Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Mexanik gil qorishtirgich


Download 1.7 Mb.
bet18/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Mexanik gil qorishtirgich

U gorizontal yoki tik holatda bo‘lishi mumkin. Bu gil qorishtirgichning sig‘imi 0,25 dan 4 m3 gacha bo‘ladi. Gil qorishtirgichlar dvigatel yoki transmissiya orqali harakatlanadi. 1 m3 gilli eritmasini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan gilning miqdori (t/m3) quyidagi formulada aniqlanadi:




Bunda -quruq gilning zichligi, t/m3 (Pr=2,32,6 t/m3);
Rge- gilli eritmaning zichligi, t/m3
Rs- suvning zichligi, t/m3.
Gilli eritmani tayyorlash uchun gil qorishtirgichning 1/3 hajm qismiga suv quyiladi va gil qorishtirgichning sig‘imiga qarab 3-4 sm o‘lchamdagi gil to‘kiladi.
Gilning sifatiga qarab valning 60-70 ay/min chastotasida gil suv bilan 40-60 min davomida aralashtiriladi. Valning aylanishini to‘xtatmasdan gil qorishtirgichning yuklaydigan lyukigacha suv qo‘yiladi va yana 25-30 min aralashtiriladi. Bundan keyin eritma sifatining asosiy parametrlari o‘lchanadi va kerak bo‘lsa, suv qo‘shib tartibga solinadi. Tayyor eritma gil qorishtirgichdan maxsus sig‘imli idishga quyiladi. Gil qorishtirgich ishlab turgan vaqtda gillarni lyukga lom, bel kurak bilan itarib turish, panjarani yechish, lyuk orqali namuna olish man qilinadi.
Odatda, barqaror eritma olish uchun gilli eritma tayyorlashdan bir kecha-kunduz oldin, gil 0,1 % li kaltsiylashgan soda eritmasi bilan ho‘llanadi.

Gidravlik gil qorishtirgich

Kukunli mahsulotlardan gilli eritma tayyorlash kerak bo‘lsa (kimyoviy reagentlar, bentonit yoki subbentonitli gillar, og‘irlashtirgich-lar, sementlar) oddiy gidravlik gil qorishtirgichdan foydalaniladi.


Kukun o‘pqon (voronka)ga 1 to‘kiladi va u maxsus uchlik (nasadka) orqali 75 mm li quvurga o‘tadi. Keyin o‘pqon kesimiga mos uchlik (nasadka) tanlash yo‘li bilan quvurga tushayotgan kukunning tezligini tartibga solish mumkin.
O‘sha quvurning orqa qismiga suv yoki suyuq gilli eritmani uzatish uchun 25 mmli patrubka bilan birga 50 mmli quvur o‘rnatilgan. O‘pqondan so‘rib olinayotgan kukun suyuqlik oqimiga o‘tadi va quvurga tushadi. Keyin hamma massa aralashib qabul qilish chaniga va undan nasos orqali burg‘ilash qudug‘iga haydaladi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling