Neft tarkibidagi suv miqdorini aniqlash


Download 145.24 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi145.24 Kb.
#1270342
  1   2   3   4
Bog'liq
5-neft laboratoriya


5-Laboratoriya ishi
NEFT TARKIBIDAGI SUV MIQDORINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Neft tarkibida mavjud bo’lgan suv miqdorini erituvchi yordamida haydash orqali aniqlash.
Kerakli jihozlar: kolba, idish yig’gich – ajratgich, sovutgich, pastki qismi
konussimon bo’lgan 10 ml.li darajalangan probirka, elektroplitka yoki gaz
gorelkasi, BR – 1 benzin erituvchi, CaCl.
Nazariy tushuncha.
Qazib olingan neft tarkibidagi suv neftda yomon eriydi va neft emulsiyasini
hosil qiladi. Emulsiya turg’unligi suv tomchilarining o’lchamiga bog’liq . Bir
necha o’n mikron o’lchamli tomchilar o’zaro oson birlashib, tindirib ajratilishi mumkin. Ammo 1 mkm dan kichik o’lchamli tomchilar emulgatorlar ta`sirida o’ta turg’un Emulsiya hosil qiladi. Ularni faqat deemugatsiya va suvsizlantirish qurilmalarida ajratish mumkin.
Neft mahsulotlari tarkibida juda oz miqdorda suv bo’ladi. Neftni qayta
ishlash jarayonida emulgator rolini bajaruvchi ko’p miqdordagi oltingugurt
birikmalari, naften kislotalar va tuzlar ajraladi. Moylar, dizel yoqilg’isi tarkibida suvning bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Moy tarkibidagi suv uning oksidlanishi, metall qismlarning zanglashini tezlashtiradi. Yoqilg’i tarkibidagi suv karbyuratorni ifloslantiradi va forsunkalarning tiqilib qolishga olib keladi.


Suvni erituvchi yordamida haydash
Usulning mohiyati shundan iboratki, suv va erituvchini neft mahsulotlarii tarkibidan haydash va so’ngra idishda ikki qatlamga ajratishdan iborat. Erituvchi sifatida BR – 1 benzin erituvchi ishlatiladi. Ishlatishdan oldin benzin CaCl bilan suvsizlantiriladi va filtrlanadi.
Tajriba qurilmasi (1-rasm) kolba 1, idish yig’gich – ajratgich 2 va sovutgich 3 dan iborat. Yig’gich idish pastki qismi konussimon bo’lgan 10 ml.li darajalangan probirka bo’lib, 1 –10 ml qismida darajalash qiymati 0,2 ml, 0-1 ml qismida 0,05ml ga teng. Probirkaning yuqori qismiga trubka ulangan bo’lib, uning 2 – uchi haydash kolbasi 1 ga ulanadi. Kolba shisha yoki metalldan bo’lishi mumkin.


Download 145.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling