Neolit davri va uning o’rganilishi. Joytun madaniyati. Tabiiy geografiyasi


Download 26.7 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi26.7 Kb.
#1278143
1   2   3
Bog'liq
Neolit davri xususiyatlari

Hisor madaniyati tog’li mintaqalarda yashab, asosan hayvon ovchiligi bilan shug’ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning tog’li mintaqalarida keng tarqalgan. Ularning izlari 300 dan ortiq joydan topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati nomini olgan. Hisor madaniyatining harakterli tomoni, uning aholisi qayroqtosh tosh qurollariga o‘ziga xos ishlov berishgan. Uning ishlanish uslubi o‘rta paleolit davridagiga o‘xshaydi. Sopol idishlar qo‘lda ishlanib, geometrik naqsh berilgan. Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim yerto‘la shakldagi uy qoldig’ini va 4 ta qabrni topib o‘rganganlar. Jasadlar g’ujanak holda yotqizilib, oyoq–qo‘llari bog’langan holda ko‘milgan. Bu mozorlar Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga tegishlidir.  
Sazag’on makoni Zarafshon daryosining o‘rta xavzasida Samarqanddan 30 km janubi–g’arbda joylashgan qishlog’i joylashgan. Sazag’on makonidan neolit davriga oid ko‘plab tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Sazog’on tosh qurollari Darvozaqir materiallariga o‘xshab ketsa–da, ularning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari bor. Jumladan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan axoli ko‘l va daryo boylarida yashab, baliqchilik bilan shug’ullanib, shunga xos mehnat qurollari yaratgan bo‘lsalar, sazog’on madaniyati axolisi tog’li xududlarda yashab, asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar. Shu sabab makonni qazish vaqtida ovchilikkka moslashgan mehnat qurollari bilan birgalikda yovvoiy va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari ham topilgan. Demak, Sazog’on madaniyati aholisi yirik shoxli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, ilk chorvachilik xo‘jaligiga asos solganlar. Mehnat qurollari asosan tosh parchalari va qo‘pol paraqalar asosida yasalgan.Uning tosh qurollarining ishlanish texnikasi Markaziy Farg’onaning mehnat qurollariga o‘xshaydi. Turli qurol aslahalar tarkibida silliqlangan tosh boltalar, qadama toshlar, yog’uchoqlar, kamon poykonlari bor. Sopol idishlari naqshlangan. Shuningdek, makonnni qazish vaqtida neolit davrining so‘nggi bosqichiga oid bir necha qabrlar topib o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar yevropoid irqiga mansub bo‘lgan. Shunday tipdagi odamlar odam qoldiqlari va dafn marosimlari Tojikistondagi Tutkovul makonida kuzatilgan. Makondan topilgan tosh industriyasi va boshqa topilmalarning umumiy xususiyati uning ilk neolit davriga taalluqli ekanligini asoslash bilan birgalikda Markaziy Farg’onadagi shu tipdagi yodgorliklarga o‘xshashligini ko‘rsatdi.
1. Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo. Neolit davrida tosh xom ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi. Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar takomillashgan.
Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar ulgura olmay qoladi; xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik) tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron mavqeiga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i) egallay boshlaydi. 2. Sulton Husayn Amir Temurning evarasi bo‘lib, 1438 yil iyulь (hijriy 842 yil, muharram) oyida Hirotning sharqi-shimolidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi G‘iyosiddin Mansur Boyqaro Mirzoning uchinchi o‘g‘li edi. Boyqaro Mirzoning otasi esa Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umar SHayx (1356—1394), onasi Feruza begim esa ota tomonidan Amir Temurning katta qizi O‘gi Begi xonimning o‘g‘li Sulton Husayn Mirzoning qizi bo‘lib, Feruza begimning onasi Qutlug‘ Sulton begim esa Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning (1366—1408) qizi edi. Darhaqiqat, Husayn Boyqaro Zahiriddin Muhammad Bobur ta’riflaganidek, «Karim ut-tarafayn», ya’ni har ikki tomondan ham nasabi Amir Temur Ko‘ragonga borib tutashadi. Husaynning otasi G‘iyosiddin Mansur 1445 yilda vafot etgach, Husayn 14 yoshigacha maktabda ta’lim oladi va shu maktabda yosh Alisher bilan do‘stlashadi. 1452 yilda yosh Husayn Hirot hukmdori Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. 1457 yili Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng, Husayn Mirzo saroyni tark etib, Marv hukmdori Sanjar Mirzo Marviy saroyiga xizmatga o‘tgach, hukmdor o‘z qizi — 15 yoshli Beka Sultonni unga nikohlab beradi. Biroq, qaynata bilan kuyov o‘rta-siga sovuqchilik tushib, saroydan ketishga majbur bo‘ladi. SHundan so‘ng Husayn Mirzo o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Xorazm, Xuroson, Astrobod, Mozandaron va Jurjon oralig‘ida sargardonliqda umr kechirdi. Bu davr mobaynida Temuriy shahzodalarning toju-taxt uchun olib borgan o‘zaro urushlarida Husayn Mirzo ham faol qatnashib, Hirot hukmdori Sulton Abusayyid Mirzo (1424—1469) halokatidan so‘ng, 1469 yil 24 mart, juma kuni Husayn Mirzo tantana bilan Hirotga kirib keldi va o‘sha kuni Jome’ masjidida uning nomiga xutba o‘qildi.
SHuningdek, Alisher Navoiy ham o‘z hisobidan bir necha madaniy-maishiy binolar, chunonchi «Safoiya» nomli hammom va «SHifoiya» nomli kasalxona qurdirgan.
Tarixchi Xondamirning yozishicha, Xurosonda qirqqa yaqin yirik inshootlar Sulton Husayn Boyqaro davrida vujudga kelgan va Hirotga atrof-tevarakdan olimlar, shoirlar, adiblar, rassomlar, xattotlar, musiqachilar va boshqa har xil hunar ahllari kirib kela boshlagan. Jumladan, o‘sha davrda tabib Husayn Jarroh ichakni kesib davolashda chumolidan foydalanish usulini ixtiro qilgan. Ustod Sayyid Ahmad g‘ijjak, Ustod SHohquli g‘ijjak, Ustod Qul Muhammad udiy, Ustod Husayn udiy, Ustod SHayx Foniy noilar Xurosonda nom chiqargan etuk musiqashunos allomalardan bo‘lgan. Naqqoshlik va xattotlik sohasida Xoja Mirak naqqosh, Mavlono Xoja Muhammad naqqosh va buyuk iste’dod sohibi Ustod Kamoliddin Behzodlar o‘z mahoratlari bilan Xuroson faxri hisoblangan.
3. O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi muhokamalar anchadan buyon davom etmoqda. 10-aprel kuni hukumat a’zolari YeOII bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha deputatlarning savollariga javob qaytardi. 28-aprel kuni esa O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi.
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisi 11-may kuni chaqiriladi. Unda, senatorlar boshqa masalalar qatorida O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi. Ushbu sana oldidan “Daryo” o‘quvchilarga mulohaza uchun material taqdim etadi. YeOII qanday tashkilot? Uning tarixi qanday? Ichki ixtiloflari bormi? U a’zolariga nima berdi va O‘zbekistonga nima bera oladi? YeOII shaffof siyosiy tuzilma bo‘lish istagida ekan, mazkur tashkilotga a’zo davlatlar o‘z mamlakatlarining manfaatlari va qo‘shni mamlakatlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish yuritishlari tashkilot kelajagi uchun foydali. Ammo neft narxining keskin tushib ketishi jarayonida COVID-19 pandemiyasi vaziyatida YeOII o‘rtasida ishonchga asoslangan har qanday umid va taxminlar puch xayol bo‘lib qolaveradi, sababi YeOII mintaqasida Rossiya iqtisodiy jihatdan o‘tmishdagi bozorlarni egallashga har qachongidan ham tayyor. O‘zbekiston va YeOII haqida gap ketadigan bo‘lsa, shuni aytish joizki, YeOII tuzilmasi faqat Rossiya manfaatlari asosiga qurilganini, O‘zbekiston mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kiradigan taqdirda ham ko‘p narsa yutmasligini (o‘zbek migrantlariga beriladigan patent miqdorining pasayishi yoki bekor qilinishi) uqtirish kifoya. O‘zbekiston iqtisodiyoti, ayniqsa, aholisi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishidan ko‘proq foyda ko‘rgan bo‘ladi. Shaffof, erkin iqtisodiyotda barcha YeOIIga a’zolikdan ko‘proq manfaat oladi.
Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrganilgan.
Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. Neolit odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "Neolit inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.
Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan Neolit kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xilhududda oʻziga xos Neolit davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok va Eron) hududlarida miloddan avvalgi 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik oʻlkalarida tosh tishli qadama oʻroq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari ^ugʻdoy, tariq, loviya va sholi kabi bo-’ shokdi oʻsimliklar madaniylashtiril-di, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qoʻlda, soʻngra qoʻl charxida gul-dor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.
Miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yoʻnalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.-gʻarbiy hududlarida Neolit davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qoʻy va qoramol) bilan shugʻullangan boʻlsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.
Neolit davrining oʻtrok, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli oʻroq, pi-choq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish boʻlaklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan oʻtroqqishloqjamoasi yashagan. Xoʻjalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli boʻlgan. Chunki, bu davrda ona urugʻdoshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.
Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy koldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ulkan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng. Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloqroq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning atrofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar girdidan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jayran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.
Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuritilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng. Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvalgi 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi. Neolit davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belarus kabi hududlarida ham oʻrganilgan. Neolit davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni oʻrganib oladilar.
Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling