Nelarning ishlash rejimlari va ularni tahlil etish usullari


Download 26.39 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi26.39 Kb.
#1044771
Bog'liq
NElarning ishlash rejimlari va ularni tahlil etish usullari


NElarning ishlash rejimlari va ularni tahlil etish usullari.
Nochiziqli elementlar va nochiziqli elektr zanjirlarda kirish signali spektrining boyishi va qiymatining o‘zgarishi hodisasi ro‘y beradi. Boyigan tok spektrining ba’zilari foydali, qolganlari foydasiz hisoblanadi. NE va NEZ lari kirish tebranishlari (kirish kuchlanishi, signali) soniga qarab: Monogarmonik – bitta kirish tebranishi 𝑢𝑘 (𝑡) = 𝑈𝑘 cos(𝜔0𝑡 + 𝜑0) ; (4.1) Bigarmonik – ikki kirish tebranishi 𝑢𝑘 (𝑡) = 𝑈𝑘1 cos(𝜔1𝑡 + 𝜑1 ) + 𝑈𝑘2 cos(𝜔2𝑡 + 𝜑2 ) ; (4.2) Poligarmonik – bir necha kirish tebranishi.

rejimlari farqlanadi. Bundan tashqari bigarmonik rejimi tebranish chastotalari 𝜔1 va 𝜔2 larning o‘zaro nisbatiga qarab quyidagicha farqlanadi: sinxron rejim, agarda 𝜔1 ni 𝜔2 ga nisbati katta bo‘lmagan sonlar nisbatida bo‘lsa, ya’ni

va asinxron rejim, agarda 𝜔1 ning 𝜔2 ga nisbati katta bo‘lmagan sonlar nisbatida bo‘lmasa. NE va NEZ larida o‘tayotgan tokni garmonik tashkil etuvchilarga yoyish va ularning qiymatlarini aniqlash masalasining turli usullari mavjud: 1. Karrali argumentli trigonometrik funksiyalardan foydalanish usuli. Bu usuldan NE VAXi n-darajali polinom bilan approksimatsiyalanganda foydalaniladi. 2. Kesish burchagi (Berg) usuli. Bu usuldan NE VAXsini siniq chiziq bo‘lakchalari bilan approksimatsiyalanganda foydalaniladi.
3. Bessel funkiyasidan foydalanish usuli. Bu usuldan NE VAXsini eksponentasimon funksiya bilan approksimatsiyalanganda foydalaniladi. 4. 3 va 5 ordinatalar usuli. Bu usuldan foydalanganda NE VAXsini approksimatsiyalash talab etilmaydi. Tok spektral tashkil etuvchilari grafo-analitik usulda aniqlanadi.
Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling