bo‘ladi. Kolloid zarrachalarining ichki strukturasi va uning turli jarayonlar vaqtida o‘zgarishi rentgenografiya va elektronografiya usullari yordamida aniqlanadi. Kolloid sistemalarni tekshirishda bu usullarning biri rentgen nurlarining, ikkinchisi esa elektronlar oqimining qo‘llanilishiga asoslangan. Rentgenografiya usulidan foydalanib, kolloid zarrachalarning ichki tuzilishi haqida ma‘lumot olish mumkin. Kolloid zarracha o‘lchamlari nihoyatda kichik bo‘lganligi uchun kolloid sistemalarning rentgenografiya yordamida olingan monokristallar qo‘llanishiga asoslangan Laue diagrammalari u qadar aniq chiqmaydi; ko‘pincha bu sohada Debay - Sherrer diagrammalarini hosil qilish bilan chegaralanadi. Debay - Sherrer diagrammalarini tekshirish yo‘li bilan xilma-xil kolloidlarning ko‘pchiligi kristall tuzilishiga ega ekanligini aniqlash mumkin bo‘ldi. Ayniqsa og‘ir metallarning zollari va ularning birikmalaridan hosil bo‘lgan zollarni tekshirish samarali natijalar berdi. Buning sababi shundaki, rentgen nurlari og‘ir metall atomlariga tushganida nur nihoyatda kuchli yoyiladi. Bu hodisaga dispersion muhit u qadar halal bermaydi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling