Nemischa sifat timsoli Mercedes-Benz'ning muvaffaqiyat tarixi


Download 18.98 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi18.98 Kb.
#1234816
Bog'liq
New Документ Microsoft Word


Nemischa sifat timsoli – Mercedes-Benz'ning muvaffaqiyat tarixi
Business Class (https://m.kun.uz/uz/news/category/businessclass)19:17 / 27.08.2021 315739
Qariyb 1,5 asr barchaga taniqli, sevimli va qadrdon bo‘lishning siri nimada? Kun.uz'ning “Business class” loyihasida shu haqda so‘z yuritamiz.
Shonli tarix
XIX asrning oxirlarida germaniyalik ikki ixtirochi Karl Bens va Gotlib Daymler o‘z mashinalarini yaratishdi. Ular dastlab o‘zaro raqobatchi edi, chunki har ikkala ixtirochi o‘zining avtobiznesiga asos solgandi. 1926 yildagi hamkorlik yirik tarixiy kelishuv bo‘ldi va Mercedes-Benz kompaniyasi faoliyat boshladi.
Karl Bens (chapda) va Gotlib Daymler (o‘ngda)
Mercedes brendining nomi undan avvalroq kelib chiqqan. 1901 yilda biznesmen Emil Yellinek qizi Mersedesning tug‘ilgan kuniga sport avtomobili sovg‘a qilishni niyat qilib, Daymlerdan shu nom bilan mashina yaratishni so‘raydi. 35 ot kuchiga ega avtomobil muvaffaqiyatli chiqadi va uni seriyali ishlab chiqarishga qaror qilishadi, Mercedes nomi esa shundan beri tillardan tushmaydi.
35 ot kuchiga ega ilk Mercedes
Daymler va Bens hamkorligi avtomobil sanoatida eng uzoq davom etgan sheriklik hisoblanadi.
Ayni paytda Mercedes-Benz – Daimler AG konserni tarkibidagi kompaniyadir. Konsern kapitali 74 mlrd yevroni tashkil qiladi va umumiy aylanmaning 50 foizi aynan Mercedes'ga tegishli.
Logotip
Uch qirrali yulduzni ko‘rganingizda xayolingizga nima keladi? Bu savolga avtomobildan xabari yo‘q odam ham javob bera oladi. Bu – Mercedes.
Kompaniya avtotransport vositalaridan tashqari, samolyotlar va kemalar uchun motorlar, ehtiyot qismlar ham ishlab chiqargani sababli logotipdagi uch qirrali yulduz samoda, suvda va yerda insonlarga xizmat qiluvchi brend ramzi hisoblanadi. Belgining sodda va esda qolarli dizayni uni butun dunyoda unutilmas va taniqli qilib qo‘ydi.
Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan: 1902, 1909 (2 marta), 1916, 1926, 2008, 2009 va 2011 yillarda.
Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan
Urush davridagi inqiroz
1941 yilda 2-jahon urushi boshlandi. Butun dunyo inqirozni boshdan kechirdi. Kompaniya faoliyatiga ham bu qattiq ta'sir qildi, hatto yopilish arafasiga kelib qoldi.
1945 yilda Mercedes zavodlari bombalar ostida butunlay vayron bo‘ldi. Ammo kompaniya izlanishdan to‘xtamadi. 1947 yilda Germaniya kansleri Konrad Adenauer uchun yaratilgan Mercedes 300 modeldagi Limuzin avvalgi modellardan tubdan farq qildi va nemis mashinalarining shuhratini yana qaytara boshladi.
Germaniya kansleri Konrad Adenauer uchun yaratilgan Mercedes 300 modeldagi Limuzin
“Mers” – hozirgi kunda
O‘tgan 135 yil davomida kompaniya yuqori sifatli avtotransport vositalari, avtobuslar, samolyotlar va kemalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayniqsa, avtomobillar borasida o‘zining omadli loyihalarini amalga oshira oldi.
2016 yilda Mercedes-Benz 43,5 mlrd dollarga baholanib, Toyota'dan keyingi 2-o‘rinda edi. Ammo kompaniya 2019 yilga kelib, 60,4 mlrd dollarga baholandi va 1-o‘ringa chiqib oldi.
Dunyoning eng qimmat brendiga aylangan Mercedes modellari hashamat, ishonch, kuch va hurmat ramzi hisoblanadi. Mercedes'ning omad kalitlaridan biri – u har doim klassik dizayn va eng zamonaviy intererni birlashtira olardi.
Mercedes'ning ommalashuviga yana bir asosiy sabab – uning narxi oddiy iste'molchi uchun ham qulay bo‘lib, elita uchun ham tinimsiz yangi eksklyuziv modellar taqdim etib boriladi.
Reklamalari ham yorqinligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi – kompaniya marketingga katta e'tibor qaratadi. Marketing uchun xarajatlarini hech qachon ochiqlamagan bo‘lsa-da, Mercedes'ning Formula-1dagi jamoasi rahbari Toto Volfning aytishicha, jamoaning poygada ishtiroki uchun “Daymler” konserni aylanmasining 10 foizi sarflanadi.
Gigant kompaniya 135 yillik faoliyati davomida brend o‘zining raqobatbardoshligini saqlab qolish, haqiqiy shedevrni taqdim etish uchun texnik imkoniyatlarini muntazam oshiradi. Shu maqsadda yo‘lga qo‘yilgan “aqlli” avtolar buning isbotidir.
Avtomobil bozorida lider bo‘lmish Mercedes'ning C klassdagi modellari Ginness rekordlar kitobiga “Eng chidamli avtomobil” sifatida kiritilgan. Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida ham aynan S klassdagi avtomobillar 10 000 000 dan ortiq sotilgani bilan o‘rin egallagan.
Mercedes-Benz C-Class
Mercedes kompaniyasida hozirda 152 mingdan ortiq odam ishlaydi. Kompaniya erishgan yutuqlar barchasi xodimlar tufayli deb biladi va rahbariyat ular uchun barcha sharoitni yaratadi. Masalan, xodimlar uchun taqdim etilgan ijtimoiy paketda bepul tibbiy xizmat, sug‘urtalar, til o‘rganish va o‘qish uchun to‘lovlar, bepul ovqatlanish kiritilgan.
Xodim o‘zini yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida his qilishi ish beruvchi uchun muhim. 1997 yildan buyon Mercedes kompaniyasida yo‘lga qo‘yilgan tizimga ko‘ra, xodimlar har bir yaxshi ishi uchun mukofotlanadi. Misol uchun, bir yilda konsern faqatgina yuqori klassdagi avtomobillar sotuvidan 13 mlrd yevro daromad qilgan va rahbariyat shu daromadning bir qismini konsernda ishlaydigan 130 mingdan ortiq ishchilarning har biriga 5400 yevrodan mukofot sifatida ulashgan.
Balki shular sabab kompaniya 2017, 2019 va 2020 yillarda “Eng jozibali ish beruvchi” sifatida tan olingan.

2019 yilda kompaniya 173 mlrd yevro daromad qilgan edi. Pandemiya sabab bu ko‘rsatkich 2020 yilda 154 mlrd yevroni tashkil qildi. Ko‘rish mumkinki, kompaniyaning yengil avtomobillar va tijorat transport vositalari sotuvi 15 foizga kamaygan. Ammo urush davridagi inqirozni yengib o‘tgan Mercedes uchun bu qiyin ish emas. Pandemiya sharoitida ham kompaniya ish sur'atini pasaytirmaslik uchun avtomobil konveyer usulida yetkazib berish xizmatini dunyoda birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ydi.
Kompaniyaning Shtutgart shahridagi bosh shtab kvartirasi
Mercedes zavodlari Germaniya, Avstriya, AQSh, Braziliya, Xitoy, Malayziya, Turkiya, Rossiya, Janubiy Afrika, Vengriya kabi ko‘plab davlatlarda avtomobillar ishlab chiqarmoqda.
Mercedes zamon bilan hamnafas bo‘lishni yaxshi ko‘radi va shunga intiladi. Hozirda u ekologik tejamkor avtomobillar ishlab chiqarish uchun tadqiqotlar olib bormoqda va buni yo‘lga qo‘yish uchun 14,5 mlrd yevro sarmoya kiritgan.
Faktlar
O‘z tarixi davomida Mercedes kompaniyasi avtopoygalar uchun avtokarlar, ya'ni poyga modellarini ham taqdim etgan. Bu bilan ishlab chiqaruvchilar nemis mashinasining texnik imkoniyatlarini namoyish etishgan. 1930-1950 yillardagi avtopoygalar davri Mercedes'ning uchar modellari sabab “Kumush o‘qlar erasi” degan nom oldi.
1938 yilda yaratilgan 770 modelidan shaxsan Adolf Hitler foydalangan.
Barcha avtomobilsozlarga yo‘lchi yulduz bo‘lgan afsonaviy brend bugun 134 yilligini nishonlamoqda. 
Mercedes-Benz markasi butun dunyo avtomobil ishqibozlari uchun nafaqat eng taniqli, eng sifatli brendni anglatadi, balki “avtomobil” tushunchasini ham ifodalaydi. Bu haqiqat uning tarixiy ahamiyati bilan ham chambarchas bog‘liq: bundan roppa-rosa 134 yil avval nemis injeneri Karl Bens “benzin dvigatelli transport vositasi”ga rasman patent oldi.
1886-yilning 29-yanvarida sodir bo‘lgan bu voqea nafaqat nemis, balki butun dunyo avtosanoatiga asos soldi. Aynan mana shu kun Bens familiyali nemis injeneri va novatori o‘zining ixtirosi – benzinli motor bilan harakatlanuvchi dunyoda birinchi avtoga № 37435 raqami ostidagi patentni olgan edi. 
Albatta, Bensning ixtirosi hozirgi zamonaviy avtomobillarning qiyofasidan katta farq qilardi: u to‘rt taktli dvigatelini uch g‘ildirakli velosipedga o‘rnatgandi.
Xuddi shu yilning o‘zida, Bensga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda injener-konstruktor Gotlib Daymler ham o‘zining motor qo‘yilgan aravasini yaratdi. Daymler to‘rt taktli ichki yonuv dvigatelini bir slindrga yig‘di. Bu yangi texnologiyani ishlab chiqishda unga injener Vilgelm Maybax yordam bergan.
Karl Bens, Gotlib Daymler va Vilgelm Maybax
Har ikkala injener hamkorlari va investorlari yordamida xususiy firma ochishadi. 1883-yilning oktabr oyida Bens Mangeymda Benz&Cie firmasini tashkil etdi. Daymler esa 1890-yilning noyabrida Daimler-Motoren-Gesellschaft (DMG) savdo markasiga asos soldi. 1901-yildan boshlab Daymlerning kompaniyasi o‘z avtomobillarini Mercedes savdo markasi ostida chiqarishni boshlaydi. 
Afsonaviy markaga avstriyalik biznesmen Emil Yellinkaning Adriana ismli qizining taxallusi – Mersedes nomi berildi. Uning otasi Monakoning faxriy vitse-konsuli bo‘lib, juda badavlat edi. Zamonaviy texnologiyalar bilan qiziqardi. Uning iltimosiga ko‘ra, 1897-yilda Gotlib Daymler transport vositasiga 6 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 silindrli dvigatel o‘rnatadi. Loyiha muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng u o‘shanday 4 ta dvigatelga buyurtma beradi va yaxshi foyda ko‘radi.
O‘sha Mersedes
Dastlabki “Mercedes” 1901-yilda ishlab chiqarilgan 35 NR modeli 35 ot kuchiga ega, 4 slindrli dvigatel bilan harakatlanardi. G‘ildiraklari keng, tortish markazi past va egilgan rul ustuniga ega edi. Og‘irligi 900 kilogramm. Soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanadi. Modelning dizaynini Vilgelm Maybax yaratgan. 

Germaniyada o‘tgan asr boshida eng mashhur bo‘lgan bu ikki ishlab chiqaruvchi kompaniya 1926-yilda birlashtiriladi. Bu birlashuv ularga urushdan keyingi og‘ir yillarni zarar ko‘rmasdan bosib o‘tishga va o‘z bizneslarini yana-da kengaytirishga imkon yaratdi. 
Birlashgan konsern “Daimler-Benz AG” deb ataldi, yana bir nemis konstruktori Ferdinand Porshe unga rahbarlik qila boshladi. Keyinchalik u yana bir afsonaviy brend – Porsche’ga asos soldi. 
Birlashgan konsern o‘z mahsulotlarini bitta umumiy nom – eng mashhur mashina hamda o‘z asoschisi Karl Bens hurmati uchun Mercedes-Benz nomi ostida ishlab chiqara boshlaydi.
Bens kompaniyasidan meros bo‘lib qolgan, atrofi gulchambar bilan o‘ralgan uch qirrali yulduz timsoli “Daimler-Benz AG” kompaniyasining ham logotipiga aylanadi. Keyinchalik gulchambar oddiy halqa bilan almashtiriladi va bu logotip hali hamon qo‘llanib kelinmoqda.
Mercedes kompaniyasi logotipi 
Bens va Daymler kompaniyalarining hamkorligi avtomobilsozlik sanoatidagi eng uzoq davom etgan hamkorlik sanaladi. Ularning bunday munosabati 1998-yilgacha yetib kelgan. K rusumi bu hamkorlikning ilk mevasi sanaladi. Ulardan keyin dizayneri Gans Nibel bo‘lgan Mercedes CCK va SSKL dunyo yuzini ko‘rgan. Nibel avtomobilning kabriolet turini va kuzovning rallilarga mo‘ljallangan bir qator modellarini taklif etgan. 
Dizel yoqilg‘ili birinchi modelning yaratilishi va ishlab chiqarilishi 1936-1940-yillarga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi Jahon urushi “Daimler-Benz AG”ni yo‘q qilib yuborishiga sal qolgan. Chunki urush davrida uning Shtutgart, Zindelfingen va Mangeymdagi zavodlari yakson bo‘lgandi. Natijada direktorlarning 1945-yildagi yig‘ilishidan keyin “Daimler-Benz” boshqa faoliyat yuritolmaydi, mazmunida ma’ruza ham tayyorlangan. Biroq “Daimler-Benz AG” barcha murakkabliklarga qaramay, juda tez oyoqqa tura oldi. 1947-yilda “170” modelini sotuvga chiqardi. Unga 3 litrli 6 slindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, GFR federal kansleri Konrad Adenauer sharafiga yaratilgan edi. 
Urush yillaridan keyin yaratilgan
Mercedes-Benz avtomashinalari egalarining ta'kidlashicha, ilova masofadan turib qulfdan chiqarish, dvigatelni ishga tushirish va avtomobilning turgan joyini aniqlash, tegishli hisoblar va transport vositalarining ma'lumotlarini boshqa odamlarga etkazib turgan.
Ushbu vaziyatga duch kelgan ikki avtoulov ixlosmandlari, Mercedes-Benz ishlab chiqaruvchisining ilovasiga ulangan avtomobillar boshqa odamlarning ma'lumotlarini namoyish etganini aytishdi.
Natijada ular avtomobil egalarining ismlari, so'nggi faoliyati, telefon raqamlari va boshqa ma'lumotlarni ko'rishga muvaffaq bo'lishgan.
Shunga o'xshash dasturlarni barcha taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchilari ozlarida rivojlantirishga harakat qilmoqda.
Ular avtomobilga ulanib uning egalariga uni topishga imkon beradi, shuningdek transport vositasini masofadan qulflaydi va qulfdan chiqaradi.
Bunga qo'shimcha ravishda, ushbu dasturlar yordamida dvigatelni o'chirib qo'yish yoki ishga tushirish mumkin.
Oz-ozidan rivojlanish jarayoni va avtomobilning tarmoqqa ulanishi ma'lum xavfsizlik xavflarini keltirib chiqaradi.
Ilgari, zaifliklar mashinalarni masofadan turib buzishga yoki ularning harakatini kuzatishga imkon bergan.
Endi Mersedes avtomashinalari bilan bog'liq boshqa muammolar yuzaga kelndi, foydalanuvchilar avtoulov egalarining ma'lumotlarini bexosdan oshkor qilishlariga duch kelishmoqda.
Sietlning ikki nafar fuqarosi, ularning ilovalari mutlaqo boshqa odamlarga tegishli hisoblar to'g'risida ma'lumot taqdim etgani xaqida sozlashdi.
Dastur real vaqtda notanish foydalanuvchilarning joylashuvini kuzatishga imkon bermaydi, ammo ularning so'nggi xatti-harakatlari bilan tanishish mumkin: yaqin orada qaerda bo`lganliklari, qaerga tashrif buyurganlari.
Avtomobil ixlosmandlari Mercedes-Benz vakillari bilan bog'lanishdi, ular ishlab chiquvchilar yangilangan versiyasini chiqarmaguncha dasturni o'chirib tashlashni maslahat berishdi..
Download 18.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling