Нефть кимёси ва физикаси ”. fanidan Kurs ishi. Mavzu: Этилен олиниши, хоссалари ва ишлатилиши


Rasm. +о‘shbog‘ - metall π-kompleksida bog‘lar hosil bо‘lishi (tо‘lgan orbitllar shtrixlangan, tо‘lmagan va bо‘shashtiruvchi orbitallar shtrixlanmagan)


Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1191087
1   2   3
Bog'liq
Нефть кимёси ва физикаси ”. fanidan Kurs ishi. Mavzu Этилен оли

Rasm. +о‘shbog‘ - metall π-kompleksida bog‘lar hosil bо‘lishi (tо‘lgan orbitllar shtrixlangan, tо‘lmagan va bо‘shashtiruvchi orbitallar shtrixlanmagan).

Metall ionii bilan etilen ta’sirlashuvi suvli eritmada olib borilsa gidratlangan π-kompleks hosil bо‘ladi.





Etilenning, umuman alkinlarning π-kompleksi kо‘plab muhim reaksiyalarda oraliq mahsulot sifatida qatnashadi. Simob tuzlari bu yо‘nalishda alohida о‘rinni egallaydi.


Etilen oksosintez (gidroformillash) reaksiyasiga ham kirishadi. Kobaltli katalizatorlar ishtirokida bosim ostida uglerod (II) oksid iva vodorod etilen bilan ta’sirlashib propion aldegid hosil qiladi.



Bu reaksiya O.Roelen tomonidan Fisher-Tropsh hodisasini о‘rganish jarayonida (1938) ochilgan va muhim sanoat ahamiyatiga ega.


Oksosintezda odatda katalizator sifatida g‘ovakli tashuvchi (nositel) sirtiga о‘tkazilgan metall holidagi kobalt yoki uning tuzlari ishlatiladi. Kislotali xususiyatga ega kobalt tetrakarbonilgidridning – HCo(CO)4 ham katalizator sifatida qо‘llanilganligi ma’lum (kislotaligi jihatidan HNO3 va HCl kislota oralig‘ida joylashgan).



Gidroformillash reaksiyasi mexanizmi juda murakkab bо‘lib, bunda kobalt tetrakarbonilgidrid kuchli kislota sifatida qо‘shbog‘ga birikadi degan tasavvurlar mavjud.





Ikkinchi yо‘nalish bо‘yicha esa π-kompleks hosil bо‘lishi va etilen molekulasining H-Co bog‘ga SO Kirishi bilan tushuntiriladi:





Sо‘ngra S-SO bog‘ga SO kirishi bilan kobaltorganik birikma hosil bо‘ladi.





U birikma (kobalttetrakarboniletan) kobalt tetrakarbonilgidrid ta’sirida parchalanadi va asosiy mahsulot hosil bо‘ladi.





Katalizator esa reaksiya sharoitida regeneratsiyalanadi:





Etilen oksidlanish reaksiyasiga ham kirishadi. Reaksiya oksidlovchi tabiatiga qarab bir necha turga bо‘linadi: KMnO4 va CrO3 ta’sirida oksidlash, peroksikislotlara yoki kislorod ishtirokida oksidlash, ozonlash. Palladiy tuzi ishtirokida oksidlash.


Etilen KMnO4 ning kuchsiz ishqoriy suvli eritmasida oksidlanadi. Eritmaning siyoh rangi о‘zgarib qо‘ng‘ir rangli chо‘kma (MnO2) tushadi. Reaksiyada etilenglikol hosil bо‘ladi.



Reaksiya YE.YE.Vagner tomonidan о‘rganilgan. Reaksiyada gidroksil guruhi stereoselektiv holatda sis- birikadi.





Alkillarga sirka kislota eritasida CrO3 ta’sir ettirilganda qо‘shbog‘ uzuladi va aldegid yoki keton hosil bо‘ladi.





Etilen peroksikislota yoki kislorod bilan oksidlanganda esa epoksid (etilen oksid) hosil bо‘ladi. Peroksikislota sifatida peroksibenzoy kislota (Prilejayev reagenti) qо‘llanilishi mumkin.





Katalizator ishtirokida kislorod ta’sir ettirilganda ham xuddi shunday etilen oksid hosil bо‘ladi.





Bu reaksiya sanoatda etilen oksid olish uchun qо‘llaniladi. Etilen oksidi sanoatdagi muhim moddalardan hisoblanadi (1990 yilgi ma’lumotga kо‘ra yiliga 3 mln. tonnadan ortiq ishlab chiqariladi).


Epoksi xalqasining tuzilishi deyarli tо‘g‘ri uchburchakdan iborat (≈60 0S) bо‘lib, qutbli. Dipol momenti μq6,28·10-30 Klxm. Oddiy efirlarda esa SOS burchak 109-112 0S, μq4·10-30 – 4,38·10-30 Klm.
Etilen ozon ta’sirida oksidlanib, portlovchi modda ozonid hosil qiladi.



Etilen palladiy tuzi ishtirokida suv bilan ta’sirlashib, aldegid hosil qiladi.





Ma’lumki PdCl2 etilen bilan π-kompleks hosil qiladi. π-kompleks bilan suv birikib palladiyorganik birikma, uning parchalanishidan esa (yenol forma – vinil spirt orqali) sirka aldegid va palladiy hosil qilinadi.





Bu reaksiya sanoatda etilendan sirka aldegid olishda qо‘llaniladi. Eritmaga SuCl2 qо‘shish bilan ajralib chiqqan palladiy PdCl2 ga о‘tkaziladi. Hosil bо‘lgan CuCl esa havo orqali CuCl2 ga oksidlanadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling