Neolit davri va uning o’rganilishi. Joytun madaniyati. Tabiiy geografiyasi


Download 26.7 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2023
Hajmi26.7 Kb.
#1278143
1   2   3
Bog'liq
Neolit davri xususiyatlari

Joytun madaniyati O‘rta Osiyoning janubiyg’arbiy hududida ilk dehqonchilik  bilan shug’ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning izlari faqat Turkmanistonning janubiy—g’arbiy hududlaridan topilgan. Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kuftin, V.M.Masson, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, To‘g’oloqtepa, Chag’illitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun, Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi. Joytun qishlog’ida uch qurilish bosqichi aniqlangan. Unda uylar to‘rtburchak shaklida qurilib, devorlari guvaladan ishlangan va somon bilan suvalgan. Uylarning yonida xo‘jalik xonalari — omborxona, saroy va o‘ralar ham bo‘lgan. Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni tashkil etgan. Har bir uyda (xonadonda) 5-6 kishidan iborat oila yashagan, deb taxmin qilinadi. Joytun madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar ularning dehqonchilik bilan birga, chorvachilik, ovchilik bilan ham shug’ullanib, o‘z davrining katta yutuqlarini qo‘lga kiritganligini ko‘rsatdi.
Miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlari deb hisoblaydilar. Xuddi shu davrda O‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug’ullangan neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik o‘tgan asrning 30–40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topildi va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan kiritildi. Unga Amudaryoning Oqchadaryo o‘zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom berilgan. Kaltaminor madaniyati asosan O‘zbekiston xududida tarqalganligini sababli quyida shu haqda ko‘proq to‘xtalamiz.
Oqchadaryo havzasidan ko‘plab neolit davriga oid yodgorliklar topilgan bo‘lib, faqat 3-4 ta manzilgohning madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Kaltaminor madaniyatining 3 bosqichi aniqlandi – Daryolisoy (mil.avv. VI–IV ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IV–III ming yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. III ming yillik oxiri –II ming yillik boshlariga oid).

Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling