Nerv tizimi organizmdagi a’zolar faoliyatini boshqaradi va ular
Download 139.52 Kb. Pdf ko'rish
|
NERV TIZIMI
46 Nerv tizimi organizmdagi a’zolar faoliyatini boshqaradi va ular faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizmni tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Nerv tizimining markaziy qismi bosh va orqa miyadan, periferik (chetki) qismi ulardan ketuvchi nervlardan iborat. Barcha nerv tizimi somatik va vegetativ (avtonom) nervlarga ajratiladi. Somatik nervlar organizmni tashqi muhit bilan bog‘lash va qo‘zg‘alishni, vegetativ nervlar moddalar almashinuvi va ichki a’zolar faoliyati (yurak urishi, ichakning qisqarishi, bezlar sekretsiyasi)ni boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi bir muncha mustaqil (avtonom) ishlash xususiyatiga ega, u kishi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni ham bajaradi.
moddasi neyronlar va ularning mayda o‘simtalaridan, oq moddasi qobiq bilan
qoplangan uzun
o‘simtalardan iborat.
Kulrang modda orqa miyaning markazida, bosh miyaning sirtida joylashgan. Qo‘zg‘alishni a’zolardan miyaga uzatadigan nervlar
markazga intiluvchi, ya’ni sezuvchi, qo‘zg‘alishni miyadan a’zolarga o‘tkazuvchi nervlar esa markazdan qochuvchi, ya’ni harakatlantiruvchi nervlar deyiladi. Nerv tolalari birga qo‘shilib nerv boylamlarini, bir necha
boylamlar esa
alohida nervlarni hosil qiladi.
1- Bosh miya; 2- Orqa miya; 3-Orqa
miyadan chiqqan nerv tolalari.
3 2 3 3 1 3
NERV TIZIMI
47 ORQA MIYANING TUZILISHI Orqa miya umurtqa pog‘onasi ichida joylashgan bo‘lib, markazida orqa miya suyuqligi bilan to‘lgan orqa miya nayi bor. Orqa miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi. Orqa miyaning markazidagi kulrang moddasi qo‘shimcha va harakatlantiruvchi neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun o‘simtalaridan iborat. Nerv qo‘zg‘alishlari orqa nervlar orqali a’zolardan miyaga, oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a’zolarga chiqadi. Har ikkala nervlar umurtqa pog‘onasining ikki yonida qo‘shilib, 31 juft aralash nervlarni hosil qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh muskullar yoki terining ma’lum qismini boshqaradi. Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Ko‘pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi. Orqa miyada yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni idora etadigan nerv markazlari bor. Nerv markazlari juda ko‘p qo‘shimcha neyronlardan iborat. 1-Oq moddasi; 2-Kulrang moddasi; 3-Orqa shoxidan chiqqan sezuvchi nerv; 4-Oldingi shoxidan chiqqan
harakatlantirish nervi; 5-Sezuvchi va harakatlantirish nervining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan aralash nerv tolasi.
NERV TIZIMI
48 ORQA MIYANING FUNKSIYASI Orqa miyaning refleks funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat.
Refleks (lotincha-reflexus-aks etish, in’ikos degan so‘zdan olingan) ya’ni organizmning tashqi yoki ichki muhitdagi o‘zgarishlarga, reseptorlar (ichki va idrok etuvchi nerv uchlari)ning ta’sirlanishiga javoban markaziy nerv tizimi yordamida ko‘rsatadigan javob reaksiyasi. Nerv qo‘zg‘alishini qabul qilinib, ishchi a’zolariga uzatiladigan yo‘li reflektor yoyi deyiladi. Reflektor yoyi quyidagi qismlardan; (1) ta’sirni qabul qiluvchi reseptorlar, (2) qo‘zg‘alishni markazga uzatuvchi markazga intiluvchi (sezuvchi) nerv, (3) qo‘zg‘alishni sezuvchi neyronlardan harakatlantiruvchi neyronlarga uzatadigan oraliq neyronlar, (4) qo‘zg‘alishni markazdan ishchi a’zolarga uzatuvchi (harakatlantiruvchi) nerv va (5) ta’sirga javob beradigan ishchi a’zolardan iborat.
Orqa miyaning o‘tkazuvchilik funksiyasi. Tananing turli joylaridagi reseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miya nerv markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan ishchi a’zolariga o‘tkaziladi. Shunday qilib, bosh miya bilan orqa miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari orqali barcha to‘qima va a’zolarning sezish hamda harakatlanish funksiyasi boshqariladi. Yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari bosh miyaning pastki qismlarida kesishadi.
NERV TIZIMI
49 TIZZA REFLEKSI Tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi. Tizza refleksi shu bilan ifodalanadiki, son to‘rt boshli muskulining payiga tizza qopqog‘ining pastki chegarasi yaqinidan tukillatib urib ko‘rilganida oyoq reflektor yo‘l bilan tizza bo‘g‘imidan yoziladi. Buning sababi shuki, payiga urilganida muskul tarang tortib, uning nerv reseptorlarida qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bu qo‘zg‘alish markazga intiluvchi neyronlardan orqa miyaning kulrang moddasiga borib, markazdan qochuvchi neyronlarga va ularning uzun o‘simtalaridan oyoqni yozuvchi muskullarga o‘tadi. Tizza refleksida ikki turdagi neyronlar: markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyronlar ishtirok etadi.
50
BOSH MIYA Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, uzunchoq miya, ko‘prik, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miya katta yarim sharlardan iborat. Uzunchoq miya, ko‘prik va o‘rta miya birga miya dastasini hosil qiladi. Miya dastasidan 12 juft bosh miya nervlari, shu jumladan ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi sezuvchan nervlar va bir juft ko‘z muskullarini harakatlantiruvchi nervlar chiqadi. Qolgan 8 jufti esa aralash nervlar hisoblanadi. Uzunchoq miya va miya ko‘prigida ovqat hazm qilish, nafas olish markazlari joylashgan: chaynash, yutinish kabi ovqat hazm qilish reflekslari hamda qusish, aksa urish, yo‘talish, yig‘lash kabi muhofaza reflekslari miyaning ana shu qismi bilan bog‘liq. Miyacha harakatni boshqaradi, u zararlanganida muskullar tonusi pasayib, harakat aniqligi yo‘qoladi, tana muvozanati buziladi, bosh, oyoq va qo‘llar qaltiraydi. O‘rta miyada skelet muskullari tonusi (tarangligi)ni boshqarish markazi bor, bu yerda tik turish va yurish reflekslari amalga oshadi. Oraliq miya ikki ko‘rish do‘mboqchasi (talamus) va do‘mboqcha osti (gipotalamus)dan iborat. 1 2 3 4 5 1-Uzunchoq miya; 2-Miyacha; 3-Ko‘prikcha; 4-O‘rta miya; 5-Oraliq miya; 6-katta yarim sharlar. 6
NERV TIZIMI
51 Katta yoshdagi odamda katta yarim sharlar bosh miya massasini 80% tashkil etadi; miya po‘stlog‘ida 12 mlrd.dan 18 mlrd.gacha neyronlar bo‘ladi. Miya po‘stlog‘i ostida joylashgan miya oq moddasi miya po‘stlog‘ining turli qismlarini bosh miyaning boshqa bo‘limlari va orqa miya bilan bog‘laydigan nerv tolalaridan tashkil topgan. Bosh miya yarim sharlari ikkita (chap va o‘ng) qismdan iborat. Ularning kulrang moddadan iborat sirti po‘stloqni hosil qiladi. Miya po‘stlig‘ida nerv markazlari, uning ostidagi oq moddasi esa o‘tkazish yo‘llaridan iborat. Bu yo‘llar miyani bo‘limlarini yarim sharlar bilan bog‘lab turadi. Har qaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona ? miya, chakka va ensa bo‘laklariga bo‘linadi. Eng chuqur egatcha- markaziy egatcha bo‘lib, ular peshona bo‘lagini miya bo‘lagidan ajratib turad; yon egatchalar chekka bo‘lagini chegaralab turadi. Yarim sharlar peshona, tepa, ensa, chakka bo‘limlariga bo‘linadi.
pardasidan chiqadigan impulslar shu zonaga keladi, bu zona ko‘rish ta’sirotlarini tahlil qilib, ajratadi. Miyaning ensa bo‘lagi zararlanganida odam atrofidagi narsalarni bir-biridan ajrata olmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rib chamalash, mo‘ljal olish layoqatini yo‘qotib qo‘yadi. Miyaning
odam kar bo‘lib qoladi. Miya chekka bo‘limining old qismida hid va ta’m bilish, ensa bo‘limining keyingi qismida teri-muskul sezish,
po‘stlog‘i turli a’zolar ishini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida bog‘lanishni ta’minlaydi. Har bir kishining o‘ziga xos psixik faoliyati, ya’ni hulqi, nutqi, zehni, fikrlash va hunar o‘rganish qobiliyati katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan bog‘liq.
BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARI
NERV TIZIMI
52 BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARI 1-Peshana bo‘limi; 2-Miya (tepa) bo‘limi; 3-Ensa bo‘limi; 4-Chakka bo‘limi. 1-Ko‘rish zonasi; 2-Teri-muskul zonasi; 3-Harakatlantirish zonasi; 4-Ta’m va hid bilish; 5-Harakatlantirish zonasi; 6-Eshitish zonasi; 7-Ko‘rish zonasi; 8-Teri-muskul zonasi.
NERV TIZIMI
53 BOSH MIYA YARIM SHARLARI PO‘STLOG‘IDA OLIY NERV MARKAZLARINING JOYLASHUVI Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqarvchi nerv markazlari joylashgan. Masalan, po‘stloqning ensa qismida ko‘rish, chakka qismida eshitish, peshona qismining ostki ichkari sohasida hid sezish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezish markazlari joylashgan. 1-hid bilish; 2-yozuv (o‘ng qo‘l); 3-siypalash (o‘ng qo‘l); 4-eshitish; 5-gapirish; 6-hisoblash; 7-o‘qish; 8-ko‘rish; 9-siypalash (chap qo‘l); 10-ohang, intonatsiya; 11-orientirlash (o‘zi turgan joyni aniqlash); 12-geometrik shakllarni aniqlash markazi.
NERV TIZIMI
54 VEGETATIV NERV TIZIMI Simpatik qism Parasimpatik qism 1-orqa miya; 2-umurtqa pog‘onasi atrofida joylashgan nerv tugunlari (orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolalarining birinchi qismi shu nerv tugunlarida boshlanib, to‘qima va a’zolarga boradi); 3-simpatik nerv tolalarining a’zolar bilan tutashgan uchlari; 4-parasimpatik (adashgan) nerv tolasi; 5-6-adashgan nerv tolasining yurak, oshqozon, ichak atrofidagi tugunlari; 7-simpatik nerv tolasining yurakka tutashgan uchi.
NERV TIZIMI
55 VEGETATIV NERV TIZIMINING TA'SIRI
A’zo Simpatik bo‘limining ta’siri Parasimpatik bo‘limining ta’siri Yurak Qisqarishlar ritmini tezlashtirib, kuchini oshiradi Qisqarishlar ritmini sekinlashtirib, kuchini kamaytiradi. Toraytiradi. Yurak tomirlari Kengaytiradi
Toraytiradi, qon bosimini oshiradi Kengaytiradi, qon bosimini pasaytiradi
Peristaltikani susaytiradi. Peristatilkani tezlashtiradi
Qisqartirib, ichidan qon haydab chiqaradi Ta’sir ko‘rsatmaydi Jigar O‘t yo‘llari va o‘t pufagini bo‘shashtirib, sfinkterni toraytiradi, bu o‘t to‘planishga yordam beradi. O‘t yo‘llarini toraytirib, sfinkterni bo‘shashtiradi, bu o‘t yo‘llaridan o‘t chiqishiga olib keladi. Buyraklar
Tomirlarini toraytirib, diurezni kamaytiradi.
Ta’sir ko‘rsatmaydi Qovuq Qovuqni bo‘shashtirib, sfinkterini qisqartiradi Qovuqni qisqartirib sfinkterini bo‘shashtiradi Ter bezlari Sekretsiyasini kuchaytiradi Ta’sir ko‘rsatmaydi Ko‘z rangdor pardasining muskul tolalari Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi. Ko‘z qorachig‘ini toraytiradi
Qisqartiradi (sochlar tikkayadi) Bo‘shashtiradi (sochlar teriga taqalib turadi)
NERV TIZIMI
56 NERV (ASAB) TIZIMINING KASALLIKLARI Miya va nerv tizimining kasalliklari, boshqa a’zolar tizimining kasalliklari singari, irsiy va tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Miya ishining irsiy buzilishi organizmda ayrim moddalarning, masalan, fermentlarning yetarlicha sintezlanmasligiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, oddiy ovqatning ba’zi komponentlari zaharli bo‘lib qoladi. Bolalar organizmida bunday moddalar to‘planmib qolsa, ularning ongi ya[shi rivojlanmaydi. Bakteriyali infeksiya miya kasalligining jiddiy sababchisi hisoblanadi.ular umumiy falajga
yoki miya
po‘stlog‘ining yallig‘lanishiga (meningitga) sabab bo‘lishi mumkin. Meningit kasalligini meningokok deb ataluvchi mikroblar qo‘zg‘atadi. Bunda bemorning boshi og‘riydi, tana harorati koariladi, ko‘ngli aynib qayd qiladi. Qo‘l-oyoqlari va bo‘yin muskullarining tarangligi oshadi. Xastalik og‘ir kechganda bemor xushini yo‘qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Orqa miya to‘qimasining yallig‘lanishiga mielit deyiladi.bu kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo‘zg‘atadi.va poliomielitkasalligiga sabab bo‘ladi. Kasallikning sabablari shundan iboratki, orqa miyaning zararlangan sigmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolarning sezuvchanligi va harakati susayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Yuqoridagi kasallik belgilari sezilishi bilanoq asab (nerv) kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak. Gripp, poliomielit va shunga o‘xshash kasalliklarning asorati tufayli nerv tizimining faoliyati buziladi. Masalan, gripp viruslari miyaning o‘tkazuvchi yo‘llarini zararlashi mumkin. Nerv tizimiga zaharlar, masalan, alkagol, ba’zi metallarning tuzlari, narkotik moddalar ta’sir etsa, uning ishi buziladi. Akkogol har qanday tirik hujayra uchun zaharli. Jarrohlikda ishlatiladigan asboblarni dezinfeksiyalashda undan foydalanish ham ana shunga asoslangan. Miyaning kislorodga va oziq moddalarga talabi katta: tanadagi butun qonning 1/5 qismi miyaga zarur. Qon tomirlari torayganda miyaga qon bilan keladigan kislorod va oziq moddalar miqdori kamayadi, natijada uning ishi buziladi. Miyaga qon quyilishi, turli shikastlanishlar uning qon bilan ta’minlanishi buzilishiga sabab bo‘ladi. Bosh miya har qanday: xoh og‘ir, xoh yengil shikastlanganda ham unga albatta e’tibor berish va vrachga murojaat etish kerak. Miyaning tuzilishi va funksiyalari haqida to‘plangan bilimga asoslanib, uni kasallantiruvchi sabab-omillarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunday kasalliklarning sabablarini aniqlash tufayli ularni davolash va oldini olishlarning yangi usullarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
SEZGI A’ZOLARI
57 ANALIZATORLAR, SEZGI A’ZOLARI Sezgi a’zolari organizmga kelib turadigan har turli ta’sirotlarni idrok etishni ta’minlaydi, organizmning atrofidagi olam bilan o‘zaro bog‘lanishi va doim o‘zgarib turadigan sharoitiga moslanib olishi uchun, bilish jarayoni yuzaga kelishi uchun xizmat qiladi. Ko‘rish, eshitish, hid bilish a’zolari, teri sezuvchanligi, muvozanat a’zolarining o‘ziga xos tomonlarini belgilab beruvchi asosiy elementlar muayyan ta’sirotlarning energiyasini tegishli nervlardan markaziy nerv tizimiga yetib keluvchi qo‘zg‘alish jarayoniga aylantirib beradigan maxsus retseptorlargir. Har bir turdagi retseptorlar ma’lum bir xil ta’sirotlarga hammadan ko‘ra ko‘proq sezgir bo‘ladi, ana shu retseptorlar tomonidan qabul qilingan ta’surotlar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining har qaysi sezgi a’zosiga tegishli zonalaridan uzil-kesil bilib olinib, analiz qilinadi. Organizmning tashqi va ichki muhitidan kelib turadigan ta’sirotlarni idrok etadigan va analiz qiladigan nervapparatlarini I.P.Pavlov analizatorlar deb atagan. Retseptorlar analizatorning periferik halqasidir. Markazga intiluvchi neyronlar va retseptordan katta yarim sharlar po‘stlog‘igacha boradigan o‘tkazuvchi yo‘llar analizatorning o‘tkazuvchi bo‘limini tashkil etadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining tegishli retseptorlardan kelayotgan axborotni qabul qilib, idrok etuvchi va analiz qiluvchi joylari analizatorning markaziy qismini tashkil etadi. Analizatorning hamma qismlari yaxlit, bir butun bo‘lib ishlaydi. Ulardan birontasi faoliyatining buzilishi butun analizator funksiyalarining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
SEZGI A’ZOLARI
58 BOSH MIYA PO‘STLOG‘IDA SEZGI A’ZOLARI MARKAZLARINING JOYLASHUVI 2 3 1-eshitish markazi bosh miya po‘stlog‘i chekka qismining pastki sohasida joylashgan; 2-ko‘rish markazi ensa sohasida; 3-barmoqlar terisidagi paypaslash markazlar bosh miya po‘stlog‘i tepa qismining o‘rta sohasida; 4-hid bilish markazi bosh miya po‘stlog‘i chakka qismining oldingi yuqori sohasida; 5-ta’m bilish markazi bosh miya po‘stlog‘i chakka qismining yuqori o‘rta sohasida. 4 5 1
SEZGI A’ZOLARI
59 KO‘RISH A’ZOSI
Ko‘z, ya’ni ko‘rish a’zosi odam va ko‘pchilik hayvonlarning hayotida juda muhim o‘rin egallaydi va narsalar hamda atrofdagi muhit xossalari-yoritilishi, shakli, katta-kichikligi, rangi va boshqalar to‘g‘risidagi axborotni idrok etishni ta’minlaydi.
Ko‘z kalla suyagining ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z soqqasidan uni bosh miya bilan birlashtiradigan ko‘rish nervi chiqadi.
Ko‘z ko‘z soqqasidan, ko‘rish nervi va yordamchi qismlardan (ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat.
Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismdan; ko‘zning optik sistemasi va retsepto‘r qismidan iborat. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 1-Oqsil parda; 2-to‘r parda; 3-sariq dog‘; 4-ko‘r dog‘; 5-ko‘rish nervi; 6-tomirli qobiq; 7-shishasimon tana; 8-gavhar; 9-yoy parda; 10-shox parda; 11-kiprik muskullari.
SEZGI A’ZOLARI
60 1 2 3 1-Ko‘zning to‘r pardasida joylashgan yorug‘lik sezuvchi hujayralar (ko‘rish analizatorining periferik qismi-reseptorlar); 2-ko‘rish nervi (ko‘rish analizatorining o‘tkazuvchi qismi); 3-bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi (ko‘rish analizatorining markaziy qismi). KO’ZNING TUZILISHI
Ko‘rish nervining mayda tolachalari ko‘z soqqasi ichki- to‘rsimon pardasining orqa yuzasidan joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon reseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo‘lib, ulardagi qo‘zg‘alish qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko‘rish nervi tolasini hosil qiladi va u to‘rsimon pardaning orqa qismida joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o‘rta miyaga va oraliq miyaning ko‘rish do‘mbog‘iga boradi. So‘ngra bosh miyaning o‘tkazuvchi yo‘llariga birlashib, bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi nerv hujayralariga tutashadi.
SEZGI A’ZOLARI
61 ESHITISH A’ZOSI Havodagi tovush tebranishlri eshitish a’zosiga ta’sir qilib, atrofdagi muhitda nimalar bo‘layotganligi to‘g‘risiga odamga signallar berib turadi. Eshitishning odam uchun alohida ahamiyati bor, chunki ilk go‘daklik davrida qulog‘I eshitmaydigan bo‘lib qolgan odam so‘z aytish, gapirish layoqatini yo‘qotib qo‘yadi. Mehnat faoliyati bilan ijtimoiy faoliyatda odamlarning bir-biri bilan aloqa bog‘lashini, muloqotda bo‘lishini ta’minlabberadigan og‘zaki nutqni odam eshituv a’zosi yordamida idrok etadi. Eshitish a’zosida tashqi, o‘rta va ichki quloq farq qilinadi.
tovush tebranishlarini tutib, nog‘ora pardaga o‘tkazadi, nog‘ora pardaning tebranishlari eshituv suyakchalari zanjiriga o‘tadi.
bo‘shlig‘I bilan eshituv nayidan iborat, nog‘ora bo‘shlig‘ida eshituv suyakchalari-bolg‘acha, sandon va uzangu bo‘ladi, eshituv nayi o‘rta quloqni burun-halqum bilan tutashtirib turadi. Ichki quloq chig‘anoq, uchta yarim kanallar tizimi, oval va dumaloq xaltachalardan iborat. chig‘anoqda eshituv nervi retseptorlari-tuksimon hujayralar bor, bular chig‘anoqni ikki kanalga bo‘lib turadigan yupqa membrananing ingichka tolalarida joylashgan. Har bir tovush (ton) ta’siriga javoban asosiy membrananing ma’lum bir qismi tebranadi. Bularda yuzaga kelgan qo‘zg‘alish eshituv nervidan bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining eshituv zonasiga etib borib, tovushning tabiati, kuchi, balandligi shu yerda uzil-kesil farq qilinadi. Eshituv a’zosi gigiyenasi asosiy qoidalaridan biri quloq supralari va tashqi eshituv yo‘llarini toza saqlab borishdir. Eshituv yo‘lini qattiq narsalar bilan tozalash mutlaqo mumkin emas. Kuchli tovushlar va uzoq ta’sir qilib turadigan shovqin quloqqa katta zarar yetkazadi.
1-Quloq suprasi; 2-suyak; 3-Yarim doira kanallari; 4-Chig‘anoq; 5-eshitish nervi; 6-Yumaloq tuynukcha; 7-Oval tuynukcha; 8-Eshitish suyakchalari; 9-Nog‘ora parda.
SEZGI A’ZOLARI
62 HID BILISH A’ZOSI 3 1 2 A-burunning shilliq pardasidagi hid bilishretseptorlari; B-hid bilish analizatorlarining qismlari; 1-hid bilish retseptorlari; 2- hid bilish nervi; 3-bosh miyada joylashgan hid bilish markazi. Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasida ko‘pdan-ko‘p hid bilish retseptorlari joylashgan. Ular gaz tarqatuvchi gazsimon moddalardan ta’sirlanadi. Retseptorlardan impulslar hid bilish nervi bo‘ylab bosh miya katta yarim sharlarining hid bilish zonasiga boradi. Hid bilishningning odam uchun ahamiyati katta. Bu xususiyat yordamida biz atrof-muhit havosining toza yoki iflosligini, iste’mol qilinadigan taomlarni va ichimliklarni hidiga qarab ularning sifatini, iste’mol qilish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaymiz. Hid bilish analizatori upa-elik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida, oshpazlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.burun shilliq pardasining tez-tez yallig‘lanishi va uni o‘z vaqtida davilatmaslik hid bilishning buzilishiga sabab bo‘ladi.
SEZGI A’ZOLARI
63 TA’M BILISH A’ZOSI Ta’m bilish retseptorlari tilning shilimshiq pardasi o‘siqlarida- ta’m bilish so‘rg‘ichlarida joylashgan ta’m bilish kurtaklarida to‘plangan. Ular tilning uchida, yon tomonlarida va orqa qismida, halqum devorida va yumshoq tanglayida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Ta’m bilish reseptorlari suvda yoki so‘lakda erigan voddalar ta’sirida qo‘zg‘aladi. Queuq ovqat ta’msiz bo‘lib tuyuladi. Ularning qo‘zg‘alishi til-tomoq nerv tolalariga o‘tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq miyadagi ko‘rish do‘mbog‘I, so‘ngra bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘I chakka qismining yuqori sohasidagi ta’m bilish markaziga boradi. Bu markazda ta’sir analiz va sintez qilinib, uning tabiati ta’m sifatida aniqlanadi. Odam to‘rt xil ta’mni; sho‘r, nordon, shirin va achchiqni bilish qobiliyatiga ega. 4 3 2 1 1- shirin: 2- achchiq; 3- nordon; 4- sho‘r.
SEZGI A’ZOLARI
64 TERI ORQALI SEZISH Terida og‘riqni sezuvchi, haroratni sezuvchi, siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlar bor. Retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismlarida bir xil emas. Masalan; sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarog‘ida, issiqni sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan, burun uchida, lab terisida, qo‘l barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlarning sezuvchanligi juda rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ko‘zi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab qulay yo‘lni topadi, qo‘l barmoqlari bilan paypaslash orqali buyumlarni aniqlaydi. Og‘riqni sezuvchi retseptorlar himoya vazifasini o‘taydi, ya’ni og‘riq sezish tufayli odam o‘zini noqulay ta’siridan chetga oladi, himoyalanadi. Teridagi og‘riqni sezuvchi retseptorlarning qo‘zg‘alishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti markaziga va nihoyat, bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida ta’sior analiz va sintez qilinib, og‘riqning tabiati aniqlanadi. Odam organizmi zararlangan bir sezgi a’zosining o‘rnini boshqasi toirishga qobiliyatli. Masalan, ko‘z ko‘rmay qolganda eshitish, hid bilish qobiliyati tuyg‘usi kuchayadi.
OLIY NERV FAOLIYATI
65 SHARTLI VA SHARTSIZ REFLEKSLARNING XUSUSIYATLARI
Shartli reflekslar (vaqtincha bog‘lanish) Mazkur
turning tug‘ma,
nasldan-naslga o‘tadigan reflector reaksiyalari Individual rivojlanish prossesida shartsiz reflekslar asosida orttirilgan reflekslar Reflekslrning markazlari po‘stloq osti yadrolari, miya stvoli
va orqa
miyada joylashgan Reflekslarning markazlari katta yarim
sharlar po‘stlog‘ida joylashgan Barqaror. Butun umr bo‘yi saqlanib boradi.
Ularning miqdori cheklangan. O‘zgaruvchan. Muhit
sharoiti o‘zgarganida yangilari paydo
bo‘lib, eskilari so‘nib boradi. Organism qismlarini bir-biri bilan bog‘lab, reflector yo‘l bilan o‘z-o‘zini idora etishni amalga oshiradi, ichki muhitni doim bir xilda saqlaydi. Shartsiz ta’sirot kelib tushishi to‘g‘risid xabar beruvchi ta’sirotga (shartli ta’sirotga) javoban organizmning reflector reaksiyasini yuzaga chiqaradi.
I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ta’limotning yaratuvchisi deb hisoblanadi. Oily nerv faoliyati- bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘I va unga eng yaqin po‘stloq osti tuzilmalarining funksiyasidir. Oliy nerv faoliyati reflector xarakterga ega. Oily darajadagi hayvonlar va odam uchun shartsiz va shartli reflekslar xos. Bularning o‘ziga xos tomoni quyidagilardan iborat. Hayot faoliyatning nisbatan doimiy muhit sharoitida davom etishini ta’minlaydigan shartsiz reflekslar odamda tug‘ilgan paytidan boshlab xos bo‘ladi. Ovqatlanish (so‘rish, yutish, so‘lak ajratish va boshqalar), himoyalanish (yo‘talish, ko‘zlarni yumib ochish, qo‘lni tortib olish va boshqalar), nafas reflekslari va boshqalar ana shu shartsiz reflekslar jumlasiga kiradi. Shartli reflekslar shartli ta’sirot ta’siri ostida shartsiz reflekslar asosida hosil qilinadi. Bular tashqi muhitning o‘zgarib turadigan sharoitiga organizmning ancha mukammal moslanib olishini ta’minlaydi. Jismoniy va aqliy mehnatni navbatlashtirib boorish, mehnatni oqilona uyushtirish, kun tartibiga amal qilish, aktiv dam olish markaziy nerv tizimini horib-charchashdan asrash uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.
OLIY NERV FAOLIYATI
66 HIS-TUYG‘U HAR XIL XOLATNI IFODA ETISHDA MIMIKANING ROLI
OLIY NERV FAOLIYATI
HAR XIL XOLATNI IFODA ETISHDA MIMIKANING ROLI 67
Download 139.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling