Neft va neft gazni qatya ishlash texnologiyasi


Neft gaznni qayta ishlovchi korxonalarning chet el korxonalari bilan hamkorligi


Download 219.78 Kb.
bet4/11
Sana04.04.2023
Hajmi219.78 Kb.
#1326471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs loyihasi

2.2 Neft gaznni qayta ishlovchi korxonalarning chet el korxonalari bilan hamkorligi
Ncft-gaz sohasi bo‘yicha bir necha yirik loyihalami amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2009-yil 14-iyunda « 0‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan chet elning «Petronas» (Malayziya) va «Sasol» (Janubiy Afrika Respublikasi) kompaniyalari o’rtasida O'zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. «Petronas» sarmoyasi va «Sasol» texnologiyalari asosida ish yuritadigan yangi qo‘shma korxona mamlakatimizda qazib olinadigan tabiiy gazdan yiliga 1,3 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg`i- dizel yoqilg`isi, kerosin, neft va suyultirilgan neft gazi kabi mahsulotlar ishiab chiqaradi. Yangi korxonaning mahsulotlari ichki bozorni to`ldirish bilan birga, eksportga ham chiqariladi. Ustyurtda esa yangi gaz kimyosi majmuasi qurilib, unda 4,5 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida mamlakatimiz va chet el iste’molchilari uchun 500 ming tonnagacha polietilen va propilen ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, 2009-2014-yillarda neft-gaz sanoati bo‘yicha umumiy hajmi 21,5 milliard AQSh dollariga teng bolgan 52 ta investitsion loyihani amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan. 2009-yili tabiiy gazni qazib olish va uni quvur orqali uzatishga oid umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo`lgan 5 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» gaz quvuri va « 0‘zbekiston-Xitoy» gaz quvurining birinchi tarmog‘i ishga tushirildi. 2014-yilgacha Surgil koni asosida Ustyurt gaz-kimyosi majmuasi va Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg'i (GTL) ishlab chiqarish korxonasini qurib bitkazishdan tashqari, Sho'rtan gazkimyosi majmuasida va Muborak gazni qayta ishlash korxonasida polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, yangi konlarni o'zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash korxonasida propan-butan aralashmasi qurilmasini ishga tushirish va boshqa bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda
« 0‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi innovatsion loyihalarni chet elning Gazprom, Lukoyl (Rossiya), CNPC International (Xitoy), Korea National Oil Corporation (Koreya), Petronas (Malayziya), Sasol (Janubiy Afrika Respublikasi) va boshqa kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda amaliyotga joriy etmoqda. Oxirgi yillarda mamlakatimizda neft-gaz sanoatining yuqori sur’atlar bilan rivoj lanishi ta’sirida ilm-fan yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish, tarmoqning dolzarb ilmiy-texnik muammolari ustida tadqiqot ishlarini olib borish hamda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar bilan jiddiy shug‘ullanish uchun katta ehtiyoj paydo bo'ldi. Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, 2009-yilning 7-8-oktabrida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining Qorovulbozor shahridagi madaniyat saroyida «O‘zbekiston neft va gazini qayta ishlashning dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o'tkazildi. Ushbu anjuman qarorida neft-gaz sanoatining rivojlanishi uchun quyidagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan: uglevodorodli xomashyolarni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish va bu jarayonga ikkilamchi qo‘shimcha mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini jalb etish;- O'zbekistonda gaz turbinali dvigatellar uchun yuqori sifatli yoqilg'ilarning ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirish- tabiiy gaz va nelt mahsulotlarini chuqur tozalash va quritish maqsadida, mahalliy mineral xomashyolar asosida oldindan berilgan xossalarga ega bolgan nanog‘ovakli adsorbentlarni olish texnologiyasini yaratish;- neft-gaz kondensati xomashyosini birlamchi haydashda suv bug‘i o‘rniga uglevodorod bug'laridan foydalanishning yuqori samarali va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;- tarkibida metallami ushlagan yonuvchi slaneslarni kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning samarali usullarini yaratish;
-uglevodorodli xomashyolarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan bug‘-havo aralashmalari tarkibidan yengil uchuvchan uglevodorodlami ajratib olish uchun yuqori samarali jarayonlar va uskunalar ishlab chiqish;
- mahalliy xomashyolar asosida erituvchilar, deemulgatorlar, katalizatorlar, sorbentlar, stabilizatorlar, qo‘ndirmalar, yemirilish indikatorlari va boshqa kimyoviy reagentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish.

Download 219.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling