Neftni qayta ishlash sanoati Vikipediya, ochiq ensiklopediya Neftni qayta ishlash sanoati
Download 123.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Neftni qayta ishlash sanoati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu sahifa oxirgi marta 10-May 2022, 23:36 da tahrir qilingan.
Neftni qayta ishlash sanoati Vikipediya, ochiq ensiklopediya Neftni qayta ishlash sanoati — og ʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan ma ʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo bo ʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning to ʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O ʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal sur ʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959- yilda Farg ʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan O ʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda Farg ʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilg ʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilg ʻi yoʻnalishida. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilg ʻisi, koks, parafin, motor moylariga qo ʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o ʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o ʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoatii.s. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan (yana qarang Yoqilg ʻi sanoati, Neft sanoati). Abdurahim Ortiqov. [1] 1. O ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqolada O ʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma ʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Neft ni_qayta_ishlash_sanoati&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog ʻiga almashtirish kerak. Manbalar "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Neftni_qayta_ishlash_sanoati&oldid=2534603" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 10-May 2022, 23:36 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qo ʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Download 123.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling