Neft va gaz kimyo sanoati haqida malumot
Download 0.74 Mb.
|
neft va gaz sanoati tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992-yil 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993-yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar bilan ishga tushirildi. 1995-yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003-yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln. t; 1997-yilda 7,9 mln. t) va 1995-yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001-yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000-yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling