Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullari Ishning maqsadi
Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash
Download 69.77 Kb.
|
Neft mahsulotlari sifatini aniqlashning oddiy usullar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik aralashmalar va suv borligini aniqlash
Suv va mexanik aralashmalar borligini aniqlash. Idishlar tubida suv borligi laboratoriyadagi kaliy permaganat yordamida aniqlanadi. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda osongina eriydi. Bu moddaning bir nechta kristali oq lattaga o‘ralib, idish tubiga tushiriladi va 3-4 min tutib turiladi. Pushtirang yoki to‘q qizil rangning paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. Bu xolda suv qatlamining qalinligini suvga sezgir qog‘oz yoki pasta yordamida aniqlash lozim.
Mexanik aralashmalar va suv borligini aniqlash. Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning uchun yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan idishdagi yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumknn. Toza neft mahsulotlari bir jinsli bo‘ladi, agar ularda ozginagina suv bo‘lsa xam idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi, bunday yonilg‘ini dvigatellarda ishlatish mumkin emas. Suvli moy tomchisi oynaga surtilganda yorug‘likda u xira ko‘rinadi. Moyda suv borligini namunaning chirsillashiga qarab ham aniqlash mumkin. Buning uchun yaxshilab aralashtirilgan ozgina moy probirka tubiga solinib, ehtiyotlik bilan kuchsiz olovda isitiladi. Moyda suv bo‘lsa, moy chirsillaydi, ko‘piradi va probirkaniig yuqori sovuq qismida suv tomchilari paydo bo‘ladi. Agar probirkaning yuqori qismi xiralashsayu, moy chirsillamasa, moyda suv juda kam bo‘ladi. Mexanik aralashmalarda suv borligini o‘rtacha namunani tindirish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Qo‘lda olib yuriladigan laboratoriyada 100 ml sig‘imli shisha idish - tindirgich bor (18- rasm). Tindirgichning pastki qismi truba shaklida toraygirilgan. Truba 10 ml gacha 0,05 ml li qilib darajalangan (bu darajalarga qarab suv va mexanik aralashmalar miqdori aniqlanadi), undan keyin esa 25, 50, 100 ml li darajalar ko‘rsatilgan. Qovushoqligi past yonilg‘i yaxshilab aralashtiriladi va tezda tindirgichning 100 ml satxigacha quyiladi. Tindirgich 25 min vertikal xolatda ushlab turilgach, mexanik aralashmalar miqdori foizda aniqlanadi. Bu miqdor millilitrda o‘lchangan cho‘kindi xajmiga teng bo‘ladi. Qovushoqroq yonilg‘ining tinishini tezlashtirish uchun tindirgichni issiq (50-60 °S) suvga qo‘ygan ma’qul. Motor moylaridagi aralashmalar juda sekin cho‘kadi, shuning uchun moyga benzin aralashtirish kerak. Moyning o‘rtacha namunasi tindirichning 25 yoki 50 ml satxigacha quyiladi, 100 ml satxigacha esa toza benzii qo‘shiladi. Aralashma aralashtiriladi va tindirgich issiq suvga tushiriladi. Mexanik aralashmalarning miqdorini foizda aniqlash uchun ularning millilitrdagi miqdorini 4 ga (agar namuna uchun 25 ml litr moy olingan bo‘lsa) va 2 ga (agar 50 ml moy olingan bo‘lsa) ko‘paytirish lozim. 18- rasm. Tindirgich. 1-yonilg‘i; 2-suv; 3-mexanik aralashmalar. Download 69.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling