Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja
Download 22.61 Kb.
|
Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja-fayllar.org 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari
Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja: 1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari 2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi 3. Chikago monetarizm maktabi 4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Neoliberalizm (inglizcha „neoliberalism“) — liberalizmning bir turi bo‘lib, siyosiy va iqtisodiy falsafaning 1930-yillarda vujudga kelgan va 1980-90 yillarda mafkura sifatida shakllangan yo‘nalishidir. Terminning o‘zi birinchi marta 1938-yilda Valter Lippmanning Parij kollokviumida ishlatilgan. Terminning mualliflari fransuz iqtisodchisi Bernar Lavern va uning nemis hamkasbi Aleksandr Ryustou hisoblanadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.). Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi. Download 22.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling