Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish


YONILG‘I QUYISH SHOXOBCHALARINING METROLOGIK TA’MINOTI


Download 7.88 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi7.88 Kb.
#1817582
1   2
Bog'liq
17-Amaliy PO‘LAT REZERVUARLARNING TEXNIK IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH

YONILG‘I QUYISH SHOXOBCHALARINING METROLOGIK TA’MINOTI 
Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari. gaz quyish shoxobchalarida sodir bo‘layotgan halokatlarning ko‘pgina qismi nazorat-o‘lchov asboblarining mukammal emasligi yoki ishonchsizligi, texnologik jarayonni hamda nazorat-avtomatika vositalarining ishlash sifatini yuqori tashkilotlar tomonidan qoniqarsiz tekshirilishi, blokirovka va xabarlash vositalarining ishlash qobiliyatini pastligi bilan bog‘liqdir.
Neft mahsulotlarining harorati va bosimi xavfli darajaga kelib qolganda, halokat holatidan ogohlantiruvchi ishonchli xavfsizlik blokirovkasining yo‘qligi, yonilg‘i aralashmalarining portlashi va yong‘in sodir bo‘lishiga olib keladi.
Yonilg‘i mahsulotlarini tejash yo‘llaridan biri ularning sarfini aniq hisoblab borishdir. Bunda nazorat va o‘lchov asboblarining mukammalligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ushbu bo‘limda o‘lchov asboblarining texnik tavsifini va asbobga qo‘yiladigan talablarni hamda asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
Yonilg‘i quyish shoxobchalarida ishlatiladigan o‘lchov asboblarining turlari va tavsifi. Yonilg‘i quyish shoxobchalarida ko‘pgina nazorat-o‘lchov asboblari ishlatiladi. Ularning turlari bilan tanishishdan avval asboblarning umumiy texnik tavsiflanishi ko‘rib chiqiladi.
Asbob shkalasi – konstruksiyaning bir qismi bo‘lib, unda shkala bo‘linishi ko‘rsatilgan.
Shkala bo‘linishining qiymati – shkala ikki qo‘shni belgisi orasidagi o‘lchanadigan qiymatlar farqi.
O‘lchash chegarasi – o‘lchash diapazonining eng katta yoki eng kichik qiymati.
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijalarining haqiqiy qiymatdan og‘ishi.
Asosiy xatolik – o‘lchov vositasining normal sharoitda xatoligi (pasportda ko‘rsatilgan).
Qo‘shimcha xatolik – o‘lchash sharoitining normal holatdan boshqacha bo‘lgani uchun sodir bo‘ladigan xatolik.
Aniqlik guruhi – asbobning foizda ko‘rsatilgan shkalaning maksimal qiymatiga nisbatan olingan, ruxsat etilgan xatoligi.
Ko‘rsatkichlarni qayd qilinishiga qarab asboblar quyidagi turlarga bo‘linadi:
  • ko‘rsatuvchi;
  • o‘zi yozuvchi (ro‘yxatga oluvchi);
    • xabarlovchi;
    • hisoblovchi (yig‘uvchi).

    • Yonilg‘i quyish tizimida qo‘llanadigan o‘lchov asboblarining turlari:
    • bosim va siyraklashishni o‘lchovchi asboblar;
    • harorat o‘lchovchi asboblar;
    • yonilg‘i sarfini o‘lchovchi asboblar;
    • yonilg‘i-havo aralashmasini nazorat qiluvchi asboblar.

Bosim va siyraklashishni o‘lchovchi asboblar ishlash tamoyiliga asosan quyidagilarga bo‘linadi:
    • suyuqlikli manometrlar;
    • prujinali manometrlar;
    • membranali manometrlar;
    • silfonli manometrlar.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT:


Download 7.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling