Neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi va vazifalari


Download 72 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1486224
  1   2   3   4   5
Bog'liq
lazizbek



Neft va gaz konlarida geologik qidiruv ishlarining asosiy bosqichlari.
Reja

  1. Neft va gaz konlarida geologik qidiruv ishlarining asosiy bosqichlari

  2. Neft va gaz konlarida geologik qidiruv


NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI
Neft va gaz konlari geologiyasining maqsadiga neft va gazni yer ostidan chiqarib olishning eng samarali usullarini geologik nuqtai nazardan asoslash, yer qa’ri va atrof muhitni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish kiradi. Bu maqsadga neft va gaz uyumlarining ichki strukturasini va konni ishlatish jarayonida unda bo’ladigan o’zgarishlar qonuniyatlarini o’rganish orqali erishiladi. To’plangan ma’lumotlardan geologik-texnik majmua faoliyatining eng maqbul yo’lini tanlashda foydalaniladi.
Neft va gaz konlari geologiyasi fanining maqsadi bir qator komponentlardan: neft, gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash; neft va gaz konlarini ishlatishni ilmiy asoslash; konni ishlatish samaradorligini oshirish tadbirlarini hamda qatlamning neft, gaz va kondensat beraolishligini aniqlash; konni razvedka qilish va ishlatish jarayonida kuzatuv to’rini joylashtirish muammosini hal qilish va boshqalardan tarkib topadi.
Asosiy maqsadga erishishda komponentlarning boshqa yordamchi ko’rinishlaridan ham foydalaniladi. Ularga neft va gaz konlarini muhofaza qilish, quduqlarni burg’ilash jarayonidagi geologik xizmat hamda neft va gaz konlari geologiyasining ichki maqsadi  metodik baza va metodologiyani taraqqiy ettirish kiradi.
Neft va gaz konlari geologiyasining vazifalari quyidagilardan iborat: tadqiqot ob’ekti to’g’risida ma’lumot to’plash, uyumning geologik tuzilishi va kon sifatida ishlatilishini kuzatishda to’plangan ayrim ma’lumotlarni jamlash; natijalari samara beradigan geologik tadqiqotlar va kuzatuvlar usullarini ishlab chiqish; to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish metodlarini yaratish; turli geologik sharoitlarda ushbu metodlarning samaradorligini baholash va sh.k.
Bunday ko’p sonli komponentlar orasidan uch turdagi eng muhimlarini ajratish mumkin: 1) neft va gaz konlari geologiyasining o’rganilayotgan ob’ektni anglashga yo’naltirilgan aniq ilmiy vazifalari; 2) metodik vazifalar; 3) metodologik vazifalar. Aniq ilmiy vazifalar geologik-texnik majmuani (uning strukturasini, ayrim qismlarining o’zgarishi va o’zaro ta’sir ko’rsatish qonuniyatlarini, jarayonlarning rivojlanishini va sh.k.) o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tarkibida neft va gaz bo’lgan yoki bo’lmagan mahsuldor yotqiziqlarning tarkibi va xususiyatlarini o’rganish; neft, gaz va suvlarning kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlarini, ularning geologik va termodinamik yotish sharoitlarini belgilash; tog’ jinslarining yotish sharoitlari va ular ichidagi flyuidlarning tarkibi va xususiyatlarining o’zgaruvchanligini hamda bunday o’zgaruvchanlik bo’ysunadigan qonuniyatlar tabiatini aniqlashga ahamiyat beriladi.
2. Tabiiy geologik jismlarni, ularning shakli, o’lchami, makonda joylashishi va sh.k. aniqlash masalasi (birinchi guruh masalalarini echish asosida). Bunda geologik kesimda asosan qatlar, gorizontlar, qatlamlar, kollektorlarning yotish sharoitlari hamda ularning o’zaro qo’shilib ketgan zonalari va b. ajratiladi. SHuningdek, plikativ (qatlamlar butunligi buzilmagan), diz’yunktiv (qatlamlar butunligi buzilgan) va in’ektiv dislokatsiyalar ham o’rganiladi. Ushbu guruhga kiruvchi masalalar uyum yoki konning birlamchi strukturasini aniqlashga yo’naltiriladi.
3. Tabiiy geologik jismlarni neft va gaz qazib chiqarish korxonalarining texnik, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabaqalarga ajratish masalasi. Bunda tabiiy geologik jismlar (yuqori, o’rta va past mahsuldor jinslar) konditsiyasini belgilash va chegaralarini ajratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagi masalalar bilan birgalikda bu guruhda neft va gaz zaxiralari baholanadi va ularning uyumda joylashish holati belgilanadi. Bu guruhda echiladigan masalaning vazifasi tashkilotning texnikaviy, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uyum strukturasining o’zgarishi to’g’risidagi tasavvurni o’rganishdan iborat.
4. Ko’pdan-ko’p belgilar, birinchi navbatda kon va uyumlarning ichki strukturasi tiplari bo’yicha geologik-texnik majmua tasnifini ishlab chiqish bilan bog’liq masalalar. Neft-gaz konlari va uyumlarining hozirgi vaqtda mavjud ko’p sonli genetik tasniflari neft va gaz konlari geologiyasi masalalarini echish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham genetik tasniflarni tuzishda birinchi navbatda kon geologiyasi belgilaridan, uyumni ishlatish jarayonida uning strukturasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar mexanizmini aniqlashdan, flyuid xossalarini bir holatdan ikkinchisiga o’tishidagi o’zgarishidan, struktura, funktsiya va sistemaning turli ko’rinishlarini o’zaro bog’liqligidan foydalanish zarur.
5. Geologik-texnik majmuaning xarakteri, xususiyati, uning struktura va funktsiyasi oralig’idagi bog’lanish qonuniyatlari bilan aloqador masalalar. Bunda uyumning geologik tuzilishi va undagi jinslar xususiyatlarini, uyumni ishlatish jarayoni ko’rsatkichlariga, strukturaviy tavsifiga, texnik komponentlar parametrlariga hamda geologik-texnik majmuaning faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlariga (neft va gaz qazib chiqarishning barqarorligiga, ishlatish sur’atiga, mahsulot tannarhiga, yakuniy neft beraolishligiga va b.) ta’siri o’rganiladi.
Neft va gaz konlari geologiyasining bu guruhdagi eng muhim vazifalariga kon uchun qabul qilingan ishlatish tartibi va qatlam flyuidlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tarkibi har xil bo’lgan uyumdagi neft va gazni suv bilan siqib chiqarish xarakteri va sharoitlarini o’rganish; suvni haydash chog’ida qatlamga ta’sir doirasini, qatlamda neft, gaz va suvning harakatlanish yo’lini, flyuidni chiqarib olishning har bir yangi bosqichida neft va gazning qoldiq zaxirasining joylashish xarakterini o’rganish kiradi.
6. Neft va gaz konlari geologiyasi fanida eng ko’p qo’llaniladigan va ishlatiladigan terminlarni aniqlash, tadqiq qilish, izohlash, tartibga solish ishlarini bajarish.
Neft va gaz konlari geologiyasining metodik masalalarini echishga  kon geologiyasining aniq ilmiy masalalarini hal qilish uchun yangi, zamonaviy metodlarni ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish va rivojlantirish kiradi. Hal qilinishi lozim bo’lgan ko’pdan-ko’p metodik masalalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1. Yuqori darajada murakkab mazmunga ega bo’lgan geologik-texnik majmuani ― sistemasini tayyorlash, loyihalash va ishlatishning hamma bosqichlarida ma’lumotlar yig’ishni tashkillashtirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bunga kuzatuv ishlari metodikasini takomillashtirish, kuzatuv ishlarining zaruriy va etarli darajadagi hajmini, kuzatuv ishlari bajariladigan davrlarni va kuzatuv to’ri zichligini aniqlash, sinov ishlarini tashkil etish, ashyoviy modellar tuzish va ulardan ma’lumotlar to’plash va sh.k. da foydalanish kiradi.
2. Neft va gaz konlari geologiyasi ob’ektlarini tavsiflash va yig’ilgan ma’lumotlarni umumlashtirishning yangi metodlarini rivojlantirish masalalari: chunonchi, ob’ektlarni og’zaki tavsiflash, turli grafik vositalar yordamida tavsiflash (sxema, kesma, xarita, grafik, blok-diagramma va sh.k. tuzish), matematik vositalar yordamida tavsiflash va boshqalar. Ushbu guruhga kiruvchi masalalar geologik-texnik majmuaning ayrim tomonlarini ifodalovchi turli modellarning tuzish metodikasini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
3. Konni ishlatish ko’rsatkichlari va metodlari, zaxiralarni hisoblash, ishlatishning amaldagi sistemalari va loyihalarini geologik asoslash, qatlamning joriy va yakuniy neft va gaz beraolishligini kon-geologik nuqtai nazardan baholash metodikasini takomillashtirish va bashoratlash masalalari.
Neft va gaz konlari geologiyasining metodologik masalalarini hal qilish juda muhim bo’lib, uning rivoji ilmning taraqqiyot sur’ati bilan bog’liq. 1970-90 yillarga kelib fan tez rivojlana boshladi va neft va gaz konlari geologiyasiga taalluqli asosiy qoidalar va printsiplarga tegishli o’zgartirishlar kiritildi, fanda inqilobiy rivojlanish kuzatildi.
Neft va gaz konlari geologiyasining metodologik masalalari vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Neft va gaz konlari geologiyasining aniq ilmiy masalalarini echishda qo’llaniladigan turli metodlarning samaradorligini baholash; modellashtirish va sistemali-strukturaviy yondoshish kabi yangi metodlarni qo’llashning maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlarini aniqlash; ularni neft va gaz konlari geologiyasi fanining an’anaviy tushunchalari bilan bog’liqligini tahlil qilish.
2. Konda bajariladigan geologik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyatini tahlil qilish, bir-biriga bog’liq fanlar orasida neft va gaz konlari geologiyasi fanining o’rnini belgilash; uning funktsional bog’liqligini tahlil qilish, ya’ni uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini aniqlash, nisbatan rivojlangan boshqa fanlar bilan tajriba almashish, funktsional bog’lanishlarni tahlil qilish asosida neft va gaz konlari geologiyasi fanining umumgeologik fanlarning rivojlanishiga va amaliyotda qo’llanishiga qo’shgan hissasini baholash mumkin bo’ladi.
3. Konda bajariladigan geologik tadqiqot ishlarini bajarishda, aniq-ilmiy, metodik va ijtimoiy masalalarni hal qilishda geologiya, texnika va iqtisodiyot fanlarining o’zaro hamkorligi mohiyatini va ularning har birining amaliyotga qo’llash imkoniyatlarini tahlil qilish. Keyingi o’n yillikda metodologik tadqiqotlarning ilmni rivojlanishidagi o’rni yaqqol ko’zga ko’rinib qoldi, shu sababli unga ahamiyat berilmoqda.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling