Nematov shaxob
Download 412 Kb. Pdf ko'rish
|
NEMATOV SH. Qatog'on siyosati
"aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish ham
Usmon Nosir uchun beiz ketmadi. U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan. Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi. 1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni olib ketadilar. Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi. Yoki ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan. Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: "Kalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman". Usmon Nosir huddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan yorug` yulduz edi. U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi. Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi. Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek edi. Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi aniq bo`ladi. Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon! Uyg`unnikiga borib, mening narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor.. Kerakli narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar. Lekin shoirdan tonmagan tanishlari ham yo`q emas edi. 1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni tutqazadi. Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham Download 412 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling