Neft va gaz kollektorlari


Download 8.2 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi8.2 Kb.
#1419378
1   2   3
Bog'liq
TemirovNavruzbek129-20

Biz o’zaro bir-biri bilan bog’langan g’ovaklarni hisoblaymiz (Namunada vakuum ostida kerosin shimdirish usuli bilan aniqlanadi). Ko’pincha samarali g’ovaklik degan tushuncha mavjud, fikrimiz bo’yicha ochiq va samarali g’ovaklik bir-biridan deyarli farq qilmaydilar. Tog’ jinslari zarralari orasida sementlovchi moddaning mavjudligi ularning g’ovakligini keskin kamaytirishi mumkin.

Quyidagi tog’ jinslarining g’ovakligi ko’rsatilgan % : Gilli slanetslar 0,5 - 1,40 Gillar 6,0 - 50,0 Qumlar 3,5 - 52,0 Qumtoshlar 2,0 - 33,0 Dolomitlar 6,0 - 33,0 Zich ohaktosh va dolomitlar 0,65 - 2,5 Qumtoshlardan iborat bo’lgan tog’ jinslari 10% gacha g’ovaklikka ega bg’lgan hollarda, ular kollektorlik vazifasini o’tay olmasliklari qayd etiladi.

Ohaktoshlardan iborat tog’ jinslari esa ba’zi 2-3% g’ovaklikka ega bg’lganlarida ham yuqori mahsuldor kollektor bo’lib qolishlari mumkin. Bunga asosiy sabab, ularda g’ovaklikdan tashqari mikro va makro yoriqlarining mavjudligi va asosiy o’tkazuvchanlik shu yoriqlar tufayli sodir bg’lishi tajribada isbotlangan. Bunga yorqin misol tariqasida O’rta Sharq mamlakatlari va Erondagi karbonat tog’ jinslaridagi neft va gaz kollektorlaridir.

Yuqorida qayd etganimizdek, terrigen kollektorlar- g’ovakli kollektorlar turkumiga mansub, karbonat kollektorlarda esa g’ovaklar ham, yoriqlar ham, kovaklar ham mavjud bg’lib, ular aksariyat, aralash kollektorlarga mansubdirlar. Mutaxassislarning fikricha, o’tkazuvchanlik 0,01 mkm2 gacha bo’lgan jinslarni past o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, 0,01-0,1 mkm2 ni esa o’rtacha o’tkazuvchanlikka ega va 0,1 mkm2 dan yuqorisini esa yaxshi o’tkazuvchanlikka ega kollektorlarga ajratadilar.

Shuni alohida qayd etish lozimki, g’ovakli terrigen va karbonat kollektorlar o’zlarining g’ovaklari tuzilishi bilan farq qiladilar. Karbonat jinslarda g’ovaklar juda tor kanallar bilan tutashadi va ko’pincha bir xil sharoitda o’tkazuvchanliga past bo’ladi. Ana shunday farq mavjudligi uchun bu jinslar o’zlarining g’ovaklikning solishtirma yuzasi bilan ham farq qiladilar. Bu ko’rsatkich karbonat jinslarda ozroq, terrigen jinslarda yuqori bo’ladi


Download 8.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling