Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Download 1.7 Mb.
bet12/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Gilli eritmalar

Gilli eritmalar burg‘ilash jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan eritma hisoblanadi. Gilli eritmalar quduq devorlaridagi g‘ovaklarni berkitishga, burg‘ilangan tog‘ jinslarini eritmada muallaq holatda saqlab turishga xizmat qiladi. Gilli eritmalar maydalangan tog‘ jinslarini qu-duqdan tashqariga chiqarishga, burg‘ilarni qizib ketishdan saqlashga mo‘ljallangan. Gilli eritmalar gilning montmorillonitli, poligorskitli, kaolinitli turlaridan tayyorlanadi.


Burg‘ilash jarayonida zichligi 1,18-1,22 g/sm3 bo‘lgan gilli eritmalar ishlatiladi. Bunday gillarga suv qo‘shilganda tez cho‘kmaydigan eritmalar hosil bo‘ladi.
Bu eritma yupqa qobiq hosil qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun suv, neft, gaz favvoralarining otilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Burg‘ilanadigan tog‘ jinslarining xususiyatlariga, yer ostidagi neft, gaz va suvli qatlamlarning bosimiga qarab gilli eritmalarga barit, polimer reagentlar va boshqalar qo‘shiladi. O‘zbekistonda gilli eritmalar tayyorlanadigan gillar yuqori bo‘r va eotsen davri qatlamlarida mavjud.
e) Gilli eritmalarning suv beruvchanligi
Gilli eritmalarning suv beruvchanligi – bu gilli eritmalarning g‘ovak tog‘ jinslariga ozod suvlarni berish qobiliyati. Buning natijasida quduq devorlari gillanadi. Gilli eritmalarning yuqori darajada suv beruvchanligi gillanish sifatini pasaytiradi va quduq devorlarining mustahkamligini kamaytiradi. Shuning uchun, kam suv beruvchan gilli eritmalarni olishda yuqori sifatli gillar va yumshoq suvlar qo‘llaniladi.





7.4 - rasm. Burg‘ilash eritmasining suv ajratishini aniqlash uchun VM-6 asbobi:


1 - filtr uchun idish; 2 - kronshteyn (tayanch);
3 - murvat; 4 - klapan; 5 – taglik; 6 - panjara;
7 – sizish stakani; 8 – igna (nina); 9 - silindr;
10 – yukli shkala; 11 – plunjer.

Burg‘ilash jarayonida yer osti suvlarining qo‘shilishi, hamda tog‘ jinslardan o‘tadigan tuzlarning ta’siri hisobiga eritmalarning suv beruvchanligi oshishi mumkin. Burg‘ilash jarayonida eritma suv beruvchanligining pasayishi kam sodir bo‘ladi. Suv beruvchanlikning ko‘rsatkichlari 30 daqiqa vaqt ichida sizilgan (filtrlangan) suvning miqdori bilan o‘lchanadi. Sizgich (filtr) qog‘ozning ko‘ndalang kesimi 75 mm va bosimi 0,1 MPa teng bo‘lib, “V” harfi bilan belgilanadi. Uning birligi sm3/30 min. Gilli eritmaning suv beruvchanlik miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan asbob-VM-6 asosan to‘rtta qismdan tashkil topgan: sizgich (filtrlash) stakani, bosim silindri, yukli plunjer va taglik. Sizgich (filtrlash) stakani bilan uning poddoni oralig‘i kertik bilan ulanadi va teshikli disk bilan qisiladi. Shunday qilib ishga taYorlangan sizgich stakani taglikga o‘rnatiladi va unga 120 m3 gilli eritma quyiladi. Stakanga bosim silindri burab kirgiziladi va eritma yuzasi mashina moyi bilan to‘ldiriladi. Keyin moy orqali gilli eritmada sodir bo‘lgan bosim (1kgk/sm2) ta’sirida silindrga plunjer kirgiziladi. Undan keyin maxsus igna yordamida silindrning pastki qismidan teshikchalar ochiladi va ular orqali moyning bir qismi halqasimon sig‘imga tushiriladi. Keyin vint bilan to‘sqich (klapan) ochiladi va uning ochilgan vaqti qayd qilinadi. Plunjer yordamida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida gilli eritmalardan ajragan ozod suvlar sizgichlar (filtrlash) qog‘ozi orqali poddonga o‘tadi. Bunda gilli eritmaning suv beruvchanlik miqdori 30 min dan keyin silindr shkala belgisi orqali hisobga olinadi.


Agar, burg‘ilash jarayoni normal sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 daqiqada 20-25 sm2 dan oshmasligi kerak.
Agar, burg‘ilash jarayoni murakkablashgan sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 daqiqada 5-6 sm3 ga pasayishi mumkin.
Gilli eritmalarning suv beruvchanlik darajasini aniqlab bo‘lgandan keyin, VM-6 asbobi saralanadi, stakandan sizgich filtralash qog‘ozi chiqariladi va darajalangan o‘lchagich yordamida ularda hosil bo‘lgan gil eritmasi pardasi (korka)ning qalinligi aniqlanadi.





7.5 - rasm. Burg‘ilash eritmasi pardasi (korka)ning qalinligini aniqlash uchun Vika asbobi:
1 - sterjen;
2 - murvat;
3 – ko‘rsatkich;
4 - shkala;
5 - vtulka;
6 - ilgak;
7 - uchlik;
8 - plita;
9 – stamina.





Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling