Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Burg’ilash qorishmasini tozalash asbob-uskunalari


Download 1.7 Mb.
bet19/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Burg’ilash qorishmasini tozalash asbob-uskunalari

1. Gidrosiklon to’g’risida umumiy tushuncha.


2. Vibrosito tuzilishi.
3. Degozator uskunasining asosiy vazifasi.

Eritmalarni burg‘ilanayotgan tog‘ jinsi bo‘laklaridan va obraziv zarrachalardan tozalashda tebranma elak, degazator, tsentrifuga, qum ajratuvchi gidrotsiklon GTSK – 360 m, balchiq ajratuvchi gidrotsiklon TSG-45m va cho‘ktirilgan salniksiz nasos (PBN) keng qo‘llaniladi.


e) Qum ajratuvchi gidrotsiklon GTSK-360M.

Burg‘ilash qorishmasini qumlardan tozalash uchun gidrotsiklon qo‘llanadi. Ular bir qancha bo‘lib, hozir eng ko‘p tarqalgani GTSK-360m (NPO «Bureniye»). Qorishmadan ajratib tashlanadigan chiqindilar o‘lchami 0,05-0,16mm. GTSK-360M ning texnik xarakteristikasi





1

O‘tkazgich qobiliyati, l/s

45

2

Kirishdagi bosim, MPa

0,25

3

Korpusning ichki diametri, mm

360

4

Gabarit o‘lchovlari, mm

665x680x1650

5

Og‘irligi, kg

345




7.13 - rasm. Gidrotsiklonning umumiy ko‘rinishi.


f) Balchiq ajratuvchi gidrotsiklon TSG-45M.

TSG-45M o‘lchovi 0,8 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalarni burg‘ilash qorishmasidan ajratib berishga mo‘ljallangan.


TSG-45M balchiq ajratuvchi gidrotsiklon xarakteristikasi



1

O‘tkazish qobiliyati, l/s

45

2

Gidrosiklonlar soni, dona

6

3

Qum chiqaruvchi teshiklar diametri, mm

12-20

4

Kirishdagi bosim, MPa

0,3

5

Chiqarib tashlanadigan zarrachalarning o‘lchami, mm

0,05 (50 mkmm)

6

Gabarit o‘lchovlari, mm

1730x529x1200

7

Og‘irligi, kg

200

Tebranma elak vibrosito va degozator uskunasi

1. Tebranma elak to’g’risida umumiy tushuncha.


2. Degozator uskunasining asosiy vazifasi.
3. Burg’ilash qorishmasi turlari.
Tebranma elak (vibrosito VS-2) gorizontga nisbatan 12-180 burchakda qiyshaygan ikki tebranma romdan tashkil topgan. U tarqatish navi va ikki elektrdvigateli bo‘lgan umumiy ko‘chmas romga o‘rnatilgan. Har qaysi tebranma romning oxirida ikkita maxsus barabani bo‘ladi. Unga oraliq tayanchi bo‘lgan to‘r tortiladi. Odatda to‘r diametri 0,25 yoki 0,35 mm li zanglamas po‘latdan tayyorlanadi. To‘rning har bir sm ga 16-12 teshiklar to‘g‘ri keladi. Romga ekstsentrik val o‘rnatilgan va ular elektrdvigatel yordamida harakatga keladi. To‘rning tebranishi natijasida gilli eritmaning tiksotrop strukturasi buziladi va uning shartli yopishqoqligi kamayadi. To‘r orqali sizilgan va burg‘ilangan tog‘ jinsi bo‘laklaridan ajragan gilli eritmalar yig‘ish idishga, keyin yon lotok orqali aylanish sistemasi noviga yoki maxsus sig‘imli idishga quyiladi. Burg‘ilangan tog‘ jinsi zarrachalari tebranish ta’sirida to‘rning qiya yuzasi bo‘yicha chiqarilib tashlanadi.
7.9 - rasm. Burg‘ilash eritmasini tozalash tizimi.

7.10 - rasm. Tebranma elak (vibrosito VS-1)ning ko‘rinishi:


1 – tebratgich (vibrator); 2 – qabul qiluvchi; 3 - asos; 4 – taglik (poddon); 5 - amortizator; 6 – tebranib turuvchi rama; 7 – to‘r.


Neft va gaz quduqlarini burg’ilashdagi qiyinchiliklar

1. Burg‘ilash jarayonida uchraydigan asoratlar va halokatlarning sodir bo‘lish sabablari.


2. Burg‘ilash jarayonida uchraydigan asoratlar va halokatlarning oldini olish chora-tadbirlari.

Burg‘ilash jarayonida asoratlarning hosil bo‘lishiga quyidagi geologik, texnik va texnologik sharoitlar ta’sir qilishi mumkin:



  1. Tog‘ jinslarida har xil o‘lchamli yoriqlar, darzliklar, kovaklar g‘ovaklaring bo‘lishi;

  2. Tog‘ jinslarining o‘pirilishi va qulashi;

  3. Tog‘ jinslarining bo‘kishi;

  4. Quduq stvolining torayishi;

  5. Burg‘ilash asboblarining sinishi va uchishi (burg‘i, burg‘ilash kallagi);

  6. Quduqlarining o‘z-o‘zidan qiyshayishi;

  7. Burg‘ilash jarayonida yoki asboblarini ko‘tarish va tushirishda mexanizmlarining ishdan chiqishi;

  8. Elektr energiya mexanizmlarining to‘satdan shikastlanishi;

  9. Burg‘ilash jarayonida quduq devorlarida sodir bo‘ladigan bosimning qatlam bosimidan yuqori bo‘lishi;

  10. Quduq devorida sodir bo‘ladigan bosim ta’sirida tabiiy darzliklarning hosil bo‘lishi;

  11. Quduqda gidravlik bosimning keskin o‘zgarishi;

  12. Qatlam bosimining burg‘ilash eritmasi bosimidan yuqori bo‘lishi;

  13. Burg‘ilash eritmasida serovodorodning namoyon bo‘lishi;

  14. Burg‘ilash eritmasi zichligining o‘zgarib turishi;

  15. Burg‘ilash nasoslarida bosimning keskin ko‘tarilishi va burg‘ilash eritmasi aylanishining yo‘qolishi;

  16. Burg‘ilash quvurlar birikmasining tutilishi;

  17. Mustahkam tog‘ jinslaridan tuzilgan quduq devorlarining qiyshaygan joyida novlarning hosil bo‘lishi;

  18. Quduq burg‘ilash eritmasi ustunining bosimi bilan qatlam bosimi o‘rtasida katta farq bo‘lishi;

  19. Qalin sizgich parda bo‘laklaridan salniklarining hosil bo‘lishi;

  20. Sizgich pardalarining yuqori yopishqoqligi;

  21. Quduqlarda burg‘ilash va mustahkamlovchi quvurlar birikmasining va begona predmetlarning ponalanishi;

  22. Burg‘i orqali burg‘ilash eritmalarining to‘liq aylanmasligi.

23. Mustahkamlovchi quvurlar yoki nasos-kompressor quvurlarning favqulotda, quduqga tushib qolishi yoki uzilib majaqlanib qolishi;
24. Geofizik asbob va kabellarning uzilib qolishi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling