Neftning paydo boʻlishi
Download 19.33 Kb.
|
31 mavzu
Neftning paydo boʻlishi (Ey Muhammad!) Eng oliy zot boʻlmish Rabbingizning ismi bilan tasbeh ayting! Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan, barchaga munosib yoʻlni belgilab, (oʻsha yoʻlga) hidoyat qilib qoʻygan, oʻtloqni undirib chiqarib, soʻngra uni qoramtir xazon qilib qoʻygan zotdir. («Aʻlo» surasi, 1-5-oyatlar) Bizga maʻlumki, neft dengizdagi oʻsimliklar va hayvonlarning qoldiqlaridan paydo boʻladi. Bular dengizning tubida millionlab yillar davomida chirigandan soʻng u yerda faqat yogʻli moddalargina qoladi. Bu yogʻli moddalarning suv osti quyqasi va qoyalari tagida qoladiganlari keyinchalik neft va gazga aylanadi. Yer qobigʻidagi harakatlar baʻzida dengiz tubining qotishi va minglab metr chuqurlikda koʻmilib ketgan neftni oʻz ichiga olgan qoyalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shakllangan neft baʻzida bir necha kilometr pastlikdagi jinsli qatlamlarning teshiklari orqali sizib chiqib, yuzada bugʻlanadi (gazga aylanadi) va ortda juda koʻp bitum qoldiradi. «Aʻlo» surasining birinchi toʻrt oyatida koʻrinadigan uchta element neft paydo boʻlishi bilan oʻxshashdir. «Oʻtloq yoki yaylov» maʻnosini anglatuvchi «marʻaa» atamasi neft paydo boʻlishidagi organik asosli moddalarni nazarda tutayotgan koʻrinadi. Oyatdagi ikkinchi soʻz «ahvaa» qoramtir-yashil, yashilnamo qora, tim qora yoki qorakuya ranglarini tasvirlashda ishlatiladi. Bu soʻz yer ostida toʻplangan tashlandiq oʻsimliklar moddasining asta-sekin qora rangga aylanishini tasvirlaydi deb oʻylash mumkin, chunki bu soʻzlardan keyin «gʻusaa» soʻzi kelmoqda. «Xazon» deb tarjima qilingan «gʻusaa» soʻzi, «koʻmilib ketgan suv oʻsimligi, vodiylarda toʻplanayotgan va tarqalayotgan tashlandiq modda orqali kelib chiqqan oʻsimliklar, chiqindi, barglar yoki koʻpik» maʻnolarini ham anglatadi. Soʻzda nazarda tutilgan «qayt qilish» degan ajralmas maʻnoga qoʻshimcha qilib, uni «qayt qilingan moddani chiqarib tashlamoq» deb ham tarjima qilsa boʻladi va u yerning neftni «qayt qilib» tashlashini ham bildiradi. Aslida, neftning shakllanishi, uning paydo boʻlish usuli, koʻpiksimon koʻrinishi va rangi nuqtai nazaridan olib qaraganda, oyatlardagi soʻzlarning qanchalik donolik bilan ishlatilganligini koʻrish mumkin. Muhokama qilganimizdek, oyatdagi oʻsimlikning qora va yopishqoq suyuqlikka aylanishi neftning shakllanishiga juda ham oʻxshab ketadi. Koʻp yillar ilgari neftning paydo boʻlishi nomaʻlum boʻlgan bir paytda bunday maʻlumotning tasvirlanishi, shubhasiz, Qurʻon Allohning vahiysi ekanligining yana bir isbotidir. Download 19.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling