Neftni qayta ishlash jarayoni
Download 121.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqJaloliddin
NEFTNI QAYTA ISHLASH JARAYONI Tezmiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi. Ergashev Jaloliddin Hasanovich. Tel: +998971501999 E-mail: ergashevjaloliddin375@gmail.com Neftni qayta ishlash sanoati — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996- yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilgʻi yoʻnalishida. Neftning kimyoviy tarkibi va neftni qayta ishlash to’g’risida qisqacha ma’lumot. Neft fraksiyalari va neftni haydash qurilmalari. Sanoatda neft juda katta ahamiyatga ega, chunki undan xalq xо‘jaligi ehtiyojlarini qondiruvchi turli xil maxsulotlar olinadi. Masshtan, neft raketalar uchun, dizel hamda ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg‘i olishda eng boy manba hisoblanadi. Neftdan fakatgina mashinalar uchungina emas, balki uy-rо‘zg‘orda. korxonalarda ham yoqish uchun ishlatiladigan mahsulotlar (tabyiy gaz, qoramoy- «mazut») chiqadi. Surkov moylari, alkan moyi. ya’ni vazelin va boshqalar ham neft mahsulotidir. Neft tarkibidagi maxsulotlarni ajratib olish uchun u turli usullar bilan qayta ishlanadi. Bu usullar orasida keng tarqalgani neftni fraksion haydashdir; bunda neft tarkibidagi mahsulotlar qaynash haroratiga qarab birin-ketin ajralib chiqadi. Neft haydalganda avvalo uning eng yengil qismi - gazsimon uglevodorodlar ajralib chiqadi. Neft haydalganda, asosan, uch xil fraksiyaga ajratiladi: 1). -150° gacha - gazolin ya’ni benzinlar. 2) -150° dan 300° gacha- kerosin. 3). - 300° dan yuqori - neft qoldigi, ya’ni koramoy (mazut). Neft yonilg‘ilarining asosiy turlari va sifati. Neft moylari, turlari va ularni olish usullari. Beizinlar fraksiyasi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarining soni 5 dan 9 gacha bо‘ladiganyengilutlevodorodlardan iborat bо‘lib, ulardan quyidagi mahsulotlar olinadi. -Yengil benzin-gazolin yoki petroley efiri. Qaynash harorati 40-70 C, solishtirma massasi 0,64-0,66 g/m1. Petroley efiri asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi. -O’rtacha benzin (haqiqiy benzin). Qaynash harorati 70-120 °C; zichligi 0,70g/sm Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga kо‘ra aviatsion, avtomobil benzini va hokazolarga bо‘linadi. Texnikada о‘rtabenzin fraksiyasi, asosan, ichki yonuvchi dvigatellarida yonilg‘i sifatidaishlatiladi. Ogir benzin yoki boshqacha aytganda ligroin. Qaynash harorati 120-140 °C; solishtirma massasi 0,73-0,77 g/sm3. Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyani tashkil kilgan uglevodo-rodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 9 dan 16 gacha buladi. Kerosin fraksiyasi maxsus usullar bilan tozalangach, traktor dvigatellarida va uy-ruzgorda yonilgi sifatida ishlatiladi. Qoramoy (mazut) fraksiyasi. Bu fraksiyadagi uglevodlar molekulasida uglerod atomlarining soni 16 va undan ortik buladi. Koramoy kayta ishlanganda, masalan, xaydalganda u parchalanib ketishi mumkin. Shu sababli mazut suv bug‘i vositasida yoki vakuumda haydaladi. Mazutdan solyar moylar, turli surkov moylari, vazelin, alkan va boshqalar olinadi. Solyar moy va surkov moylari texnikada keng kulamda ishlatiladi; solyar moylardan dvigatellar uchun yonilgi sifatida, surkov moylari esa mashina mexanizmlarini moylash uchun foydalaniladi. Vazelin-meditsinada, alkan esa kimyo sanoatida keng qо‘llannladi.Qoramoynnng turli fraksiyalari haydalib bо‘lgach, qolgan qoldik, gudron deb ataladi. Gudrondan sun’iy asfalt tayyorlanadi. Sanoatning tobora usib borayotgan talabini neftdan tug‘ridan-tug‘ri haydash usuli bilan ajratib olinadigan benzin miqdori qondira olmay qoldi. Chunki iyeft haydalganda undan 5-20 % mikdoridagina benzin olinadi, xolos. Shu sababli neft texnologayasini о‘zgartirishga, ya’ni benzin fraksiyasini boshqa fraksiyalar hisobiga, asosan, yuqori haroratdagi fraksiya hisobiga oshirishga tug‘ri keldi.Neftdan olinadigan benzinnnng mikdori kreking jarayoni yordamida amalga oshiriladi. (kreking sо‘zi inglizcha sо‘z bо‘lib - parchalanish demakdir). Bu jarayon natijasida neft tarkibiga kiruvchi yuqori molekulali uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulali uglevodorodlar hosil bо‘ladi. Download 121.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling