Neftni qayta ishlashda termik kreking
Termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi
Download 0.83 Mb.
|
1493307461 68027
Termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi
Termik kreking jarayonining asosiy maqsadi texnik uglerod ishlab chiqarish uchun xom – ashyo ishlab chiqarishdir. Xom – ashyo sifatida og’iri katalitik gazoyllar aralashmasi va moylarni selektiv tozalashdan olingan distillashli ekstraktlar ishlatiladi. Kreking jarayonida termogazoyldan tashqari, gaz, benzin fraksiyasi va kreking qoldiq olinadi. Termogazoylning asosiy sifat ko’rsatgichlari quyidagilar hisoblanadi: korrelyastiya indeksi, oltingugurt miqdori, frakstion tarkibi qovushqoqligi va qotish temperaturasi2. Xom – ashyo 1 – nasos orqali so’rib olinib 20-issiqlik aralashtirgichda kreking qoldiq issiqligi hisobiga qizdirilib 11-rektifikastion kolonnaga ikki oqimda pastki sekstiyasiga beriladi. 11 – kolonna yarim yopiq tarelka bilan ikki qismga bo’lingan: bug’lar pastki qismidan yuqori qismga o’tadi, suyuqlik esa kolonkani ishdagi karmanlarda yig’iladi. Bu erdan suyuqlik 9-nasos yordamida olinib, 3 – zmeevikli pechga beriladi. Kolonnaning pastki qismidan xom – ashyoning og’ir qismi 10-nasos yordamida olinib 2-zmeevikli pechga beriladi. 2-3 zmeevikli pechdan chiqayotgan kreking mahsuloti 4-reakstion kameraga va undan so’ng 7-yuqori bosimli bug’latgichga o’tadi. Bu erda aralashmadan suyuq kreking qoldiq ajratilib redukstion klapan orqali 12-past bosimli bug’lanuvchi kolonnaga tushadi. 7-kolonnani yuqoridan chiqayotgan gaz va bug’lar 11-kolonnani pastiga yuboriladi. 11-kolonna yuqorisidan benzin va gaz fraksiyalari chiqib, 6-xolodilnik kondensatorda sovutiladi. keyin 5-gazoseparatorda aralashma gaz va benzinga ajratiladi. Gaz GFUga benzin esa barqarorlashtirishga yuboriladi. 8-nasos yordamida benzinning bir qismi 11-kolonna yuqorisiga sug’orishga beriloadi. 12-kolonnada bosimning pasayishi hisobiga kreking qoldiqdan gazoyl fraksiyasi ajraladi. 12kolonnada kondensastiyalanmagan bug’lar 13-kondensator sovutgichda sovutilib kondensat 14-yig’gichda yig’iladi. Bu erda kondensatning bir qismi sug’orish maqsadida 15-nasos orqali 12-kolonna yuqorisiga qaytariladi balansdan tashqarisi chiqarib yuboriladi. Kreking qoldiq 16-nasos bilan olinib 17-vakuumli kolonnaga beriladi. Termogazoyl 17-kolonnaning 17-tarelkasidan oraliq mahsulot sifatida chiqariladi. Kokslanishni oldini olish maqsadida kreking – qoldiqga qovushqoqligi kam bo’lgan mahsulot bilan aralashtiriladi. Kreking – qoldiq bitum ishlab chiqarishda ishlatiladi. Vakuum kolonnada termogazoylnit chiqishi 72% (mass xom ashyo). Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling