Neft mahsulotlarining fizik kimyoviy xususiyatlarini yaxshilovchi qoʻshimchalar


Download 269.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi269.49 Kb.
#1354419
1   2
Bog'liq
neft-mahsulotlarining-fizik-kimyoviy-xususiyatlarini-yaxshilovchi-qo-shimchalar

Keywords: Petroleum and petroleum products, Additives, application of 
additives, types of additives, additives that improve the physicochemical properties of 
petroleum products, their application, effectiveness, results of research 
KIRISH 
Maʼlumki soʻnggi oʻn yil ichida jahon iqtisodiyoti yoqilgʻi inqirozi bilan bogʻliq 
muammolarni boshdan kechirmoqda. Dar haqiqat soʻnggi besh yil ichida neft 
mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi va bu koʻrsatkich yangi neft 
konlari ochilishi va ishlab chiqarish texnologiyalarining takomillashishi hisobiga 
toʻgʻri keldi. Bugungi kun tabiiy resurslar tanqisligi yechimini bartaraf etishda yangi 
energiya manbalarini kashf etish va neft kimyosi sanoatini takomillashtirish, neft 
mahsulotlari sifat koʻrsatkichlarini oshirish, resurslardan unumli foydalanish yoʻllarini 
ishlab chiqish bugungi kuning ustuvor yoʻnalishlaridan biri. Qolaversa neft sanoati 
davlat iqtisodiyotiga, sezilarli darajada foyda olib keluvchi soha sanaladi, shu bilan 
birgalikda nafaqat neftni qazib olish orqali balki neftni qayta ishlash jarayoni 
yengillashtiruvchi sifat koʻrsatkichlarini yaxshilovchi, texnologiyalarni ishlab 
chiqarish sanoati ham yirik iqtisodiy foyda olib keluvchi soha sanaladi.
Respublikamizda ham bugun neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta 
ishlashni takomillashtirish avvalo neftni ichki tan narxini tushirish, resurslarni tejash, 
sifat koʻrsatkichlari oshirish va ekologik zararni kamaytirishga qaratilgan. Neft 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda resurslar taqchilligi, suv sathining yildan yilga 
oshishi bir tomon boʻlsa, neft yopishqoqligi, uning murakkab tarkibi, smola-asfalt va 
parafin neftni qayta ishlash jarayonidagi ogʻir murakkabliklarni yuzaga keltiradi. 
Ushbu jarayoni yengillashtirish maqsadida neftni qazib olishdan tortib uni qayta 
ishlash jarayonlari, butun tarmoqda neft qoʻshimchalardan keng foydalaniladi. 
Yuqoridagi keltirilgan sabablar asnosida sifat koʻrsatkichlarini yaxshilovchi 
qoʻshimchalar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz va tadqiqot natijalari bilan tanishamiz.
MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAXLILI 
Qoʻshimchalar - kimyoviy sintez yoʻli bilan olinadigan neft reagentlari.
Qoʻshimchalarni qoʻllashdan maqsad vazifalari: 
✓ Neft mahsulotlarining fizik kimyoviy xususiyatlarini boyitish.
✓ Neft ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan texnik taʼminotni uzoq vaqtgacha 
xizmat qilishini taʼminlash.
✓ Sifat koʻrsatkichlarini oshirish.
✓ Neftni qayta ishlashda duch keluvchi noqulayliklarda saqlanish.
✓ Neft mahsulotlarini sifat koʻrsatkichlarini buzmagan holda uzoq muddat 
saqlash.
✓ Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
188


✓ Yuqori sifatli yoqilgʻi va mahsulotlarini yaratish.
✓ Ekologik zararni kamaytirish.
✓ Neftni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoni yengillashtirish va xavfsizlikni. 
taʼminlash maqsadida qoʻshimchalar sanoatda keng koʻlamda qoʻllaniladi.
Shunga koʻra qoʻshimchalar taksonomiya mavjud boʻlib bu ham nisbiy yaʼni 
maʼlum bir qoʻshimcha nafaqat mahsulotning ayni bir koʻrsatgichga balki uning 
boshqa xususiyatlariga ham taʼsir koʻrsatadi 
Maqsadiga koʻra qoʻshimchalarning qayta ishlash jarayonida qoʻllanilishi: 
➢ Sirtni himoyalovchi(dispetsantlar, korroziyaga qarshi kurashuvchilar, sirtni 
moylovchilar, ingibitorlar) 
➢ Yoqilgʻi va moylarning sifatini boyituvchi(senatni oshiruvchilar, depressantlar, 
dispersantlar, merkaptanlar) 
➢ Yoqilgʻini himoyalovchi(koʻpikka qarshi vositalar, antioksidantlar, metall 
deaktivatorlar) 
➢ Koʻp funksiyali (bir nechta koʻrsatgichga taʼsir etuvchi boʻyoqlar markerlar) 
*Bugungi tanlangan mavzu dolzarbligi shundaki kundan kunga oʻzgarib 
borayotgan iqlim sharoiti mashina mexanizmlarni yoqilgʻi va moylar fizik kimyoviy 
tarkibidagi sifat oʻzgarishini talab qilmoqda. Iqlim sharoitining keskin oʻzgarishi, ayni 
sifatdagi yoqilgʻi tufayli dvigatellar ishdan chiqishi, undagi nosozliklarga olib kelishi 
mumkin. Shunday ekan neft mahsulotlarini fizik kimyoviy xususiyatlarini ikki 
tomonlama yaxshilovchi istiqbolli qoʻshimchalarni yaratish har tomonlama ustuvor 
yoʻnalishdir.
Oʻzbekiston iqlim sharoitida yoz kunlarida havo harorati 40-45 C * va undan 
yuqori darajada isishi yoqilgʻining bir qismi bugʻlanishiga, yoqilgʻi saqlashda fizik 
xossalari pasayishiga va koʻplab noqulayliklarga olib kelishi mumkin, Rossiya, 
Qozogʻiston iqlim sharoiti esa qish kunlari yoqilgʻi uchun normal harorat 
koʻrsatkichidan keskin pasayishi yoqilgʻi tarkibiga issiqlik uzatilishni tezlashtiruvchi 
reagentlar zaruratini tugʻdiradi.
TADQIQOT MAQSADI: Neft mahsulotlarini fizik kimyoviy xususiyatlarini 
yaxshilovchi qoʻshimchalarni sintez qilish 
❖ PET analizi 
PET-Polietilentereftalat, sintetik polimer. Suyuqlanish temperaturasi -265°; fizik-
kimyoviy, mexanik xossalari baland. Tasirga chidamli ( Atseton, etilatsetat, ksilol, muz 
holatidagi sirka kislota) Fenolda eriydi. 100°dan yuqorida ammiak va ishqorlarning 
eritmalari PET ni parchalaydi. PETdan plyonkalar, mikroorganizmlar va kuya 
tushmaydigan sintetik tolalar, radiodetallar, kimyo-sanoatida va neft kimyosi sanoatida 
foydalanish mumkin.
METADOLOGIYA 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
189


Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
PET, Pentaertrit, glitserin, etilenglikol, Polietileńntereftalá, kolba, tarozi, probirka, 
sintezator, termometr, gorelka tmp.
Tadqiqot borishi
1. PET maydalanadi va quritiladi(tarkibi- polietilen tereftalatdan tayyorlanadi bu 
polimer nomining qisqartmasi: PET). Bu etilenglikol va kam eriydigan tereftalik 
kislotani oʻz ichiga olgan poliesterdir.
2. Glitserin (yun. glykeros - shirin) - 1, 2, 3-propantriol, HOCH2-CH(OH)-
CH2OH - uch atomli oddiy spirt( Mol. m. 92, 09, zichligi 1260 kg/m3) suyuqlanish 
temperaturasi 17, 9°, qaynash temperaturasi 290°. Suvga, metil va etil spirtlarga
atsetonga aralashadi, spirt bilan efir yoki xloroform aralashmasida eriydi. Yogʻ, benzin, 
benzol, uglerod sulfidda erimaydi.
3. Pentaeritritol (2, 2-bis (gidroksimetil) propan-1, 3-diol) C (CH2OH) 4 - 
neopentan uglerod ega boʻlgan tetragidrik spirt. Pentaeritritol ishlatilishi asosan alkidli 
qatronlar, pentaftalik laklar va emallar, sintetik moylash moylari, pentaplast, 
polimerlar uchun plastifikatorlar va antioksidantlar, issiqlik stabilizatorlari, sirt faol 
moddalar, portlovchi tetranitropentaeritrit (PETN) sintezi uchun ishlatiladi.
4. Etil glikol (1, 2-digidroksietan, 1, 2-dioksietan, etandiol-1, 2), H2O - CH2 - 
CH2 - OH - kislorodli organik birikma, ikki atomli spirt. Etilen glikol arzon xom ashyo 
va u texnologiyada keng qoʻllaniladi, bizning tadqiqot uchun kerak jihatlari issiqlik 
tashuvchi, korroziyaga qarshi ingrediyent, yuqori haroratli erituvchi va polimer 
moddalar suyuq sovituvchi xususiyatlaridir.
NATIJA MUHOKAMA 
Kerakli reaktivlar 
Mahsulotlari nisbati 
PET 

Glitserin 

Etilenglikol

Pentaertir 

1-jadval Olinadigan mahsulotlar nisbati 
Sintez uchun kerakli kolba 250 ml boʻlib reaksiya massasi kolbaning 3/4 qismini 
yaʼni 75 % ni tashkil qiladi va reaksiya 200-240 C bir xil gomogen massa hosil 
boʻlgunga qadar analiz olib boriladi.
N° Moddalar nomi 
Massa 
Kom fora Temperatura 
Probirka 

PET+glitserin+etilenglikol 
0. 2126 
2. 2982 
155 
10. 5322 

PET+glitserin+etilenglikol 
0. 2332 
2. 2918 
150 
10. 21 

Kom fora 
2. 393 
179 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
190


2-jadval Sintezining borishi mahsulotlar miqdor oʻzgarishiga harorat va vaqt 
taʼsiri 
Moddalar 
Tomchilash harorati 
PET+glitserin+etilenglikol 
+Pentaertrit 
42. 4 C° 
3-jadval moddalar tomchilash harorati 
PET - Gostafan analizatorlarida (ASE seriyali, Spectroscan-S, Lab X3500, SLFA-
20 va boshqalar) oʻlchov kyuvetasi oynasi sifatida ishlatiladi. Neft va neft 
mahsulotlarida oltingugurtning massa ulushini aniqlash uchun GOST R 51947 
tomonidan tavsiya qilingan.
XULOSA 
Xulosa oʻrnida qisqacha Neft va neft mahsulotlari sifatini oshirish maqsadida 
qoʻshimchalarni ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarining harorat koʻrsatgichi ta’sirini 
hisobga olish, mamlakatlarning iqlim sharoitini hisobga olgan holda qoʻshimchalarni 
ishlab chiqarish. Yoqilgʻilarni saqlashda, tarkibida PET saqlovchi m.s.t dan 
foydalanish yoqilgʻining fizik xossalarini saqlab turushda kimyoviy xususiyatlarini 
boyitilishda respublikamiz iqlim sharoitida PET dan foydalanish tadqiqot natijasida 
maʼlum boʻldi. Ya’na maqola yakunida aytib oʻtish joizki qoʻshimchalar sintezini 
yoʻlga qoʻyish keyingi 5 yillikda mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlaridan 
biri boʻlishini taxmin qilish mumkin.
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Toplavaklarda qo'shimchalardan foydalanish” A. M. Danilov Sankt-Peterburg 
2010 yil 
2. ”Yoqilgʻi va moylar sifatini oshiruvchi qoʻshimchalar”maqola Neft jurnali 
Moskva-2018-yil 
3. “Oʻzbekistonda neft kimyosi sanoati” A. Daminov Toshkent 2019-yil 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
191

Download 269.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling