Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Burg‘ilash quvurlar birikmasining ishlash sharoitlari


Download 1.7 Mb.
bet11/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Burg‘ilash quvurlar birikmasining ishlash sharoitlari

Burg‘ilash jarayonida cho‘zilish va siqilish kuchlanishlaridan tashqari rotordan burg‘iga aylanuvchi moment uzatishda burg‘ilash kuchlanishi ham namoyon bo‘ladi.


Bu burg‘ilash kuchlanishi quduq og‘zida maksimum nuqtaga yetadi. Shuningdek, quduq og‘zidan tubiga qarab markazdan qochma kuch ta’sirida egilish kuchlanishi asta-sekin oshib boradi. Burg‘ilash quvurlar og‘irligi, aylanuvchi moment, markazdan qochma kuchlar ta’sirida burg‘ilash quvurlar birikmasida har xil tebranma harakatlar hosil bo‘ladi. Bunday tebranishlarni so‘ndirish uchun burg‘i ustiga amortizatsiyalovchi moslama o‘rnatiladi. Amortizatorlarning ishlash printsipi hosil bo‘ladigan tebranishlarni quduq tubi mexanizmlardagi elastik elementlar yordamida so‘ndirishga mo‘ljallangan.
Yuqorida qayd qilingan hamma kuchlarning burg‘ilash quvurlar birikmasiga ta’siri rotorli burg‘ilashning ishlash sharoitlarini murakkablashtiradi. Natijada burg‘ilash quvurlarda, burg‘ilash qulflarida, burg‘ilash quvurlar birikmasi elementlarida halokatlar sodir bo‘lishi mumkin.
Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda (turboburli va elektroburli) burg‘ilash quvurlar birikmasining ishlash sharoitlari ancha yengillashadi.
Bu sharoitlarda burg‘ilash quvurlar birikmasi aylanmaydi. Shuning uchun u cho‘ziluvchi va siqiluvchi kuchga duch keladi.


Burg’ilash qorishmasini sirkulyatsiyasi,vazifalari,turlari

1. Burg’ilash qorishmasi to’g’risida umumiy tushuncha.


2. Burg’ilash qorishmasining asosiy vazifasi.
3. Burg’ilash qorishmasi turlari.

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quyidagi eritma turlaridan foydalaniladi. Ularga suv asosidagi, gilli, gipsli, bo‘rli, neft asosdagi, uglevodorod asosidagi, gumat-kaltsiyli, mo‘’tadil silikat-gilli, polimerli, muzli, emultsion, og‘irlashtirilgan aerofob va boshqa eritmalar kiradi.




Suv asosdagi burg‘ilash eritmalari
Suv

Geologik kesimi qattiq, mustahkam, zich tog‘ jinslarini burg‘lash jarayonida suvdan burg‘ilash eritmasi sifatida foydalaniladi. Chunki, suv boshqa eritmalardan o‘zining katta harakatchanligi, past qovushqoqligi, uncha yuqori zichlikka ega emasligi, quduq tubiga kam bosim berishligi, harakatdagi burg‘ini tez sovutishi bilan farqlanadi.


Odatda, quduqlarni suv bilan yuvishda burg‘ilash quvurlari birikmasiga, turboburga, burg‘ilarga, quvur orti bo‘shlig‘iga ko‘rsatiladigan gidravlik qarshiliklar kamayadi. Buning natijasida nasoslarning ishlash sharoitlari va ish unumdorligi yaxshilanadi va turboburlarning quvvati oshadi.
Lekin suvning burg‘ilash eritmasi sifatida ayrim kamchiliklari bor:
a) suv aylanishi to‘xtatilganda quduqdagi tog‘ jinsi zarrachalarini muallaq holatda ushlab tura olmasligi. Buning natijasida burg‘ilash quvurlari birikmasining tutilib qolish xavfi ortadi;
b) quduq devorlariga yetarli darajada gidrostatik bosim bera olmasligi. Natijada quduq devorlarida har xil o‘pirilishlar sodir bo‘lishi mumkin;
d) mahsuldor qatlamlarini burg‘ilashda suvdan burg‘ilash eritmasi sifatida foydalanish mumkin emasligi. Chunki suvning mahsuldor qatlamlarga ko‘p miqdorda singishi burg‘ilash jarayonini hamda quduq-qa neft yoki gaz oqimini kelish qobilyatini qiyinlashtiradi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling