Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Halokatlarning turlari va ularning sodir bo‘lish sabablari. Halokat turlari


Download 1.7 Mb.
bet25/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Halokatlarning turlari va ularning sodir bo‘lish sabablari. Halokat turlari

1. Burg‘ilash jarayonida uchraydigan asoratlar va halokatlarning sodir bo‘lish sabablari.


2. Burg‘ilash jarayonida uchraydigan asoratlar va halokatlarning oldini olish chora-tadbirlari.
3.Burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan halokatlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1) burg‘ilash quvurlari bilan bog‘liq halokatlar;


2) asboblarning tutilishi;
3) burg‘i bilan bog‘liq halokatlar;
4) asboblarning uchishi;
5) quduq tubida turbobur va begona predmetlarning qolishi;
6) mustahkamlovchi quvurlar bilan bog‘liq halokatlar.
Bu halokatlarning taxminan 50% quvrlarning sinishi, uzilishi va 30% esa asboblarning tutilishi va cho‘zilishi bilan bog‘liq.


Halokat sabablari

Geologik texnik va texnologik sharoitlarga qarab halokat sabablarini bir necha guruhga ajratish mumkin:


1) geologik - o‘piriladigan va kengayadigan tog‘ jinslari, karslar, kovaklar, suyuqlik yutadigan gorizontlarning mavjudligi, hamda suv va gazlarning namoyon bo‘lishi;
2) texnik – mexanizm va asboblarning sifatsizligi, ularning yetarli mustahkamlikga ega emasligi, ish ko‘rsatkichlarining pastligi;
3) texnologik - quduqlarni mustahkamlashning, tamponajlashning va burg‘ilash tartibining buzilishi, hamda burg‘ilash eritmasi va tamponajlash aralashmasining notug‘ri tanlanganligi;
4) tashkiliy – halokatning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan tadbirlarga amal qilmaslik (burg‘ilash agregatlarini tez-tez to‘xtatib qo‘yishlik, intizomning qoniqarsizligi, ishchi xodimlarning past malakaliligi, dispetcher xizmatining samarasizligi, ta’minotning yomonligi).
Undan tashqari halokatning sodir bo‘lishiga burg‘ilash tezligi, quduq tuzilishi (konstruktsiyasi) va chuqurligi, qiyshayish jadalligi, burg‘ilashning mexanizatsiyalanish va avtomatizatsiyalanish darajasi ham sabab bo‘lishi mumkin.


Burg‘ilash quvurlari bilan bog‘liq halokatlar

Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi halokatlar sodir bo‘lishi mumkin:


1) burg‘ilash quvurlarining sinishi;
2) burg‘ilash quvurlarining qalinlashtirilgan joyidan sinishi;
3) burg‘ilash quvurlari kertigining uzilishi;
4) burg‘ilash qulflarining sinishi;
5) burg‘ilash qulflarining kertikli ulanish joyidan uzilishi;
6) og‘irlashtirilgan quvurlarning kertikli ulangan joylaridan uzilishi va sinishi;
7) ishchi quvurlarning sinishi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling