Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari Ishning maqsadi
Download 109.37 Kb.
|
Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
- Neft mahsulotlari sifat i n i aniqlashning oddiy usullari
Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari Ishning maqsadi: Neft mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning oddiy usullari bilan tanishtirish. Ish joyini jnhozlash: Neft mahsulotlaridan namunalar, namuna olish uchun ruletkali lot, tindirgich, turli qatlamlardan namuna olgichlar, adabiyotlar va o‘quv ko‘llanmalar. Umumiy ma’lumotlar Barcha neft mahsulotlarining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari standart yoki texnik shartlar talablariga javob bergandagina ulardan foydalanish mumkin. SHuning uchun neft sotuvchi tashkilotining neft omboridan olinadigan har bir neft mahsuloti uchun uning sifat pasportini talab qilish zarur. Neft omborining mudiri bu sifat pasporti asosida hisob-kitob jurnalini to‘ldirib boradi. Jurnalga yoqilg‘i olingan kun, partiya nomeri, yonilg‘i yoki moy markasi, asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, hamda ularning standart talablariga mos kelish-kelmasligi qayd qilinadi. Olingan mahsulotlar faqat sortlari bo‘yicha emas, balki markalari bo‘yicha ham alohida-alohida saqlanishi zarur. Neft mahsulotlari yaxshi saqlanishining asosiy muhim shartlaridan biri omborxona jixozlarining filtrlash qurilmalari va mexanizatsiyalashtirilgan yonilgi kuyish vositalarining benuqson bo‘lishidir. Benzin, motor moylari va plastik surkov moylarining sifati kamida yiliga ikki marta, dizel yonilg‘isi va boshqa moylarniki esa har yili tekshirib turilishi kerak. Nazorat analiz qilish uchun (sifat pasportida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar doirasida) yonilg‘i va moylash materiallari namunalarini neft sotuvchi tashkilotlarning neft bazalardagi laboratoriyalariga yuborish mumkin. Bundan tashqari, neft maxsulotlarining sifati bevosisa xo‘jalikning o‘zida oddiy usullar bilan ham aniqlab turilishi zarur. Bu tadbirlar neft mahsulotlarini tejashgagina emas, balki texnikaning buzilmasdan, ishonchli va samarali uzoq muddat ishlashiii uzaytirishga, extiyot qismlar sarfini kamaytirishga imkon beradi. Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari «O‘zneftta’minot» va «O‘zagromashservis» assotsiatsiyasiga qarashli ko‘pgina hududiy mashinalarni sinash stansiyalarida neft mahsulotlarini tekshirish uchun yaxshi jihozlangan laboratoriyalar mavjud. Bu laboratoriyalar yangi yonilg‘i va moylash materiallarini ekspluatatsion sinovdan o‘tkazish, shuningdek yaqin atrofdagi xo‘jaliklar mashinalarida ishlatiladigan neft mahsulotlari sifatini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Fermer xo‘jaliklarining neft xo‘jaliklarida neft mahsulotlarining sifatini aniqlash uchui qo‘lda olib yuriladigan RL laboratoriyalari keng tarqalgan. Bu laboratoriyaning jihozlari rezervuarlar, sisternalar, kichikroq idishlar (bochka, mashina baklari, kanistrlar)dan yonilg‘i va moylash materiallarining namunalarini olib, ularning sifatini, yani zichligini, mexanik aralashmalar, suv, smolali birikmalar borligini, hamda moylarning kinematik qovushoqligini tekshirish imkonini beradi. 16- rasm. Namuna olnsh uchun ruletkali lot. 1-chizg‘ich; 2-rezba; 3-shtutser; 4-ruletka; 5-rezina naycha; 6-qopqoq; 7-7-stakan. Laboratoriya komplektiga rezervuar, sisterna va boshqa katta idishlardan namuna olish uchun ishlatiladigan ruletkali lot (16-rasm) kiradi. Namuna olish vaqtida rezina naycha 5 ning yuqori uchi qisib qo‘yiladi va ruletka 4 yordamida lot kerakli chuqurlikka tushiriladi. So‘ngra naycha ochiladi, shunda neft mahsuloti stakan 7 ni to‘ldiradi. Namuna olgach lot ko‘tariladi, qopqoq 6 burab ochiladi va yonilg‘i quruk, toza idishga to‘kiladi. Agar rezervuar tubidagi suv qatlamining qalinligini aniqlash kerak bo‘lsa, chizg‘ich 1 ga yupqa qilib maxsus pasta surtiladi yoki unga suvga sezgir kog‘oz mahkamlanadi. Kichikroq idishdan namuna olish uchun laboratoriya qopqog‘ining ichki tomoniga qo‘yilgan namuna olgichlardan foylananiladi (17- rasm). YOnilg‘i alyuminiy naycha 1 yordamida, moy esa naycha 2 yordamida olinadi. Ular namuna olgichning yuqori qismiga perexodnik 3 vositasida tutashtiriladi. Plastik surkov moylaridan namuna olish uchun ularga namuna olgich 4 burab kirgiziladi. Teshikka ko‘yiladigan kurakcha 5 yordamida namuna bankaga tushiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Rezervuarlardagi neft mahsulotining uch satxidan, ya’ni neft mahsulotining betidan 200 mm masofada joylashgan ustki satxdan (1 qism), o‘rta satxdan (2 qism) va rezervuar tubidan 250-300 mm masofada joylashgan pastki satxdan olingan (3 qism) namunalarni aralashtirib neft mahsulotining o‘rtacha namunasi olinadi. Xar bif namunaga uning markasi va olingan kuni ko‘rsatilgan etiketka yopishtiriladn. Uzoq muddat saqlashda xar 3 oyda o‘rta qatlamdan xamda idishning tubidan namuna olinib, yonilg‘ining ifloslanganligi va unga suv aralashganligi tekshiriladi. Laboratoriyada, namuna olgichlardan tashqari, ariometrlar (zichlikni aniqlash uchun), termometrlar, spirtomer, gidrometr (antifrizning qotish temperaturasini aniqlash uchun) kabi qator o‘lchash priborlari xam bor. Unda neft mahsulotlariniig sifatini oddiy usullar bilan aniqlashda kerak bo‘ladigan stakanlar, probirkalar, voronkalar, silindrlar, namunalarni saqlash uchun kichik shisha idishlar bor. Laboratoriyada jixozlar ro‘yxati bilan birga ulardan foydalanish qoidalari yozilgan instruksiya ham mavjud. «O‘zagromashservis»ning tumandagi bo‘limlari, mashinalarni sinash stansiyalari va boshqa xo‘jaliklarda RL dan tashqari, PL-2M markali dala laboratoriyalari ham bo‘ladi. Ulardagi jihozlar yordamida standartlar va sifat pasportlarida ko‘zda tutilgan ko‘pgina analizlarni bajarish mumkin. Kishloq xo‘jaligida ular statsionar laboratoriyalar sifatida ishlatiladi. Download 109.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling